Namangan davlat universiteti obid jon karimov


 Kimning tazkirasi Kamiy ijodini o’rganishda asosiy manba


Download 3.85 Mb.
Pdf просмотр
bet10/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

187. Kimning tazkirasi Kamiy ijodini o’rganishda asosiy manba 
hisoblanadi?
Kamiy  ijodi  Milliy  uyg’onish  davri  o ’zbek  adabiyotining  ajralmas  bir 
qismi  ekanligiga  XX  asrda  tuzilgan  M o’minjon  Toshqinning  “Toshkent 
shoirlari”  (1948),  Po’latjon  Qayyumiyning  “Tazkirai  Qayyumiy”  (60-yillar) 
tazkiralari  ham  guvohlik beradi. Bularning har ikkalasida shoir Karimbek Kamiy 
ijodiga  to’xtab  o’tilgan,  Ayniqsa,  M.  Toshqin  tazkirasi  shoir  hayoti  va  ijodini 
o’rganishda asosiy manbadir.
188. Q aysi shoir m uhim  voqealarga atab t a ’rixlar y aratg an ?
Shoir  Karimbek  Kamiy  muhim  tarixiy  voqealarga  bag’ishlab  ko’plab 
she’r-lar -  ta’rix yaratgani  m a’lum.  Ana  shunday  she’rlaridan  biri  “Alhazar,  ey 
shohi  zolim,  alhazar”  muxammasidir.  Muxammas  25  misradan  iborat  bo’lib, 
zolim shohni zulmdan saqlanishga chaqiradi.
1895-yili  Rusiya  imperatori  vafot  etdi.  Shu  munosabat  bilan  “Turkiston 
vilo-yatining  gazeti”da  Kamiy  qalamiga  mansub  ta’rix-marsiya  chop  etiladi. 
Sho’ro  adabiyotshunosligi  uzoq  yillar  shoimi  “opodshohning  m addohr  deb 
qoralab  keldi.  Lekin  marsiya  mazmuniga  e’tibor  bersak,  bu  da’voga  butunlay 
teskari holatning guvohi bo’lamiz:
Taammul birla boqsoq,  darhaqiqat,
Qani Iskandaru Doro bila Jam?
Oani Kayxisravu Kaykovus,  Bahman,
Qani Afrosiyobu Zolu Rustam?
Qani Bahrom — haft iqlimni olg ’on,
Qani Qaysar,  qani Fag furi Chin ham?..
Kelib har birlari navbat-banavbat,
Muaxxar ketti,  ba ’zisi muqaddam.
104

Kamiy  aytmoqchi,  tarixda  dunyoni  so’raganlar  ko’p  edi.  Ulaming  bari 
ketdi.  Qay biri  oldin,  qay biri  keyin, baribir,  “ajal  soqiysi”ning sharbatidan tatib 
ko’rdi. Demak, bu bevafo  dunyodan ketishga barcha mahkum. Shoir aytmoqchi: 
Bale,
Kamiy  ijtimoiy  she’riyatning  bir  qismi  zamona  va  ahli  zamonadan 
shikoyat tarzida yozilgan.  Shoirning “Muqarrar har kiming bo’lsa kamoli”,  “Al- 
am on...”,  “Yo  rab,  zamona xalqi...”,  “Yaxshi”,  “Ey  sabo, kel...” kabi  she’rlari 
mana  shun-day  asarlar  sirasiga  kiradi.  10-yillarga  kelib  Kamiyning  bunday 
xarakterdagi  she’r-lari  milliy-ma’rifiy  ruh  bilan  uyg’unlashib,  shoir  ijodida 
millatparvarlik she’riyati-ning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
189. Qaysi sh o ir F u rq a t m aktabi davomchisi va nima uchun?
Karimbek  Kamiy  ijodida  ilmni,  ma’rifatni  tarannum  qiluvchi  she’rlar 
ko’p.  Shoirning  m a’rifatparvarlik  she’riyati  gimnaziyani  tanishtiruvchi  she’rlari 
bilan boshlangan.  Bu jihatdan u Furqat maktabining davomchisiga aylangan edi. 
Shoir  Kamiy  ko’plab  milliy  ruhdagi  she’rlarida  ilmni  targ’ib  qilgan,  milliy 
madrasa talabalarini  ham  ilm  o’rganishga chaqirgan.  “Dar ta’rifi tavsifi  ilm ...”, 
“Har  makonda  bo’lsang,  ey  xonim,  farog’at  birla  bo’l”,  “Ayo,  ey,  mulla 
Foziljon...” kabi  she’rlari shularjumlasidandir.
190.  "Ish o q iy a"  m atbaasi qayerda faoliyat ko'rsatgan?
“Ishoqiya”  matbaasi  Namangan  viloyati  To’raqo’rg’on tumani  markazida 
“Matba-ai  Ishoqiya”  nomi  bilan  faoliyat  ko’rsatgan.  Uning  nomi  va  faoliyati 
bevosita  milliy  uyg’onish  davrining  faol  ijodkorlaridan  biri,  serqirra  iste’dod 
sohibi  Ishoqxon  to’ra  Ibrat  nomi  bilan  bog’liq.  Ibrat  Orenburgga  boradi  va  u 
yerdan  litografik  mashina  sotib  oladi.  Katta  mashaqqatlar  bilan  yurtiga  olib 
keladi,  1905-yili  o ’zi  qurdirgan  hammom  o’mida  chopxona  tashkil  qiladi  va 
“Matbaai  Ishoqiya”  nomi  bilan  ishga  tushiradi.  Bu  matbaa  o’z  faoliyatini  ilm- 
m a’rifat tarqatishdan boshlaydi.
105

Xalq  o’rtasida  kitob  v a  o ’quv  qo’llanmalariga  bo’lgan  talabning  oshib 
borishi  nati-jasida  litografiya  1910-yilda  Namangan  shahriga  ko’chirildi  va
tipolitografiyaga  aylanti-rildi.  Katta  bosmaxonaga  aylangan  bu  maskan  bugun 
ham faoliyani davom ettirmoqda.
191.  "T a ra q q iy "  gazetasi qachon  chiqqan, m u h a rriri  kim  bo'Jgan?
1905-yil  17-Oktyabr  Manifesti  xalqqa  matbuot  va  siyosiy  tashkilotlar 
tuzishga rux-sat bergach,  Turkiston jadidlari  bir  qator  uyushma-jamiyatlar  bilan 
birga  gazeta-jurnal  chiqarish  ishlariga  ham  kirishdilar.  Shulardan  biri  1906- 
yilning 27-iyunida dunyo ko’rgan “Taraqqiy ”57  edi.
“Bu gazeta tez fursatda shunday shuhrat qozondiki,  — deb yozadi Abdulla 
Avloniy,  —  hatto  gazeta  muharriri  b o ’lgan  Ismoil  Obidiyga  “Taraqqiy"ismi 
berildi.  Hozirgacha  xalq  Ismoiy  Obidiy  ismini  “Taraqqiy”  deb  yuritadur,,5S. 
Gazeta mahalliy yoshlarga o’z sahifasidan keng o’rin berdi...
192.  "Adibi a w a l" , "Adbi soniy"  kabi asarlar muallifl kim?
1901-yilda  yozilgan  “Adibi  a w a l”  (“Birinchi  muallim”),  “Adibi  soniy” 
(“Ikkinchi  muallim”)  kabi  didaktik  asarlar  mashhur  alloma  Munavvarqori 
Abdurashidxonov  qalamiga  mansubdir.  M uallif  birinchi  bo’lib  “Adibi  a w a l” 
alifbo  darsligida  rasmlar  orqali  ta’lim-tarbiyalashga  alohida  e’tibor  berdi.  U 
bolalar  ruhiyatini  ancha  mukammal  bilgan.  U  har  bir  darsga  mos  keladigan, 
yozuvda  ifodalangan  narsa-buyumlaming  rasmini  kiritgan.  Munavvarqori 
o ’quvchi laming  xotirasini  tarbiyalashda,  ta’limning  samaradorligini  oshirishda 
birinchi  bo’lib  metodist-olim  sifatida  ko’rgazmalardan  foydalanishga  katta 
e ’tibor  berdi.  Alifbo  tuzishda  muallif  o’quvchilaming  yoshlik  xususiyatlarini, 
bilim  saviyasini  hisobga  olgan,  yengildan  murakkabga  o’sib  borish,  bilim 
ko’nikmalarinipuxta  o ’zlashtirish  kabi  pedagogikaning  asosiy  tamoyillariga 
amal 
qilgan. 
“Adibi 
soniy” 
1907-yilda  chop 
etilgan, 
“usuli  jadid”
57 “Taraqqiy" gazetasi tashkil topgan kun hozir O'zbekistonda “Matbuot va ommaviy axborot vositafari 
xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.
58 Qarang:  Миллий уйгониш. Туплам. Т., “Университет”,  1993,  116-бет.
106

maktablarining  ikkinchi  sinflari  uchun  o’qish  kitobi  sifatida  yaratilgan.Darslik 
ikki  yo’nalishdan  tashkil  topgan:  1.  Axloqiy  darslar.  2.  Fanniy  darslar.  Ularda 
ko’plab tarbiyaviy, ta’limiy she’rlar bor...
ISM O ILBEK  GASPRINSKIY
1 9 3 .1.Gaspirinskiy qachon va qayerda tug'ilgan?
Turkistonda  XIX  asming  oxirlaridan  ko’zga  tashlangan  yangilanish 
harakatlari  ko’p jihatdan Ismoilbek Gasprinskiyga, uning “Tarjimon” gazetasiga 
kelib  bog’lanadi.  XX  asming  20-yillariga  qadar  faoliyat  ko’rsatgan  biror 
turkistonli  ziyoli  yo’qki,  bu  nomni  chetlab  o’tib  bo’lsin.  Shu  sababli,  uning 
ijodiy faoliyati,  maslak-intilishlari bilan tanishish  Turkiston jadidchiligi  va jadid 
adabiyotining  shakllanish  hamda  rivojlanish  bosqichlarinigina  emas,  umuman 
mazmun-mohiyatini  anglashda,  yo’nalishlarini  belgilashda  ham  muhim 
ahamiyatga ega.
Gasprinskiy  yuz  yil  muqaddam  turkiy  dunyodagi  eng  mashhur  nom  edi. 
Bu  nomni  Qashqardan  Londongacha,  Sankt-Peterburgdan  Bombeygacha  bilar 
edilar.  1910-yilda  Fransiyaning  e’tiborli jumallaridan  biri  “Tinchlik borasidagi 
Xalqaro  Nobel  Mukofoti”  ga  tavsiya  qilgan  va  buni  xorijiy  mamlakatlardagi 
juda  ko’p  matbuot  organlari  qo’llab-quwatlab  chiqqan  edi.  Ismoilbek 
Gasprinskiy  1851-yil  21-martda  Simferopolning  Gaspra  qishlog’iga  qarashli 
Ajiko’yda tug’ilib,  1914-yilda vafot  etadi.  Ota-onasi yosh  Ismoil  kelajagi  uchun 
tinmay  g’amxo’rlik  qiladi.  Qishloqdagi  eski  usul  maktabida  dastlabki 
ma’lumotni  olgach,  Moskvada  o ’qiydi.  Fransiya,  Vena,  Myunxen,  Shtutgartda 
bo’ladi,  fransuz  tilini  mukammal  egallaydi  va  mashhur  Sorbonna  universitetida 
o’qiydi.  Keyin  qishlog’iga  qaytib,  turkiy  til,  tarix  va  adabiyotni  mukammal 
o’rganadi.  Mashhur  Narimon  Narimonov  shunday  yozgan:  “Millat  Ismoilbek 
kabi qahramonlarini unutsa, o’z hayotini barbod etajakdir”59.
59 Каранг: “Янги дунё” газетаси, Т.,  1991  йил.  11-сон.
107

194.1. Gasprinskiy nomi va asarlari qachondan o’zbek 
kitobxonlariga m a’lum?
Gasprinskiy  nomi  va  asarlari  o ’z  yurtida  1991-yildan  e ’lon  qilina 
boshladi.  Shu  yili  Simferopolda  tavalludining  140  yilligiga  bag’ishlangan 
xalqaro  anjuman  bo’lib  o’tdi.  2001-yilda  150,  2011-yilda  160  yilligi 
nishonlandi.  O’zbekistonda  ham  u  haqda  qator  risolalar,  maqolalar  paydo 
bo’ldi60.  Tsmoil  Gasprali  1993-yili  Turkistonga  kelgan,  shu  yili  Buxoroda 
bo’ladi,  keyin  Samarqand,  Qarshi  kabi  qator  shaharlarda bo’lib,  o’qish,  o’qitish 
ishlari bilan tanishadi.
195.  Gasprinskiyning badiiy nasri haqida nimalar bilasiz?
Ismoilbek  badiiy  iqtidori  yuksak  shaxs  bo’lgan.  Uning  “Farangiston 
maktublari”,  “Dorur-rohat  musulmonlari”,  “Xotinlar  o’lkasi”,  “Gulbobo 
ziyorati”, “Arslon qiz”,  “Kun tug’di”,  “Mukolamayi  salotin” kabi nasriy asarlari 
bor.  Ayrimlari  o’zbek  tiliga  tarjim a  qilingan61.  Voqealari  deyarli  hammasida 
m uallif tilidan hikoya qilinadi.
MAHMUDXO ’ JA BEHBUDIY
196. Turkiston jadidchiligining asoschisi kim?
Mahmudxo’ja   Behbudiy  XX  asr  boshlarida  o ’zbek  xalqi  ijtimoiy 
tafakkurida  yangi  sahifa  ochgan,  yangi  yo’nalishni  boshlab  bergan  buyuk 
allomadir,  mashhur  ziyolidir.  O ’z  davrida  ham,  keyin  ham  u  “Turkiston 
jcididlarining  otasi”,  milliy  uyg’onish  davri  o ’zbek  adabiyoti  tarixida  hozirgi 
zamon  dramaturgiyasini  boshlab  bergan  yozuvchi,  noshir  va  jum alist,  yirik 
siyosiy  arbob  sifatida  tan  olingan.  Uning  o’zbek  xalqi  tarixidagi  buyuk 
xizmatlarini yuksak baholagan olim, fozillar orasida Hoji Muin ibn Shukrullo,  S. 
Ayniy,  A.  Sa’diy,  F.  X o’jayev,  L.  Azizzodalar  bor.  Bizning  davrimizga  kelib
60 Каранг:  Б. Косимов. Исмоилбек Гаспрали. Т., Гафур Гулом нашриёти,  1992. Б . К °сим ов. Миллий 
уйгониш даври узбек адабиёти. Дарслик, Т., 2004, 2 2 1-250-бетлар. У. Долимов. Миллий уигониш 
педагогикаси, Т., 2012, 82-119-бетлар.  Б. К арим ов. Гаспринский ва Узбекистон.Т., 2015
61  Каранг: “Хотинлар улкаси’", “Жах.он адабиёти’' журнали, 2000 йил,  1-сон; “Муколамаи салотин”, 
“Маърифат” газетаси, 2002 йил.
108

Mahmudxo’ja   Behbudiy  haqida  adabiyotshunos  olimlardan  S.  Qosimov,  B. 
Qosimov, Sh. Turdiyev,
S. Ahmedov, H.  Sayyidlar ilmiy maqola va risolalar e’lon qildilar. Xorijiy 
olimlaming  ilmiy  izlanishlari  tufayli  Behbudiy  ijodi  Amerika,  Germaniya, 
Yaponiya, Turkiya kabi  mamlakatlarning kitobxonlariga ham tanishdir.
197.  B ehbudiy qachon va qayerda tug’ilgan?
Mahmudxo’ja  
Behbudiy 
1875-yilning 
19-yanvarida 
Samarqand 
yaqinidagi  Baxshi  tepa  qishlog’ida  ruhoniy  oilada  tug’ildi.  Hoji  Muin 
Mahmudxo’janing  nasi  nasabi  Ahmad  Yassaviyga  borishini  eslatadi.  Behbudiy 
yoshligidan  arab,  fors,  turk  tillarini  mukammal  o’rgandi.  1894-yilda  otasi 
Behbudxo’ja   vafot  etadi.  Bolalikda  unga  tog’alari  -   muftiy  Odilqori  va  qozi 
Muhammad  Siddiqning  ta’siri  kuchli  bo’Idi.  U dastlab  Samarqand madrasasida, 
keyin Buxoroda tahsil  ko’rgan. Mahmudxo’ja  qozi tog’asi yonida mirzolik qildi. 
“Tarjumon” -  o’z davrining peshqadam gazetasini  muttasil o’qib bordi. Voyaga 
yetgach,  o’zining  ham  muftiy  darajasiga ko’tarilishida va  faol  ijtimoiy-siyosiy 
ishlar bilan mashg’ul bo’lishida bu muhit katta rol o’ynadi.
198.  Behbudiy m ak tab  uchun qanday darsliklar yozgan?
Mahmudxo’ja   Behbudiy  bilimni  qadrlagan,  bir  necha  bor  chet  ellarga 
safar  qilgan. 
Arabiston, 
Misr, 
Turkiya,  Rossiya,  Qozon,  Tatariston, 
Boshqirdiston kabi  mamlakatlarda bo’lgan. Maktab va o’qitish ishlarini  ko’radi, 
o’z  davrining  ilg’or  ziyolisi  sifatida  tanila  boradi.  Bular  ta’sirida  ko’pgina 
qishloqlarda yangi maktablar ochadi.  Yangi maktablar uchun darsliklar yozishga 
kirishadi.
O ’zbekiston 
Ensiklopediyasidagi 
“Behbudiy” 
maqolasi 
muallifi 
adabiyotshunos
S. 
Qosimov  adibning  6  ta  darsligini  qayd  etib  o’tgan.  Alloma 
Mahmudxo’ja   Behbudiy  “Muntaxabi  jug’rofiyai  umumiy”(“Qisqacha  umumiy 
geografiya”),  “Risolai  asbobi  savod”,  “Risolai  ju g ’rofiyai  Rusiy”,  “Kitobat-ul
109

atfol”  (“Bolalar  maktublari”),  “Madxali  ju g ’rofiyai  umroniy”  (“Aholi 
geografiyasiga  kirish”),  “Muxtasari  tarixi  islom”  (“Islomning  qisqacha tarixi”) 
kabi darsliklami yozadi.
199.  B ehbudiyning m atbuot sohasidagi xizm atlari  nim alard an   iborat?
Buyuk  alloma  Behbudiy  1913-yildan  matbuot  ishlari  bilan  shug’ullandi. 
Xalqning  dunyoqarashi  va  milliy  ongini  yuksaltirishda  matbuotning  o’mi 
nihoyatda  muhim  ekanini  anglab,  “Samarqand”  gazetasi  va  “Oyna”  jumalim 
nashr  etishda  bosh-qosh  bo’ladi.  Behbudiy  haqli  ravishda  o’zbek  matbuoti, 
yangi  pedagogikasiga  asos  qo’yganlardan.  “Zarafshon”  gazetasi  1922-yilda 
Behbudiyni  nashri  m aorif  sohasida  “  vatanimizning  birinchi  qahramoni  ” 
deyishi bejiz emas.
Ayrim  m a’lumotlarga  qaraganda,  Behbudiyning  e ’lon  qilgan  maqolalari 
soni  300  dan ortiq.  Ijtimoiy-siyosiy  mavzudagi  maqolalaming aksariyati  o’zbek 
xalqining  yangi  yo’nalishdagi  milliy  tafakkuri  shakllanishida,  hayotga, 
turmushga  yangicha  qarashlari,  talablari  tug’ilishida  katta  ahamiyatga  ega 
bo’Idi.  “Turkiston  idorasi”,  “Turkistonda  maktab  jarida”,  “Buxoroda  usuli 
jadid”, “Yoshlarga murojaat”,  “Ehtiyoji  millat”,  “Ikki  emas, to ’rt til kerak” kabi 
publisistik maqolalari ana shunday xususiyatlarga ega.
Yoshlarni  Rusiya,  Yevropaning  markaziy  shaharlariga,  Arabiston  va 
Turkiyaning  mashhur  oliy  o’quv  yurtlariga  yuborib  o ’qitish  kerak,  deydi 
Behbudiy.  Shundagina xalq qoloqlikdan qutuladi.  Agar e’tibor bersak, Behbudiy 
bundan bir asr aw al  aytgan bu  fikrlar xuddi bugun aytilganday jaranglab turibdi. 
Zero, bu masalalar hozir ham o ’zining dolzarbligini yo’qotgan emas.
200. Behbudiyning 3 parda, 4 manzaralari asari qanday nomlangan?
“Padarkush” -   o’zbek  dramaturgiyasining  ilk namunasidir.  Mutaxassislar 
uni  ham janr,  ham  mazmuniga  ko’ra  yangi  o’zbek  adabiyotini  boshlab  bergan 
bir asar sifatida baholaydilar, ya’ni bu asar bilan o’zbek milliy  realistik dramasi 
tug’ildi.  M uallif  “Milliy fojia  ”  deb  atagan,  3  parda,  4  manzarali  bu  drama
110

hajman  juda  ixcham,  mazmunan  nihoyatda  sodda  va  jo ’n  bo’lib,  jaholat  va 
nodonlik,  o’qimagan  bolaning  buzuq  yo’llarga  kirib,  o’z  otasini  o’ldirgani 
haqida  hikoya  qiladi.  Orqa-oldini  o’ylamagan  boyning  savodsiz  Toshmurod 
ismli  o’g’Ii  bor.  Boy  ilmli  kishilaming  gapiga  kirmaydi,  o’g’lini  o’qitmaydi, 
oqibatda  u  ko’cha  bezorilariga  qo’shiladi.  Restoranda  maishatga  puli  yetmay, 
sheriklarini  tunda  uyiga  boshlab  keladi.  Boy  uyg’onib,  ulami  sezib  qoladi. 
Boyni  o’ldirib, pulini olib ketadilar.
Boyni 
o’g’lining 
shishadoshi 
Tangriqul 
o’ldiradi, 
lekin  drama 
“Padarkush”,  ya’ni  “Ota  qotili”  deb  nomlanadi.  Bu  bilan  muallif  ota  o’limi 
sababchisi  o’g’lidagi  ilmsizlik,  jaholat,  badxulq  odamlardan  do’st  tutinish 
demoqchi  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  Behbudiy  fikricha,  jamiyat  tanazzulining 
sababi  millat  farzandlarining  davr  talab  qilgan  darajadagi  kamolotga 
intilmasligidadir.
201. Mahmudxo’ja Behbudiyning fojiali qismati haqida nimalar 
bilasiz?
Behbudiy  Turkistondagi  jadidchilik  harakatining  rahbaridir.  U  jadidlar 
dasturining  asoslarini  tuzdi  va  matbuotda  e’lon  qildi.  Turkistonning  istiqbolga 
erishish  yo’lini  amalda  ko’rsatishga  intildi.  Bu  yo’riq  keng  xalq  ommasi, 
ayniqsa,  taraqqiyparvar  yoshlarning  dunyoqarashini  shakllanishida  katta  rol 
o’ynadi.  Behbudiy  dono  kishi  edi.  Zero,  uning  bashorati to’g’ri  chiqqanini  tarix 
ko’rsatdi.  Xalq  erki,  huquqi,  mustaqilligi  o’z-o’zidan  emas,  kurashda  qo’lga 
kiritilishini  adib  yaxshi  bilardi.  Shuning  uchun  ham  bir  maqolasida  shunday 
deydi:  “Haq olimtr,  berilmas”.
Xalqi,  Vatani  uchun  fidoyilarcha  yashagan  Behbudiy  umri,  hayoti  ham 
mohiyat  e ’tibori  bilan  shu  xalq,  shu  Vatan  uchun  bo’ldi.  Alloma  1919-yilning 
bahorida Buxoro amirining Shahrisabzdagi kishilari tomonidan hibsga olinadi va 
sho’ro  atg’oqchisi, jadid  kabi  ayblar bilan  Qarshi  shahrida qatl  etiladi.  Bu  ishni 
sho’rolar uyushtirgan deyiladi.

“Agar  bizning  hayotimiz  hurriyat  va  xalq  baxt-saodati  uchun  qurbonlik 
sifatida  kerak bo 'Isa,  biz  о 'limni  ham xursandchilik bilan  kutib  olamiz”,
 
degan
fikrlar  Behbudiy  taqdiriga  to ’la  mos  keladi.  O ’z  davrining  Fitrat,  C ho’lpon, 
Ayniy  singari  shoirlari  uning  o ’limiga  marsiyalar  yozishdi.  Ayniy  marsiyasida 
shunday misralar bor:
Saning tarixi davroning,  saning osori urfoning,
Saning noming,  saning shoningjahon qoldiqcha qolmasmu? 
Vatan avlodi y o d  etdi,  sani hurmatda shod etdi 
Va lekin intiqomingni ololurmi,  olomasmu?
Mustaqillik  davriga  kelib,  Behbudiyning  o’zbek  xalqi  tarixidagi  o’rni, 
nomi  qayta  tiklandi.  U  yaratgan  boy  meros  xolis  o ’rganilmoqda,  tadqiq 
qilinmoqda.
Abdulla Avloniy 
202. 
Abdulla Avloniy kim? Siz u haqda nimalar bilasiz?
Abdulla  Avloniy  -   shoir,  yozuvchi,  dramaturg,  pedagogika  sohasi  ham 
uning  hayotida  muhim  sahifani  tashkil  etadi.  U  faoliyatining  ilk  bosqichidan 
umrining  so’nggi  damlarigacha  o’qituvchilik  qildi,  pedagogika fanining  nazariy 
hamda  amaliy  masalalari  bilan  tinmay  shug’ullandi,  darsliklar  yaratdi.  Aytish 
mumkinki,  u  musulmon  sharqi  pedagogikasining  katta  bilimdoni,  shu  bilan 
birga,  XX  asr  zamonaviy  o’zbek  pedagogikasining  asoschisi,  o’zbek  tili  va 
adabiyoti  o’qitish  metodikasi  fanining  tamal  toshini  qo’ygan  mutafakkirdir. 
Qisqasi,  XX  asr boshlaridan  30-yillar o’rtalarigacha bo’lgan  o’zbek matbuoti  va 
adabiyotida,  m a’rifat  va  maorifi  rivojida  Abdulla  Avloniyning  o ’z  iga  munosib 
o’mi bor.
203.  A. Avloniy qachon va qayerda tug'ilgan?
Abdulla  Avloniy  1878-yil  12-iyulda  Toshkentning  Shayxovand  Tahur 
daha,  Mergancha  mahallasida  tug’ildi.  Bobosi  M im e’matboy  asli  qo’qonlik 
bo’lib,  o’qchi-yoychi,  otasi  Miravlon  esa  to ’quvchi-hunarmand  edi.  U
112

Toshkentning  ruslar  yashaydigan  Piyonbozor  (hozirgi  Navoiy  nomli  teatr 
maydoni)da, yarmarka bozori (hozirgi San’at muzeyi atrofi)da bo’z va chit bilan 
savdo qilgan. Yosh Abdulla O’qchi mahallasidagi eski maktabda savod chiqardi.
1890-yilda  mahalla  madrasasida,  so’ng  Shayxovand  Tahurdagi  Abdumalikboy 
madrasasida  Mulla  Umar  Oxund  qo’lida  tahsil  ko’ra  boshlaydi,  ammo  oilaviy 
sharoitining  og’irlashuvi  o’qishni davom  ettirishga  imkon bermadi:  14 yoshidan 
mardikorchilik,  18  yoshdan  ustachilik,  suvoqchilik,  duradgorlik,  pechkachilik 
ishlari  bilan  shug’ullandi.  1900-yilda bir savdogaming  Salomatxon  ismli  qiziga 
uylantiradilar,  shu  yili  otasi  vafot  etib,  oilani  boqish  Abdullaning  zimmasiga 
tushadi.  B o’sh  vaqtlaridagina  o’qib,  boshqa  vaqt  oila  uchun  qayg’uradi. 
Rusiyaning  turli  shaharlarida  chiqib  turgan  gazeta  va jumallar  bilan  tanishib 
boradi,  “Tarjimon” gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ladi. Hayot o’zining 
qaysi  ko’chalariga  olib  kirmasin,  yosh  Abdulla  doimo  o’qishga,  ilm  olishga 
chanqoqlik  bilan  yashadi.  Shu  sabab,  ko’p  yillar kuz va  qishda o’qib,  bahor  va 
yoz  oylarida oila tirikchiligiga qarashdi.  O’n besh yoshidan  she’rlari  matbuotda 
e ’lon qilingan.
204, Avloniy ilk bor qayerda jadid maktabi ochadi?
Abdulla  Avloniyning  Turkiston,  Tatariston,  Kavkazda  nashr  etilayotgan 
qator  gazeta  va  jumallami  kuzatib  borishi  uning  dunyoqarashi  shakllanishida 
muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Jadidchilik  harakatining  rahbarlaridan  biri  bo’lgan  Abdulla  Avloniy 
o’lkada  uning  ham  nazariyotchisi,  ham  amaliyotchisi  sifatida  ko’p  ishlami 
amalga  oshirdi. 
1904-yilda  Toshkentning  Mirobod  mahallasida  yangi 
yo’nalishdagi  jadid  maktabini  ochdi,  o’zi  unga  mudirlik  va  o’qituvchilik 
qildi. 1909-yilda  kambag’al,  yetim-yesirlarga  ko’mak  beruvchi  “Jamiyati 
xayriya” degan uyushma tashkil etdi.
Turkistonda  birinchilardan  bo’lib  maktab  uchun  geografiya,  kimyo, 
handasa,  fizika fanlari  kiritilishiga ta’sir ko’rsatdi,  ta’limni  hayot,  turmush bilan 
bog’lashga  intildi,  bir  dars  bilan  boshqasi  o’rtasida  tanaffusni,  bir  sinfdan
113

ikkinchisiga  o ’tishdagi  imtihonni  joriy  etdi,  ta’lim  tizimining  dunyoviy 
yo’nalishini kuchaytirishga alohida e’tibor berdi.
205.  A bdulla Avloniy qaysi gazetalarni ch iqargan?
Abdulla  Avloniy  faoliyati  va  ijodida  gazetachilik,  teatr  ishlari, 
o’qituvchilik  kabi  sohalar  alohida  o’rin  tutadi.  Adib  Oktabr  o ’zgarishiga  qadar 
“Shuhrat”  (1907),  “Turon”  (1917)  nomli  gazetalarni  chiqardi.  Abdulla  Avloniy 
“Turon” gazetasiga “Yashasin xalq jumhuriyati!” degan shiomi tanlagan edi.  Bu 
orzu deyarli 70 yil o ’tganidan so’ng bizning kunlarimizda amalga oshdi.
Avloniy  m a’lum  muddat  Turkistonning  eng  ilg’or  va  mashhur  gazetasi 
bo’lgan  “Sadoi  Turkiston”da  faollik  ko’rsatdi,  sho’rolar  davrida  esa 
“Ishtirokiyun” (1918-yil)  gazetasida muharrir bo’lib ishladi.
206. “X ayriya ja m iy ati” qachon, kim ning tashabbusi bilan m aydonga
keldi?
A.  Avloniy  1909-yilda  “Xayriya jamiyati”  ochadi.  Bu jam iyat  Turkiston 
o’lkasida  ochilgan  birinchi  rasmiy  jam iyat  edi.  Bu  haqda  “Vaqt”,  keyinroq 
“Sadoyi  Turkiston” gazetalarida xabar bosilgan.  1909-yil  12-mayda jamiyatning 
rasmiy  ro’yxatdan  o ’tgani  e’lon  qilingan.  Unda  yoshlarni  o’qitish,  iqtidorli 
talabalami  taraqqiy  etgan  chet  el  oliy  o’quv  yurtlariga  yuborish,  ularni 
stipendiya  bilan  ta’minlash,  yangi  ochilayotgan  maktab  uchun  darsliklar  nashr 
etish,  kambag’al  bolalarni  bepul  o’qitish,  darslik  bilan  ta’minlash  aytilgan 
edi...62.  Ushbu jam iyat qoshida “Turkiston kutubxonasi” shirkati tashkil  etildi.  U 
maktablar uchun darsliklar nashr etish, Rusiyaning turli  o ’lkalarida nashr etilgan 
darslik  va  qo’llanmalami  sotib  olish,  Turkiston  maktablariga  arzon  narxlarda 
tarqatishni maqsad qilgan edi.
“Xayriya jam iyati”  o ’lkadagi  barcha hur fikrli  ziyoli yoshlarni,  m a’rifatli 
boylami o’z atrofiga birlashtirdi.
62 Бу хакда каранг: У. Д олнмов. Миллий уйгониш педагогикаси. Т., 2012, 245-246-бетлар.
114
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling