Namangan davlat universiteti obid jon karimov


  Fitrat asarni yozishda  qaysi tarixiy asarlardan foydalangan va


Download 3.85 Mb.
Pdf просмотр
bet13/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

243. 
Fitrat asarni yozishda  qaysi tarixiy asarlardan foydalangan va 
unda  ishtirok etgan qahramonlar haqida qanday m a’lumotlar bilasiz?
Fitrat  mazkur  asarni  yozishda  Abdurahmon  Tolening  “Abulfayzxon 
tarixi”,  Mir  Muhammad  Amin  Buxoriyning  “Ubaydullanoma”,  Mirvafo 
Karmonag’iyning “Tuhfai xoniy” kabi tarixiy asarlaridan unumli foydalangan.
136

Asardagi  ko’p  voqealar  va  shaxslar  tarixiydir.  Abulfayzxon,  Nodirshoh, 
xonning  otalig’i  Hakimbiy,  Rahimbiy,  tarixchi  Mirvafo,  Ibrohimbiy  kabilar 
tarixiy  shaxslardir.  Davlat,  Ulfat,  Qozi  Nizom  singari  obrazlar  badiiy  to’qima 
asosida  yaratilgan  obrazlardir.  M uallif asarda  har  bir  xarakterning  o’ziga  xos 
qiyofasini yaratishga muvaffaq bo’lgan. Davlat va Ulfatlar shu qadar ustomonki, 
ko’p  hollarda  xon  ularning  etagidan  chiqolmay  qoladi.  Nodirshoh  tadbirkor  va 
pixini  yorgan  bo’lsa,  xonning  otalig’i  Hakimbiy  ustasi  faranglikda  tengi 
topilmaydigan  xilidan;  tarixchi  Mirvafo  esa,  aravasiga  tushgach,  nog’o-rasiga 
o’ynaydiganlardan,  yaltoq  xonning  rangiga  qarab  tabiati  o’zgarib  turadigan 
kimsa.
Asar  nihoyasida  Siyovush  timsolidagi  Xayol  ramziy  obraziga  duch 
kelamiz.  Uni  yaratishda  Fitrat  Shekspiming  “Hamlet”  tragediyasidan 
ta ’sirlangan  bo’lsa,  60-yillaming  aw alida  Shayxzoda  “Mirzo  Ulug’bek” 
tragediyasida  shu  tarzdagi  obrazni  yaratishda  Fitratning  mazkur  asaridan 
ilhomlangan.
244. Fitratning fojiali qismati haqida nima bilasiz?
Abdurauf  Fitrat  -   faoliyat  doirasi  keng  mutafakkir.  Alloma  uchun  30- 
yillar ilmiy-badiiy ijodda ham,  murabbiylikda ham yuksak kamolot davri bo’ldi. 
Ammo  sobiq  sovet  hukumati  o’z  mavqeini  mustahkamlab  borgan  sari  erkin 
fikrlash  torayib, jadid ziyolilari  uchun ta’qib va tazyiq kuchayib  bordi.  Shularga 
qaramay,  Fitrat  yangi-yangi  asarlar yaratdi,  o’sib  kelayotgan yosh  ijodkorlarga, 
tadqiqotchilarga  ustozlik  qildi.  Avji  kuchga,  malakaga  to’lgan  vaqtda,1937-yil 
24-aprelda qamoqqa olinib,  “xalq dushmani”, “vatan xoini” kabi ayblovlar bilan 
1938-yilning  4-oktabrida  otib  o’ldirildi.  Abdurauf  Fitrat  1956-yilda  oqlangan 
bo’lsa-da,  uning  hayoti  va  ijodini  o’rganish,  asarlarini  nashr  etish  faqat 
istiqloldan keyingina mumkin bo’ldi.  Hozida uning 6 jildlik “Tanlagan asarlar”i 
nashr  etildi,  professorlar  Begali  Qosimov,  Hamidulla  Boltaboyev,  Ilhom 
G ’aniyevlar
Fitrat ijodi bo’yicha yirik tadqiqotlar yaratdilar.
137

245. Fitratning ijodiy merosi haqida nimalar bilasiz?
Fitratning adabiy merosi  nihoyatda boy,  serqirra bo’lib, janr va yo’nalishi
jihatdan  rang-barang  bo’lib,  hajmi  taxminan  300  bosma  taboqni  tashkil  etadi. 
Uning  faoliyati  1903-1904-yillarda  boshlangan.  Dastlab  she’rlariga  “M ijmar” 
(“Cho’g ’don”) taxallusini  qo’llagan.  Fitrat “Munozara”,  “Hind  sayyohi  qissasi”, 
“Rahbari  najot”,  “Oila”  ilmiy-publitsistik asarlar hamda hamda “Sayha” she’rlar 
to’plamini  yaratgan.  Ushbu  asarlar  o ’z  davrining  muhim  mavzularida yozilgan. 
Xalqning  og’ir  ahvoliga  achinib,  ijtimoiy  adolatsizlikni,  chirkin  aqidalami  fosh 
etish,  nodonlik  va  jaholatni  qoralash,  mehnatkash  xalqni  ma’rifatga  chorlash, 
maktab-maorifini  ulug’lash  Fitrat  ijodining  ilk  davriga  xos.  Fayzulla  X o’jayev 
yozadi:  “Fitrat  dastlabki  asarlaridayoq  mavjud  tuzumni  qattiq  tanqid  qilgan, 
uning  barcha  miqsonlarini  ayovsiz  ochib  tashlagan,  amirlikning  chirkin 
tuzumini fosh qilib bergan”70, — deb yozgan edi.
Keyinchalik  Fitrar  tarix,  falsafa,  islom  tarixi,  iqtisod  nazariyasi,  siyosat, 
musiqa, 
sport 
madaniyati, 
tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik, 
geografiya, 
pedagogika,  matematika,  mexanika  va  yana  qator  sohalarga  doir  tadqiqot  va 
risolalar yaratgan.  Ko’plab  she’riy to ’plamlar,  hikoyalar,  dramalar ham  yozgan, 
tarjimalari ham talaygina...
246.  F itratn in g  Istam bulda  bosilgan  she’rla r to 'p lam i qanday 
nom lanadi?
Fitrat  1909-1913-yillarda Istambulga o’qish uchun yuboriladi.  Yuborilgan 
talabalar  orasida  “eng  isle 'dodlisi  va  engfozili  Fitrat”  (S.Ayniy  so’zi)  butunlay 
yangi  ijod  olamiga  kiradi.  U  Istanbulda  “Munozara”,  “Sayyohi  hindi”  nasriy 
asarlarini,  “Sayha”  (“N a’ra”)  she’riy  to ’plamini  nashr  ettirdi. 1911-yilda 
Abduqodir  Shakuriy 
Istanbulga  borganda,  turkistonlik  talabalar  bilan, 
allaqachon  mashhur  bo’lib  ulgurgan  Fitrat  bilan  tanishadi  va  yurtiga 
qaytayotganda  uning  “Sayha”  majmuasidan  bir  necha  donasini  choponining 
astari  orasiga joylab,  chor  mamurlariga  sezdirmasdan  olib  o’tadi.  Shakuriyning
70 Хужаев Ф. Танланган асарлар. 3 томлик,  1-том. -  Т.:  1976,98-бет.
138

shu  harakati  tufayli  “Sayha”  Buxoro  va  Samarqand  ziyolilari  orasidakeng 
tarqaladi71.  “Sayha” butun Turkiston o’lkasida, Buxoro amirligida katta aks sado 
berdi.  Hukumat taqiqlab  qo’ydi.  Undagi  she’rlarda Vatan jarohatlariga malham 
bo’lishga da’vat kuchli.:
Erta sahar tavof qilgil bu vatanimdir,
Na vatan bu,  sajdagohu jonim va tanimdir.
Ко ’kda mohim,  osoyishu izzat-sharqfmdir,
Ham Ka ’bamdir,  ham qiblamdir,  ham chamanimdir.
247. Fitratning sotqinlar, o’z xalqi qonini zuluk kabi so’rganlar 
haqidagi she’ri qanday nomlangan?
Fitratning  sotqinlar,  o’z xalqi  qonini  zuluk kabi  so’rganlar haqidagi  she’ri 
“Mirrix  yulduziga”  deb  nomlangan  bo’lib,  1922-yilda  yozilgan.  Chor  Rusiyasi 
davrida  Turkiston  hayotida  hukm  surgan  norasoliklar,  xalq  hayotidagi  og’ir 
ahvol,  ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy  qaramlik,  undan  qutulish yo’llarini  izlash  va 
ularga  badiiy javob  topishga  urinish  Fitrat  she’rlarining  markazida  bo’ldi.  Bu 
she’r  o’z  davri  o’quvchilariga  nihoyatda  kuchli  ta’sir  etdi.  Asaming  badiiy 
ta’sirchanligi hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas:
Bizning yerda bo 'lib turgan tubanliklar, xo ’rliklar,
So 'yla, yulduz,  sening dag 7 quchog ’ingda bo ’lurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ishbuzarlar,  shaytonlar?
О ’rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,
Qardosh etin to ’ymayyegan qoplonlar?
Bormi senda о ’ksukyo ’qsilning qonin 
Gurunglashib chag ’ir kabi ichganlar72?
71 Бу хавда каранпБ.Каримов  Муаллим Шакурий.  “Узбекистан адабиёти ва санъати", 2001  й., 31  январ
72
 N.  K arim ov, В. Nazarov, U. N orm atov. XX asr o ’zbek adabiyoti.  11-sinf uchun darslik.  Т.: “O’qituvchi" 
2002  75-bet.
139

Istiqlol  ruhi  bilan  sug’orilgan  bu  she’r  salkam  yetmish  yil  davomida 
millatchilik  ruhidagi  asar  sifatida  baholanib  keldi.  Aslida  esa,  she’r  davr
hayotini,  davr kishilari  qiyofasini, tuzumning dolzarb  ijtimoiy-siyosiy va milliy- 
mafkuraviy  muammolarini,  vatan  va  istiqlolga  cheksiz  muhabbat  azoblarini 
yuraklarga jo   etgan  otalarimizning  zamindan,  zamondan,  zamondagi  zolimdan 
chora topolmay ko’kka (Mirrix -  Mars yulduzi  misolida) nido bilan  iltijo qilgan 
jiqqa yoshli ko’zlarini nihoyatda teran va chuqur gavdalantiradi.
248. ’’Y u rt qay g 'u si” nom li sochma kim niki?
Abdurauf Fitrat  1917-yilning yozidan  Samarqandda “Hurriyat” gazetasiga 
muharrirlik  qila  boshlaydi.  Jumalistlik  va  muharrirlik  Fitrat  faoliyatida  muhim 
o ’rin  tutadi.  Gazetaga  Mahmudxo’ja   Behbudiy,  Mirmuhsin  Shermuhamedov, 
Siddiqiy  kabi  vatanning  millatparvar  farzandlarini  jalb  etadi.  “Yurt  qayg’usi” 
rukni  ostida ulaming  istiqlol  g ’oyalariga hamroz maqolalarini  e’lon qiladi.  O ’zi 
ham  shu  rukn  ostida  xalqning  siyosiy  va  milliy  ongi  ko’tarilishida  zo’r 
ahamiyatga  molik  ajoyib  publisistik  maqolalar,  sochma  she’rlar  chop  etadi. 
“Ittifoq  etaylik”,  “Saylov  yaqinlashdi”,  “Ikki  ro’yxat”,  “Siyosiy  hollar” 
maqolalarida  xalqni  saylovda  o ’z  haq-huquqlaridan  to’g ’ri  foydalanishga 
chaqiradi,  ulami  birlashishga chorlaydi,  o’zlikni  g’urur va nafsoniyatni mahkam 
tutmoqqa,  ona yurtning  qayg’udosh,  munosib  farzandi  bo’lishga  undaydi.  “Yurt 
qayg’usi”  uchta  sochma  she’rdan  iborat  bo’lib,  “Hurriyat”  gazetasida  e ’lon 
qilingan.  Bu  asarlami  haqli  ravishda  o’zbek  istiqlol  adabiyotining  porloq 
namunalari  deb  ayta  olamiz.  “Qorong’ular  ichra  yog’dusiz  qolgan  o’zbek 
ko’zlari  uchun  tuprog’ingdan  surma  olgani  keldim”,-  deb  yolboradi  she’ming 
lirik  qahramoni  (u  ayni  vaqtda  shoiming  o’z  hamdir).  “  Turkning  nomusi, 
e ’tibori,  iymoni,  vijdoni  zolimlaming  oyoqlari  ostada  qoldi.  Turkning  yurti, 
o ’chog’i,  Turoni  yot  qo’llarga  tushdi”,  “Nomusini  bad  kishilaming  oyoqlari 
ostinda  ko’rub,  turklik  qoni  qaynag’ay-  musulmonchilik  hamiyati  toshg’ay, 
tam ug’  olovlari kabi  sachrag’ay.  Lekin,  o’z kuchsizligini  anglab,  qaytib o’tirgan 
va qon yig’lagan turklik holini arz etarga keldim, hoqonim”.
140

Bu misralami hayajonlanmay,  milliy tuyg’u jo ’shmay,  Vatanga muhabbat 
yanada  alangalanmay  o ’qib  bo’lmaydi.  She’r  1917-yilning  31-oktabrida 
bosilgan.
H a m z a
249. H am za kim ? Qachon va qayerda tug'ilgan?
Jadid  mutafakkirlariga  xos  fazilat  shundaki,  ular  badiiy  ijodning  turli 
sohalarida  betakror  asarlar  yaratish  bilan  birga,  murabbiy,  mohir  pedagog 
sifatida  maktablar  ochdilar,  muallimlik  qildilar,  maktablar  uchun  darslik  va 
qo’llanmalar  yaratdilar.  Mana  shunday  faoliyat  sohiblaridan  biri  Hamza 
Hakimzoda Niyoziydir. U shoir, nosir, drama va pyesalar muallifi, bastakor, shu 
bilan  birga,  jadid  pedagogikasining  yetakchi  namoyandalaridan  biri,  umrining 
oxirigacha muallimlikni tark etmagan murabbiydir.
Hamza  1889-yil  6-martda Qo’qon shahrida tabib  Ibn Yamin Niyoz o’g’li 
oilasida tug’iidi.  Otasi  o ’zbek,  arab,  fors tillaridan ancha savodli bo’lib,  Qo’qon 
ulamosi  o’rtasida katta e’tibor qozongan tabib edi.  Onasi Jahonbibi xalq qo’shiq 
va ertaklarini yaxshi  bilgan.  Bu muhit Hamzaning ma’naviy kamolotida muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan.
250.  H am zaning yoshlik va  o'qish yiilari haqida nim alar bilasiz?
Hamza  1896-1903-yillarda  “usuli  qadim”  metodiga  asoslangan  ibtidoiy 
mahalla  maktabida  o’qiydi.  1900-yillarga  kelib,  Qo’qonda  ilk  bor  jadid 
usulidagi  maktablar  paydo  bo’ladi.  Bunday  maktablar  Hamzaga  yoqdi,  biroq 
otasi  o’g’lini  diniy  arbob  bo’lishini  istaydi.  Hamza  1906-1907-yillarda 
madrasada  tahsil  ko’radi,  shu  bilan  birga,  rus-tuzem  maktabida  rus  tilini 
o’rganadi.
1908-1909-yillarda  Hamza  Namanganda  yashaydi  va  o’qishni  davom 
ettiradi.  Maorifchi  Abdulla  To’qmullin  bilan  tanishadi,  undan  dars  oladi:  “ £/ 
manim  q o ’limda  o ’z   qalamim  bilan  yuz  sahifadan  ortiqroq  eski  usuldagi 
yozishmalarimni ко'rib,  tarbiyag'a kirishdi",  - deb yozadi  tarjimai  holida.  1909-
141

yilda  Buxoroga  boradi,  ammo  u  yerdagi  siyosiy  vaziyat  o’qish  imkonini 
bermadi.  Bu  davrda  Ismoil  Gaspirinskiyning  “Tarjimon”,  Toshkentda  o’zbek
tilida  chiqa  boshlagan 
Ismoil 
Obidiyning 
“Taraqqiy”, 
Munavvarqori 
Abdurashidxonovning  “Xurshid”,  A.  Avloniyning  “Shuhrat”  gazetalari  bilan 
yaqindan  tanishadi,  ular  bilan  aloqa  o ’rnatadi.  Ilk  maqola  va  she’rlari  shu 
gazetalarda chop etildi...
251. Hamza dastlab qayerda jadid maktabi ochgan?
Hamza  1910-yilda  Toshkentga  keladi.  Qashqar  mahallasida  “usuli jadid” 
maktabi 
ochib, 
o ’qituvchilik 
qiladi. 
Turkiston  jadidchilik 
rahnamosi 
Munavvarqori  va  uning  yaqin  kishilari  bilan  tanishadi,  hamkorlik  qiladi. 
Pedagogik  faoliyatida M unaw arqorining  ko’plab  darslik  va  qo’llanmalaridan  -  
“Adibi aw al”, “Adibi soniy”, “Yer yuzi” kabi darsliklaridan foydalanadi. Aytish 
mumkinki,  Hamzaning  ilk  pedagogik  faoliyati  Toshkentda,  jadid  pedagoglari 
davrasida  boshlandi.  Hamza  1911-yilda  Qo’qonda,  keyin  M arg’ilonda  ham 
“usuli  jadid”  maktablari  ochib,  yerli  millat  farzandlarini  o’qitadi.  Lekin  ish 
jarayonida ko’p bor qiyinchiliklarga uchraydi.
252.  Hamza qanday darslikdir yaratdi?
Hamza  maktablar  uchun  darsliklar yozishga  kirishadi.  Shoirning  “Yengil 
adabiyot”,  “O’qish  kitobi”,  “Qiroat  kitobi”  va  “Milliy  ashulalar  uchun  milliy 
she’rlar  majmuasi”  kabi  darsliklari  shu  fikrimizni  isbotlaydi.  O ’sha  vaqtdagi 
maktab  darsliklari  bir  oz  murakkab  bo’lgan.  Buni  hisobga  olga  Hamza 
darsliklari  bolalarbop  yozilgan.  Biroq  Hamzaning  pedagogik  faoliyati, 
maktablari  Qo’qon  uyezdi  boshliqlari tomonidan keskin qarshiliklarga uchraydi, 
darsliklari ham senzuradan o’tmaydi.  Aslida esa, Hamza Sharq an’analari ruhida 
darsliklar yozgan edi...
142

253. Hamza qachon kutubxona ochgan?
Hamza  1915-yilda  taraqqiyparvar  yoshlar  bilan  birga  “G’ayrat” 
kutubxonasini  tashkil  qiladi.  Bu  kutubxonaning  asosiy  maqsadi  yangi 
ochilayotgan  jadid  maktablarini  darsliklar  va  o’quv  qo’llanmalari  bilan 
ta’minlash hamda darslik kitoblari nashr etish edi.  Shu yili Hamza boshchiligida 
“Jamiyati  xayriya”  tuzildi.  Ushbu  jamiyat  “usuli  jadid”  maktablari  uchun 
ko’plab  darsliklarni  sotib  olib  bolalarga tarqatgan.  Bulardan  tashqari,  “G’ayrat” 
kutubxonasida  Saidrasul  Saidazizovning  “Ustodi  aw al”,  Abdulla  Avloniyning 
“Birinchi  muallim”,  “Ikkinchi  muallim”,  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”, 
Munavvarqori  Abdurashidxonovning  “Yer yuzi”,  Rustambek  ibn  Yusufbekning 
“Ta’limi aw al” kabi darsliklari ham bo’lgan, ulardan bolalar bepul foydalangan.
254. Hamza she’rlarini jamlab, qanday nomlagan?
Hamza  o’z  ijodini  an’anaviy  lirik  she’rlar  yozishdan  boshlagan.  U 
“Nihoniy”  (yashirin,  maxfiy  m a’nolarini  bildiradi)  taxallusida  ijod  qildi  va 
1905-1914-yillarda  yozgan  she’rlarini  to’plab,  “Devoni  Nihoniy”ni  tuzadi. 
Devonga  shoirning  177  she’ri  kiritilgan  bo’lib,  ulardan  150  tasi  g ’azal, 
qolganlari  masnaviy,  murabba’,  muxammas,  musaddas  va  maktubdan  tashkil 
topgan. Bulardan  165 ta she’r o’zbek tilida,  10 ta she’r fors-tojik tilida, 2 ta she’r 
o’zbek va rus tilida shiru-shakar janrida yozilgan.
Shoir ijodida muhim o’rinni  ajoyib she’riy guldastalari -  “Milliy ashulalar 
uchun  milliy  she’rlar  majmuasi”  egallaydi.  Bu  umumiy  nom  ostidagi  7  she’riy 
to’plamga  1915-1917-yillarda  yaratgan  she’rlari  kiritilgan.  Bu  she’riy 
to’plamlar:  “Atir gul”,  “Oq  gul”,  “Qizil  gul”,  “Pushti  gul”,  “Sariq gul”,  “Yashil 
gul”,  “Safsar  gul”.  Ularda  xalqning  ijtimoiy-siyosiy  ongini  uyg’otish,  ilm- 
ma’rifatga da’vat etish g’oyasi yetakchi edi:
Bu Nihon qon yig ’layur millat uchun laylu nahor,
Yoz о ’tub, qish keldi holo,  bizga bo 'Igan yo ’q bahor,
Sarsari bodi jaholat qilmak istar toru mor,
Chora shul maktab ochaylik,  shoyad о ’/sun sabzazor,
143

Ey musulmonlar,  qachon bir darda darmon istariz?
Millatga shavkat,  taraqqiy,  sha ’nu davr on istariz?
255.  Hamza va jadidchilik haqida nimalar deya  olasiz?
Ko’pgina  o’zbek  ijodkorlar  qatori  Hamza  dunyoqarashining  takomilida 
jadidchilik  harakatining  rahnamosi  Ismoilbek  Gasprali  va  uning  “Tarjimon” 
gazetasining  roli  katta  bo’lgan. 
1914-yil  11-sentabrda  Gasprali  vafoti 
munosabati  bilan  hamma  o’zbek  jadid  ijod  ahli  singari  Hamza  ham  o’z 
hamdardligini  bildirib,  “Yavmul-vafot” (Sadoyi  Farg’ona,  1914- yil,  24-sentabr) 
maqolasini  va  “Marsiya”  (Sadoyi  Farg’ona,  1914-yil,  28-sentabr)  she’rini  e ’lon 
qildi.  She’rda shoir yozadi:
Oh,  millat, yetdi bu dam q a yg ’ulik, g ’amlik zamon,
Tegdi og 'zingga halokat toshi,  emdi to ’la qon,
D od qil davri falakdan,  botdi xurshidi jahon,
Motam ay la,  o g ’lasun ahvolinga har insu jon...
256. Hamza qaysi asarini “milliy roman“ deb ham atagan?
Hamzaning  “Yangi  saodat”  asari  1915-yilda  yozilgan  bo’lib,  unda 
mustamlakachilik  siyosatiga  qarshi  ma’rifatparvarlik,  xalqparvarlik  g’oyalari 
bo’rtib  turadi.  “  Yangi  saodat  yoxud  milliy  roman”  asari  46  betdan  iborat.  U 
Qo’qonda  nashr  etilgan.  Asar muallifhing “Kirish  so’zi”  bilan  boshlanadi.  Unda 
asaming  “qora  mehnatchilarga"  bag’ishlanganligi  qayd  etiladi.  Hamza  asarda 
mehnatkashlarni  ilmli-bilimli  bo’lishga, hunar o’rganishga da’vat etadi.
“Yangi  saodat”  -   Hamzaning  nasrdagi  bizga  ma’lum  eng  dastlabki 
urinishi  bo’lishiga  qaramay,  undagi  tasvir  san’ati,  qahramonlar  obrazining 
yorqinligi,  g ’oyaning  izchil  olg’a  surilganligi  va  til  xuzuziyatlari  muallifhing 
katta “nasriy”  iste’dodga ega bo’lganidan dalolat beradi.
144

257. “Yangi saodat” romanining bosh qahramoni kim? Siz u haqda 
nimalar bilasiz?
“Yangi  saodat”  asarining  bosh  qahramoni  Olimjon  bo’lib,  uning  hayot 
yo’li  turmush  mashaqqatlarini  yengib,  nurli  maqsad  sari  shaxdam  borishi  va 
g'arib  millat  uchun  kerakli”  kishi  bo’lib  yetishishi  jadid  adabiyoti 
qahramonlari  uchun  xos  bo’lib,  Hamza  ana  shu  qahramon  taqdirini  tasvirlash 
bilan jaholat  botqog’ida  yashayotgan  xalqiga  ibratli  bir  siymoni,  baxt-saodatga 
erishish yo’lini ko’rsatmoqchi bo’ladi.
Olimjon  -   Abduqahhor  ismli  tagli-tugli  boyning  farzandi.  Uning  otasi 
johil  bir  savdogar  bo’lgani  sababli  “saodat  va  chin  turmushlari  uchun  eng 
birinchi darajada farzu ayn  o ’lgan  ilm,  m a’rifat”dm  mahrum bo’lib qolgan edi. 
Hayotda  ancha  qiynaladi.  Onasi  Maryam  uni jadid  maktabiga  o’qishga  beradi. 
Xulq-odobi  va  iqtidori  bilan  muallim  mehrini  qozongan  Olimjon  -   “millat 
gulshaniga  yangi  qo ’ngan  bu  andaliV \bulbul)  -   tez  orada  obro’-e’tibor 
qozonadi.  Dastlab  ustozga  yordamchi  bo’lib,  maktabda  saboq  beradi,  so’ng 
Abdurahmon ismli  savdogarga mirza bo’lib, uning yolg’iz qizi Nazokatxonimga 
uylanadi.  Shu  asnoda  Olimjon  adashgan  otasidan  xabar  topib,  Toshkentda 
yamoqchilik  orqasida  tirikchilik  o’tkazib  yurgan  Abduqahhomi  oila  bag’riga 
olib  keladi.  Abdurahmonboy  olamdan  o’tgandan  keyin  esa  Olimjon  undan 
qolgan boylikka ega bo’lib,  “mashaqqatsiz davlat va chin maishat”ga yetishadi.
258.  “Yangi saodat” rom ani negizida qanday g’oya yotadi?
“Yangi  saodat”  romani  negizida  ikki  xil  inson  -   o’qigan  va  o’qimagan 
insonning  taqdiri  yotadi.  Hamza  bu  ikki  qahramonni  bir  oiladan  topadi. 
O ’qimagan  inson  -   Abduqahhor  o’qigan  inson  -   o’qigan  inson  -   o’z  farzandi 
Olimjon  tufayli  tubanlikdan  ko’tarilib,  “d o ’st-dushmanni  ajratub,  insof  va 
diyonatli,  shafqat va marhamatli” kishiga aylanadi.
“Shohlar  bir  кип  gado  bo ’lur,  bizlarga  о ’xshab,  Gadolar yana  bir  кип 
shoh  b o ’lib  qolur,  bolajonlarim”,  -  deydi  Maryam  oilasi  parokanda  bo’lgan
145

kezlarda.  O ’g ’li  Olimjon  k o ’z   o’ngida  ilm  va  ma’rifat  tufayli  gadodan  shohga 
aylanadi.
Yozuvchi  asar  g ’oyasini  faqat  Olimjon  taqdiri  orqali  ochmay,  unini’, 
kitobxon  qalbiga yetib  borishi  uchun boshqa imkoniyatlaridan ham  foydalanadi. 
Qisqasi,  shoir  asarda  ilm-ma’rifatli  bo’ish  har  narsadan  ustun  ekanini 
ko’rsatgan.
259. H am zaning “ Z ah arli hayot” fojiasi mavzusi nim a haq d a?
Agar  Hamza  “Yangi  saodat”  asarida  Olimjonning  ma’rifat  tufayli  baxtli 
hayotga  erishuvi  va  uning  o ’z  baxtidan  boshqa  kishilaming  ham  bahramand 
bo’li-  shini  tasvirlagan  bo’lsa,  “Zaharli  hayot  yoxud  ishq  qurbonlari”  fojiasida 
m a’rifatli  insonning jaholat  va g ’aflat  zindonidagi  fojiali  taqdirini  ko’rsatishni 
maqsad  qilib  olgan.  Ushbu  asar janrini  Hamza  “Turkiston  maishatidan  olingan 
qiz  va  kuyov fojiasi"  deb  ataydi.  Dramaturg  pyesaning  dastlabki  sahnasidayoq 
qahramonlaming  o ’zlariga  munosib  bo’lmagan,  ular  qalbidagi  muhabbat 
gullarini  xazon  qilishga  tayyor  bir  muhitda  yashayotganini  ko’rsatadi.  Shu 
tarzda  pyesaning  aw alidayoq  eskicha  qarashlar  ta’siridagi  ota-onalar  bilan 
ulardan  ilgarilab  ketgan  va  o’z  zamoniga  sig’may  qolgan  yoshlar  o ’rtasidagi 
ziddiyat  nish  uradi.  Voqealar  rivojlanishi  bilan  bu  konflikt taranglashib,  oxirida 
kamonning  tortilgan  yoyidek  uchib  boradi-da,  har  ikkala  qahramonni  -  
Mahmudxon  bilan Maryamxonni halok qiladi.
260.  H am za hayotining so’nggi yillari va fojiali qism ati haqidn
n im alar deya olasiz?
Hamza  oktabr 
to’ntarishidan 
keyin 
sho’ro 
hukumatini 
qo’llab- 
quw atlovchi  she’r  va  qo’shiqlar  bitdi,  bolsheviklarning  yangi  shakldagi 
mustamlakachilik siyosatini  dastlab  ko’ra olmadi,  ba’zan  o’z qobiliyatini  sho’ro 
hukumatining  targ’ibot-tashviqot  ishlariga  bag’ishladi.  U  m aorif  sohasidagi 
faoliyatini  umrini  oxirigacha to’xtatmadi.  1918-yildan u  Qo’qon va Farg’onada, 
1921-1924-yillarda  Buxoro,  Xorazm,  X o’jaylida,  keyin  yana  Q o’qonda
146

muallimlik  qildi.  1926-yilda  Hamzaga  adabiyot  va teatr  san’atini  rivojlantirish 
y o ’lidagi xizmatlari uchun “O ’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berildi.
Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  1929-yil  18-mart  kuni  Shohimardonda  40 
yoshida bir  guruh  mutaassiblar  tomonidan  o’ldiriladi.  U  qisqa hayoti  davomida 
XX  asr  o’zbek jadidchilik  harakatida,  ayniqsa, jadid  pedagogikasi  va adabiyoti 
taraqqiyoti  tarixida  shoh  asarlar  qoldirdi.  Shoir  ijodi  mustaqillik,  istiqlol 
tufayligina  haqiqiy  bahosini  olmoqda.  U  novator  shoir,  hozirjavob  nosir, 
iste’dodli  dramaturg,  kuchli  teatr arbobi,  mohir pedagog  sifatida zamondoshlari 
Abdulla Avloniy,  Abdurauf Fitrat,  Abdulhamid  Cho’lponlar  qatoridan  munosib 
o’rin olishga haqlidir.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling