Namangan davlat universiteti obid jon karimov


 Muqimiy qanday hajviy asarlar yozdi?


Download 3.85 Mb.
Pdf просмотр
bet6/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

110. Muqimiy qanday hajviy asarlar yozdi?
Muqimiy ko’plab hajviy she’rlar yozgan. “Tanobchiiar”, “Saylov”, “To’yi 
Iqonbachcha”,  “Hajvi  Viktorboy”,  “Maskovchi  boy  ta’rifida”,  “Dar  shikoyati
58

Laxtin”  kabilar  shular  jumlasidandir.  Ularda  o’sha  davrdagi  nohaqliklar, 
tamagirlik  va boshqa  salbiy  holatlar  kulgili  yarzda  fosh  etilgan.  “Tanobchilar”
hajviyasida  XIX  asr  oxiridagi  tarixiy  sharoitda  tomir  otgan  takabbur,  poraxo’r 
tanobchilaming,  tovlamachi,  yulg’ichlaming  esda qoladigan  obrazlarini  yaratdi. 
She’rda tanobchilar  Sulton  Alixo’ja  bilan  Hakimjonlar qiyofasini  chizadi.  She’r 
ulardan  zulm ko’rgan bir dehqonning o’ziga xos “arznomasi”dir.:
Bo ’Idi taajjub,  qiziq hangomar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.
Adi qulog 'i-la eshit holimi,
Zulm qilur,  baski,  menga zolimi.
...  Sulton Alixo’ja,  Hakimjon ikov,
Biri xotin birisi bo ’Idi kuyov.
Shoir  Muqimiyning  “Deyin”,  “Saylov”,  “Ro’zg’or”,  “Bachchag’ar”, 
“To’y”,  “Devonaman”,  “Ko’samen”,  “Aroba”,  “Loy”  va yana ko’plab  she’rlari 
ham hajv yo’lida yozilgan.
111. Qaysi shoir Andijon zilzilasiga (1902-y) atab ta’rix-marsiya 
yozgan?
1902-yilning  16-dekabrida  Andijonda  dahshatli  zilzila  yuz  berdi.  Shahar 
biфasda  vayronaga  aylanib,  4652  kishi  halok  bo’ladi.  Shoir  Muqimiy  bundan 
qattiq larzaga tushadi.  Shaharga borib ofat oqibatlarini o’z ko’zi bilan ko’radi va 
iztirob  to’la ta’rix-marsiya  bitadi.  She’r  shoir  o’limidan  bir  oy  oldin  “Turkiston 
viloyatining gazeti”da  bosilgan  edi.  She’r “ 7a ’rixi zilzilayi Andijon az Mavlono 
Muqimiyi Xo ’qandiy" deb nomlangan.  She’r quyidagi misralar bilan boshlanadi: 
Eshiting,ey do ’stlar,  ay lay bay on,
Bandalarin ayladi Haq imtihon.
Zilziladin lahzada shundog ’ shahar 
Bo ’Idi chu vayronayi chug ’z oshyon.
59

Ro ’zani о ’n oltisi,  seshanba кип,
Qoldi imorat tagida insu jon.
112. Toshkent noibi vafotiga bag’ishlab kim ta’rix-marsiya yozgan?
Muqimiy  tabiatan  hozirjavob  kishi  edi.  K o’plab  zamondoshlari  kabi 
o’zbek  va  tojik  tilada  baravar  yoza  olardi.Ko’pgina  she’rlari  o ’zining  yozilish 
tarixiga  ega.  Ulardan  ayrimlarini  tarjimai  holida  ko’rib  o’tdik.M a’lum 
munosabat  bilan  yozilgan 
she’rlari  orasida  Toshkent  noibi 
vafotiga 
bag’ishlangan  (“Tarixi  favti  noibi  Tosh-  kandiy”)  besh  baytlik  tojikcha  ta ’rix- 
marsiyasi  bor.  “N oibi  Toshkandiy”  1892-yil-dagi  Toshkent  qo’zg’olonining 
tashkilotchilaridan  v a  faol  ishtirokchilaridan  In’om-xo’j a   bo’ladi.  Turkiston 
harbiy  okrug  sudi  uni  1892-yiI  10-dekabrda  Irkutsk  guber-niyasiga  surgun 
qilgan  edi.  Biroq  u  kasalmandligi  tufayli  shu  yerda  qoldiriladi.  Qamoqni  shu 
yerda  o’taydi.  1897-yilning  3-fevralida  shu  yerda  vafot  etadi.  Biz  she’ming 
o’zbekcha tarjimasini keltiramiz:
Garchi qamoqda na g  'urbatda qon yutgan bo ’Isa ham, 
Oqibatda shahid bo ’lish sharafiga muyassar bo ’Idi.
Ramazon oyining yettisida,  shorn namozini о ’qib turib,
“ To  Olio ”,  dedi-yu,  birdaniga jon  berdi.
Butim Xo ’qartd xalqi и vafot etgan kunda,
Qari va yosh,  katta va kichik -  hamma barobar motam tutdi.
Muqimiyning ham xotiri parishon,  qayg  uli bo ’lib,
Dardu alam bilan aqlidan uning ta ’rixini chiqardi.
113. Muqimiy kimlarning nomini o’z she’rlarida keltirb o’tgan?
Muqimiyning  ju d a  ko’p  g’azallari  uning  tirikligidayoq  qo’shiq  qilib 
kuylan-gan.  Shoir  she’rlari  ko’proq  xonandalar  orqali  yoyilgan.  Ko’p  taniqli
60

san’atkorlar  o’z  hayotlarini  Muqimiy  ijodi  bilan  bog’laganlar.  Shoir  she’rlarida 
Mamajon makay, Nizomxon,  Farzincha (Farzinxon),  Ismoil naychi  ismlari  ko’p 
marta  uchraydi.  Ularga  bag’ishlangan  baytlar,  she’rlar  ham  bor.  Bular  o’sha 
davrdagi  mashhur  san’atkorlaming  ismlari,  laqablari.  Muqimiyning  ular  bilan 
bunday  yaqin  aloqasi  bejiz  emas.  Shoir  g’azallari  musiqiy,  ohangdor  edi, 
xaridori ko’p edi.
114. M uqim iy bu ja n rd a  20 dan ortiq she’r  yozgan. Qaysi ja n r 
deyilmoqchi?
Muqimiy  lirik  janrlardan  murabba’ga  alohida  e’tibor  berdi.  Bizga 
m a’lumki,  murabba’  boshqa  janrlardan,  awalo,  vazn  va  qofiyasiga  ko’ra 
farqlanadi.  Ruboiy  faqat  hazaj  bahridagina  yozilsa,  murabba’  uchun  bunday 
cheklanish yo’q. Ruboiy, tuyuq mustaqil to’rtliklardir, murabba’da esa bir necha 
to’rtliklar  qo’shilishidan  yaxlit  asar  bo’ladi  va  ular  a-a-a-a,  b-b-b-a,  s-s-s-d 
shaklida qofiyalanadilar.  So’nggi bandda shoir taxallusi bo’ladi.
Muqimiyning murabba’lari yigirmadan ortiq, deyarli hammasi ham ishqiy 
mavzuda bo’lib,  ohangdor va ravon yozilgan.  Vazniga ko’ra aruzdan barmoqqa 
yaqin turadi. Ular ko’proq xalq qo’shiqlarini eslatadi. Masalan:
Emdi sandek jono, jonon qaydadur,
Ко 'rib gid yuzingrti bog 'da bandaditr,
Saqlay ishqing toki jonim tandadur,
О 'zim harjoydaman,  ко ’nglim sandadur.
Mehrirtg о ’ti nogah tushdi jonlarga,
Parvoyim yo 'q zarra xonu monlarga,
Lola yangi ig ’ to ’lib bag’rim qonlarga,
О ’zim har joydaman,  ко ’rtglim sandadur.
61

115. 
Muqimiy "Sayohatnoma"lari haqidagi 
fikringizni 
aniq yozing.
Muqimiy  lirik  va  hajviy  she’rlari  bilan  mashhur  bo’lgani  kabi  ajoyib 
sayohatnomalar  yozib,  adabiyotimizda  bu  janr  taraqqiyotiga  katta  hissa 
qo’shgan  ijodkorlar sirasiga mansub.  “Sayohatnoma” adabiy jan r sifatida barcha 
xalqlar  adabiyotida  mavjud.  O ’zida  sayohat  xotiralari  va  ular  bilan  bog’liq 
tafsilotlami  aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deb ataymiz34.
Shoir  Muqimiy  Farg’ona  vodiysi  bo’ylab  qilgan  sayohatnomalaridan 
olgan  taassurotlarini  she’r  qilib  yozdi  va  bular  “Sayohatnoma”  nomi  bilan 
shuhrat  topdi.  Bular  shoiming  Qo’qon  -F a rg ’ona,  Q o’qon  -   Shohimardon, 
Q o’qon -  Isfara sayo-hatlari taassurotlaridir.  Uchala sayohatnoma yaxlit bir asar 
shaklida  bo’lib,  to’rtlik-lardan  tarkib  topgan.  Jami  244  misra.  Asar  quyidagi 
misralar bilan boshlanadi:
Faryodkim, garduni dun,
Aylar yurak-bag ’rimni xun.
Ко ’rdiki bir ahli funun -  
Charx anga kajraftor ekan.
Mumtoz  adabiyotimizda  “hasbi  hoi”  degan  maxsus janr  bor.  Unda  shoir 
o’z  ahvoli  haqida  yozadi.  “Sayohatnoma”da  ham  shunday  hoi  mavjud.  Shoir 
“garduni dun”, ya’ni pastkash dunyodan dod-faryod qiladi, yurak-bag’rini “qon” 
-  “xun”  qilganidan  shikoyat  qiladi.  “Ahli  funun”,  ya’ni  “ilm-fan  kishilari”ga bu 
dunyoning  hamisha  teskari  -   “kajraftor”  yurganini  ta’kidlaydi.  Shoir  bu  fikrini 
davom ettirib,  sayohat sababini  shunday aniqlashtiradi:
Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim,
Xohiyayov,  b o ’lsun otim,
Goh sayr ham darkor ekan.
M uallif 
kayfiyati, 
holati, 
atrof-muhitga, 
kishilarga 
munosabati 
“Sayohatno-ma”  satrlarida yaqqol  sezilib turadi.  Shoir  Shohimardon tomon yo’l
w Bu haqda qarang:  S. Ahmedov,  B. Qosimov, R. Qo’chqorov, Sh.  Rizayev.  Adabiyot 5-sinf uchun darslik II 
qism.  Ikkinchi nashr. Toshkent -  2011,  124-bet.
62

olar  ekan,  Ul-tarma,  D o’rmoncha,  Bo’rbaliq,  Oq  yer,  Roshidon,Zohidon, 
Oltiariq,  Chimyon,  Vodil  qishloqlari bilan tanishtiradi,  ulaming har birini ta’rif- 
tavsif etadi:
Ammo nazarda Roshidon,
Firdavs bog ’idin nishon,
О ’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.
Yoki:
Vodil maqomi dilfizo,
Ко ’chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
Keyingi 
sayohatnomasida 
Qudash, 
Yaypan, 
Nursux, 
Beshariq, 
Konibodom  kabi  qishloq  va  shaharlar  bilan  bog’liq  tafsilotlar  beriladi.  Shoir 
soya-salqinga  ko’milgan  Rapqonni,  tolzorlari  kishini  mahliyo  qiladigan 
Yaypanni  zavq-shavq bilan  maqtaydi.  Ona-Vatanning betimsol tabiatini,  ko’zni 
qamashtiruvchi manzara-larini,  “anhoru soyu cho’llari” va “shirin zardolulari”ni 
cheksiz mehr va iftixor bilan tasvirlaydi.
116. M uqim iy sayohatnom alari neehta va hajmi qancha?
Muqimiy  Farg’ona vodiysi bo’ylab  qilgan sayohatlari taassurotlarini  she’r 
qilib yozgan  va  ular “Sayohatnoma” nomi  bilan shuhrat topgan.  Bular  shoirning 
Qo 'qon  -   Farg ’ona,  Qo 'qon  -   Shohimardon,  Qo ’qon  -   Isfara  sayohatlari 
taassurotlaridir.  Har  uch  sayohatnoma  yaxlit  bir  asar  shaklida  bo’lib, 
to’rtliklardan tashkil topgan. Jami 244 misra. Hammasi bir vaznda- r  a j  a z  im  
u r a b b a i s o l i  mda., har bir band “e к a n" radifi bilan yakunlanadi. Ya’ni:
Faryodkim, garduni dun,
Aylar yurak-bag’rimni xun.
Ко ’rdiki bir ahli funun -  
Charx anga kajraftor ekan.
63

Ulaming  hammasi  uchun  bitta  umumiy  yakun  — x  и  I  о  s  a  bor.  Asarda 
sayohat  sababi  beriladi,  so’ng  turli  manzil  -   qishloqlar,  ulaming  tabiati, 
manzaralari  tasvir  etiladi.  Joylardagi  odamlar,  fe’l-udumlar  hikoya  qilingan. 
Asaming  ohangi  ravon  va  o’ynoqi  ruhda.  Rajazning to 'rt ruknlik solim  bahrida 
yozilgan -  mustafilun,  mustaf’ilun.  Paradigmasi quyidagicha: —  v —; —  v  - 
E ’tibor  beradigan  bo’lsak,  bu  davrdagi  “Sayohatnoma”lar  ko’pincha 
she’riy shaklda yaratilgan. Ulaming ichki tuzilishi quyidagicha:
1.  Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji,  sabablari aytiladi.
2. Y o’l xotiralari batafsil bayon etiladi.
3.  Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.
117. “ H asbi hoi” nim a?
Mumtoz  adabiyotimizda  “hasbi  hoi"  degan  maxsus jan r  bor.  Unda  shoir 
o’z  ahvoli  haqida yozadi.  Goho  uning  ayrim  ko’rinishlari boshqa xil  she’rlarda 
ham  uchraydi.  “Sayohatnoma”da  mana  shunday  hoi  mavjud.  Shoir  “garduni 
dun”  (“pastkash  dunyo”)dan  faryoq  qiladi,  yurak-bag’rini  “qon”  (“xun”) 
qilganidan  shikoyat  etadi.  “Ahli  funun”  (“ilm-fan  kishilari”)ga  bu  dunyoning 
hamisha  teskari  (“kajraftor”)  yurganini  ta’kidlaydi.  Shoir  bu  fikrini  oltinchi 
bandda davom ettirib, sayohat sababini shunday aniqlashtiradi:
Oolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim.
Xohi yayov,  bo 'Isim otim.
Goh sayr haw darker ekan.
M uallif  kayfiyati,  atrof-muhitga,  kishilarga  munosabati  “Sayohatnoma” 
satrlarida ayon sezilib turadi.  Masalan, shoir Shohimardon tomon yo’l olar ekan, 
Ultarma,  D o’rmoncha,  B o’rbaliq,  Oq  yer,  Roshidon,  Zohidon,  Oltiariq, 
Chimyon,  Vodil  qishloqlari  bilan  tanishtiradi,  ulaming  har  birini  ta’rif-tavsif 
etadi:
Ammo nazarda Roshidon 
Firdavs bog ’idin nishon.
64

О ’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.
Yoki:
Vodil maqomi dilfizo,
Ко 'chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
118. “ O bid mingboshi baqida hajv” kimniki?
“Obid  mingboshi  haqida  hajv”  satirik  shoir Zavqiy tomonidan  yozilgan. 
She’r sayohatnoma janrida yozilgan.
119. Muqimiy sayohatnomasidan ta’sirlanib, kimlar ijod qilishgan?
Muqimiy Farg’ona vodiysi bo’ylab qilgan sayohatlari taassurotlarini she’r 
holida  yozgan  va  bular  “Sayohatnoma”  nomi  bilan  ijodkorlar  orasida  shuhrat 
topgan.  Muqimiy  “Sayohatnoma”si  Qo’qon  shoirlari  orasida  mashhur  bo’lib 
ketgach,  Furqat,  Zavqiy,  Tajalliy  kabi  zabardast  shoirlar  Muqimiy  asarining 
vazni  va  radifi  bilan  sayo-hatnomalar  yozganlar.  Furqat  “Sayohatnoma”si 
furqatshunos  olim  Sharif  Yusupov  tomonidan  e’lon  qilingan.  Zavqiy 
sayohatnomasi  “Obid  mingboshi  haqida  hajv”  nomi  bilan  tanilgan.  Tajalliy 
“Sayohatnoma”sidan ayrim parchalargina bizga yetib kelgan.
Ikkinchi tomondan, agar biz XIX asrda Buxoro adabiy muhitida ham fors- 
tojik  tilida  sayohatnomalar  bitilganini  xotirga  olsak,  mazkur  janming  ushbu 
davrda  keng  shuhrat  topganligi  ma’lum  bo’ladi.  Buxoroda  o’qib  qaytgan 
Muqimiyning ular-dan bexabar bo’lgan bo’lishi mumkin emas.
120.  “Mavlono Muqimiy” romani kimniki?
Muqimiy  she’riyati  Yangi  o’zbek  adabiyotining  shakllanishida,  ayniqsa, 
unda  ijtimoiy  satira  va  serohanglikning  markaziy  o’rin  egallashida  muhim 
ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Shoir  Muqimiy  haqida  bit  qator  risola  va  kitoblar,
65

jumladan,  bir  qator  badiiy  asarlar  yozilgan.  M ashhur  shoir  va  nosir  Sobir 
Abdullaning  “Mavlono  Muqimiy"
 
romani  fikrimizning  dalili  bo’la  oladi.  Sobir 
Abdulla mazkur romanda shoir Muqimiy hayoti, ijodiy faoliyatini epik ko’lamda 
tasvirlashga erishgan.
121. M uqim iyning qaysi  hajviyalari  m asnaviyda yozilgan?
Muqimiy lirik asarlar bilan bir qatorda ko’plab hajviy asarlar ham yozgan.
Hajviy  asarlarining  ko’pchiligi  masnaviy  janrida  yozilgan.  Biz  bilamizki, 
masnaviy  ham janr,  ham  istiloh  (atama).  U  “ikkilik”  deb  ham  ataladi,  hajman 
katta asar bo’lib,  har ikki  misrasi  bir xil  qofiyalanadi, ya’ni  a-a,  b-b,  c-c tarzida. 
Mumtoz  adabiyotimizda  dostonlar  masnaviyda  yozilgan  (Alisher  Navoiyning 
“Xamsa”si  masnaviy  janriga  mansub).  Muqimiyning  “Tanobchilar”,  “To’yi 
Iqonbachcha”,  “Maskovchi  boy  ta ’rifida”,  “Voqeai  Viktor”  kabi  qator  asarlari 
bunga misoldir. “Tanobchilar” quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Bo ’Idi taajjub,  qiziq hansomalar
  —  
a 
Arz etctyin emdi yozib nomalar
  —  
a
Adi qulog Ч-la eshit holimi
  -
 
b 
Zulm qilur baski menga zolimi
  -
 
b
122.  Shoirning qaysi hajviyalari g ’azal kabi qofiyalangan?
Muqimiyning  “Saylov”,  “Dar  shikoyati  Laxtin”,  “Voqeai  ko’r  Ashurboy 
hoji” hajviyalari g’azal yo’lida yozilgan bo’lib, qofiyalanishi a-a, b-a, с-a kabi.
Qachonkim bo 'Idi hokim amri birlan ibtido saylov,
Amaldor ahli boshig'a bo ’lib keldi balo saylov.
Taloshi jo h  aylab,  ot chopib,  olmay dame orom, 
Musulmonlarning rangin ayladi cun qahrabo saylov.
66

Muqimiy,  o g ’ridi boshlar xaloyiq guftu g o ’yidin,
Shahar tinchib qolurdi,  bo Ъ а-chi emdi ado saylov33.
123.  "N av b ah o r"  g'azali nima munosabat bilan yozilgan?
“Navbahor” shoiming eng sara she’rlaridan biridir, ma’nosi “yangi bahor” 
bo’lib,  u  uyg’onish  fasli  hisoblanadi.  U  tiriklik  nishonasi,  tabiatning  rutubatli 
fasli  bo’lmish  qishdan  keyingi  qayta  jonlanishi  degani.  Shoir  bu  manzaradan 
cheksiz  zavq-shavq  oladi,  chor-atrofning  yashillik  bilan  qoplanishidan, 
tiriklikning  ulug’ne’mat  ekanidan  behad  shodlanadi,  unda  hayotga  so’ngsiz 
ishtiyoq uyg’onadi.  6 baytdan tashkil topgan g’azal  shunday boshlanadi:
Navbahor!Ochildi gullar,  sabza bo ’Idi bog ’lar!
Suhbat aylaylik,  kelinglar, jo'ralar,  o ’rtog’lar!
Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila,
О 'ynashib gohe tabiatni qilaylik chog ’lari.
Afsuski,  zamona  -   yomonniki.  Aqlli,  dono  kishilar  (ahli  tamiz)  oyoq 
ostida, bulbul o’mini qarg’a (zog’)lar olgan.  Shoir yozadi:
Hayfkim,  ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog ’lar.
Shoir  kutilmaganda  gapni  jamiyat  hayotiga  buradi  va  unga  o’z 
munosabatini  bildiradi.  Agar  zamona  adolatli  bo’lsa,  har  kim  o’ziga  munosib 
joyda  bo’lmog’i  lozim  edi,  lekin  unday  emas...  She’r yakunlanib  borgani  sayin 
shoirdagi afsus, nadomat o’rnini kelajakka ishonch hissi egallay boradi:
Tobakay mundog’malomat kunjida doim Muqim,
Bu zamon ко 'z tutgin emdi senga bo ’Isin tog ’lar.
35 М укимий. Бог apo  Тошкент.  “Академнашр”, 2010, 227-бет.
67

124. Muqimiy maktublari kimga bag’ishlangan?
Muqimiy  ijodini  kuzatar  ekanmiz,  ko’plab  maktublar  yozganiga  ham 
guvoh  bo’lamiz.  Maktubot janri  shoir  yashagan  davrda  ko’plab  shoirlar  ijodida 
ham  uchraydi.  Shoirning jiyani  Ro’zimuhammad  D o’stmatov  ma’lum  muddat 
Moskva  shahrida  bilim  oladi.  Shu  munosabat  bilan  unga  ko’plab  maktublar 
yozib turgan.
Bundan  tashqari,  Muqimiy  do’stlari  Furqat,  Nodim  Namangoniy  va  yana 
o ’nlab  do’stlariga  ham  she’riy  maktublar  yozgan.  Furqatga  yozgan  maktubida 
tozadi:
Necha ко ’z  tuttim demas ко 'ngul uchunkim: "bormusiz”,
Hech nimarsa bo Imasam ham ко ’p  qadrdon bod man.
Ey muhiblar, yurgan erkandur fa ro g  'atda,  demang,
Sog ’inib sizlarni tun-kun uyqu y o  ’q bedorman.
Hasbi hoi aylab qilibdur xat,  so ’rab holing,  Muqim,
To qiyomat Furqatiydin emdi minnatdorman36.
F u r q a t
125.  F u rq a t  ijodi haqida  nim alarni bilasiz?
Zokirjon  Xolmuhammad  o’g ’Ii  Furqat  -   milliy  uyg’onish  davri  o ’zbek 
ada-biyotining 
zabardast 
vakillaridan 
biridir. 
Furqat 
shoir 
va 
adib, 
adabiyotshunos  va muarrix,  elshunos  va mutarjim  sifatida o’zidan  boy m a’naviy 
meros  qoldirdi.  Shoir  birinchi  o’zbek jum alisti  ham  edi.“Turkiston  viloyatining 
gazeti”  sahifalarida  chop  etilgan  adabiy  va  siyosiy-publisistik  maqolalari  ko’p 
jihatdan  bugun  ham  o’zining  dolzarbligini  yo’qotgan  emas.  Shuningdek,  Furqat 
zamonasining  mashhur  xattotla-ridan  bo’lgan.  Allomaning  bu  borada  ko’plab 
shogirdlar  yetishtirganligi  manbalar-da  qayd  etilgan.  Tabib  sifatida  shuhrati 
yanada yuksak bo’lganligi m a’lum.
36 М укимий. Бог apo.  Тошкент. “ Академнашр”, 2010, 289-бет.
68

Furqat 
sayyoh 
sifatida 
Turkiya, 
Bulg’oriya, 
Yunoniston, 
arab 
mamlakatlari,  Hindiston  va  Xitoyda  bo’Idi.  Safar  taassurotlari,  o’sha  davr
kishilarining  ma’naviy  olami,  turli  davlatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot 
darajasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Umuman,  Furqat  qomusiy  olim  va  ijodkor  sifatida milliy  ma’naviyatimiz 
rivojiga ulkan hissa qo’shdi.
126. F u rq a t ijodi bilan shug’ullangan qaysi olimlarni bilasiz?
Furqat ijodi ko’plab olimlar diqqatini  o’zigajalb qilgan.  Filologiya fanlari 
doktori  Xolid  Rasulov  xizmatlari,  ayniqsa,  alohida  ahamiyatga  ega.  U  Furqat 
“Tanlangan  asarlar”ini jam i  yetti  marta  (1940,  1952,  1958,  1959,  1975,  1980, 
1990-yillarda)  nashr  ettirdi.  Bular  ichida  Furqat  “Asarlar  majmuasi”ning  turli 
manbalar  asosida  tayyorlanib,  arab  yozuvida  chop  etilgan  ikki  jildlik  nashri 
alohida  ahamiyatga  molik.  X.  Rasulov  1953-yilda  “Zokirjon  Furqat  ijodi” 
mavzusida  kandidatlik  dissertatsiyasini  yoqladi.  1954-yili  Xolid  Rasulning 
“Zokirjon  Furqat  ijodi”,  “Furqat  -   ma’rifatparvar,  demokrat  shoir”  nomli 
kitoblari  nashr  etildi.  Olim  1959-yili  “Furqat”  tanqidiy-biografik  ocherki  e’lon 
qilindi.  Shu yili H.  Vohidov-ning “Furqat -  ma’rifatparvar shoir” risolasi bosilib 
chiqdi.  Professor  G ’.  Karimov  va  adabiyotshunos  Narimon  Hotamovlar  shoir 
asarlarini  1959,  1973-yillarda  chop  ettirdilar.  Bundan  tashqari,  Furqatning 
“Tanlangan  asarlar”i  rus,  ukrain,  xitoy,  uyg’ur  tillarida  ko’p  marta  nashr 
qilingan.
A.  Abdug’afurovning  “Zokirjon  Furqat”(1977)  kitobi  -   shoir  hayoti  va 
ijodi  tadqiqiga  bag’ishlangan  birinchi  yirik  monografiya.  Unda  shoir  hayoti  va 
ijodi furqatshunoslikning o’sha davrdagi mavjud yutuqlarini mujassamlashtirgan 
holda ancha keng va to ’liq tadqiq etildi.
A.  Qayumovning  “Shoir  Furqat”37  asari  shoir  merosini  ommalashtirish 
jihatidan  alohida  ahamiyatga  ega.  Mustaqillik  yillarida N.  Jabborov  tomonidan 
“Furqat  asarlarining  qo’lyozma  manbalari”  mavzuida  nomzodlik  dissertatsiyasi
37 Бу хакда каранг:  “Шарк юлдузи” журнали,  1986 й. 4-5;  1989 й.  5-6-сонлар.
69

himoya 
qilindi. 
Shoirning 
vaqtli 
matbuotda 
ishtiroki38 
masalalariga 
bag’ishlangan  tadqiqot  yuzaga  keldi.  Sh.  Rizayevning  “Jadid  dramasi”  asari da 
Furqat birinchi o’zbek teatr tanqidchisi -  san’atshunos sifatida talqin etildi39. ..
127.  Sh.  Y usupovning F u rq a tg a  d o ir q anday tad q iq o tlarin i bilasiz?
1984-yili  Sh.  Yusupovning  “Furqat  yo’llarida”  monografiyasi  e’lon 
qilindi.  Kitobda  Furqatning chet  elga  ketish  va qolib  ketish  sabablari,  shoirning 
vatanjudo-likda kechgan og’ir hayoti to’g’risida arxiv hujjatlari hamda ishonchli 
manbalar  asosida e’tiborli  mulohazalar bayon  qilindi.  Olim  1990-yili “Furqat va 
o’zbek  m a’rifatparvarlik  adabiyotining  yangi  bosqichi”  mavzuida  doktorlik 
dissertatsiya-sini  himoya  qildi.  Dissertatsiyada  mazkur  mulohazalarini  yanada 
yangi  dalillar,  umumlashma  ilmiy  xulosalar  bilan  boyitdi.  Arxiv  hujjatlari  va 
ishonchli  manbalar-ga  tayanish,  ilmiy  xulosalaming  tamomila  yangi  ekanligi, 
yangicha  talqin  va  tahlil-lar  -   Sh.  Yusupov  tadqiqotlarining  yutug’ini 
ta’minlagan muhim omillardir.
Mustaqillik davri furqatshunosligida haqqoniy yoritilgan mavzulardan biri 
Furqatning Rusiya istibdodiga munosabati masalasi bo’ldi.  Ushbu yo’nalishdagi 
tadqiqotlar 
shoirning 
mustamlaka 
siyosatiga 
murosasiz 
munosabatda 
bo’lganligini,  bu  siyosatning  asl  muddaosini,  fojeiy  oqibatlarini  o’z  asarlari 
vositasida ayovsiz fosh etganligini  isbotladi40.
Milliy  istiqlolga  erishilgandan  keyin  o’tgan  davr  davomida  zikr  etilgan 
tadqiqotlar41  dan tashqari,  Sh.  Yusupovning “O ’zbek  ma’rifatparvarlik adabiyoti 
va Furqat” nomli uslubiy qo’llanmasi nashr etildi.
38 А. Жалолов, \ .  Узганбоев. Узбек маърифатпарварлик адабиёгтанинг 'гараккиётида вактли 
матбуотнинг урни. Т.:Фан,  1993.
39 Ш. Ризаев. Ж адид драмаси. Т.: Шарк,  1997,30-34-бетлар.
40 Ш. Ю супов. Худоерхон ва Фуркат. Т.: “Шарк”,  1995;  Ш. Ю супов. Хуфия катламлар.  Т.: Маьнавият, 
1999; А. М адам ннов, Р. Тожибоев. Фуркатнинг номаълум муножот-касидаси.УзАС,  1997 йил 20 июн.
Н. Ж абборов. Фуркат ва жадидчилик.Т.: Академия,  1998. Н. Ж абборов. Фуркатнинг хорижга кетиш 
сабаблари хакида янги хужжат.  Адабий мерос,  1998,3-4-сон, 50-54-бетлар. Н. Ж абборов. Фуркат ва 
миллий уйгониш. Жамият ва бошкарув,  1998,4-сон, 3 1-33-бетлар.
41  Ю супов  Ш .  Фуркат йулларида.  - Т.:  Адабиёт ва санъат,  1984.  Ш . Ю супов. Тарих ва  адаб бустони.  Т.: 
2003.
70
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling