Namangan davlat universiteti obid jon karimov


Adabiyotshunos Nurboy Jabborovning furqatshunoslik


Download 3.85 Mb.
Pdf просмотр
bet7/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

128. Adabiyotshunos Nurboy Jabborovning furqatshunoslik 
sohasidagi xizmatlari haqida nimalar bilasiz?
Filologiya  fanlari  doktori,  professor  Nurboy  Jabborovning  to’plab, 
nashrga  tayyorlagan  hamda  uning  muharrirligi  va  taqrizchiligida  nashr  etilgan 
kitoblar  tahsinga  sazovordir.  Bu  fikrimizning  isboti  sifatida  olimning  quyidagi 
tadqiqotlari, maqola va risolalari isboti bo’la oladi:
1. 
Furqat.  Qavoidi  Chin  va  umuroti  siyosiy  (Nashr  va  so’zboshi). 
//Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl,  145-150 - betlar.  1,5 b.t.
Furqat  hayoti  va  ijodiga  oid  manbalardan  ma’lumki,  u  arab,  fors,  rus 
tillarini  mukammal  bilgan.  Shoiming hind tilidagi  “Pesai axbor”,  “Hablul  matn” 
gazetalaridagi  ma’lumotlarga  munosabat  bildirib  maqolalar  yozgani  uning  bu 
tilni  ham  yaxshi bilganligini ko’rsatadi.  “Qavoidi Chin va umuroti  siyosiy” asari 
uning  xitoy  tilini  ham  ancha  puxta  egallaganiga  dalildir.  Professor  Sh. 
Yusupovning  ta’kidlashicha,  “Furqat  o ’z  asarini  yaratishda  birinchi  manba 
sifatida foydalangan  kitob  xitoy  muallifl  Guang  Shuyning  qalamiga  mansub 
bo ’lib,  и  endigina yozib  tugallangan  va  hali  и  vaqtlarda Furqat  bilgan  boshqa 
tillarning  birortasiga  ham  tarjima  qilinmagan  edi"ki,  bu  ham  ushbu  fikmi 
quw atlaydi.
“Qavoidi  Chin  va  umuroti  siyosiy”  Furqat  Yorkentdan  “Turkiston 
viloyatining gazeti”sining  1905-yil  22-dekabr sonidan  bosila boshlagan.  Bu  asar 
mazmun  jihatdan  ham,  badiiyati  bilan  ham  qimmatli  asardir.  Furqatning 
ta’kidlashicha,  Xitoy  podshohi  Guang  Shuy  odamlami  besh  qismga  bo’ladi. 
Birinchi  qism -  podshohlar va katta-kichik mansabdorlar.  Ikkinchi qism -  ota va 
bolalar.  Uchinchi  qism  -   eru  xotinlar.  To’rtinchi  qism  -   og’a-inilar.  Beshinchi 
qism — yor-birodarlar.  Asarda mamlakat tinch,  el-yurt  farovon bo’lishi,  odamlar 
o’rtasidagi  munosabatlar  yuksak  ma’naviyatga  asoslanishi  uchun  hikoyatlar 
keltiriladi.  Birinchi  qism  haqida  muallif  shunday  yozadi:  “ ...  Katta-kichik 
mansabdorlar chin ко ’ngil va yaxshi e ’tiqod birla podshohning farmonini tutub, 
jonlarini fido  qilib,  xizmatda  ustuvor  b o ’lmog’liqdur..."  Hamma  zamonlarda 
ham  mamlakat  taraqqiysi  podshoh  -   mansabdorlar  -   fuqaro  munosabatlariga
71

bog’liq  bo’lgan.  Katta-kichik  mansabdorlar  mamlakat  rahbari  farmonlarining 
hayotga tatbiq etilishi uchun “jonlarini fido qilib, xizmatda ustuvor bo’lsalar” bu 
yurt obod b o ’lishligiga olib keladi.  Ikkinchi  qism -  ota va bolalar munosabatlari 
haqida  yozar  ekan,  m uallif  ota-onaning  “o’g’ul  va  qiz  farzandini  yaxshi 
tarbiyatlar  birla  boqib,  ilmu  hunar  ta ’lim  berib,  molu  pulini  nisor  qilishi,  oxir 
umrida  mulku  ashyolarini  meros  qo’yib  ketishi”ni  alohida  ta’kidlaydi. 
Farzandlaming  ham 
ota-onasiga o’runluq  vafo  qilishi”  zarurligi,  ularga "... 
libos  va  xo’rok  vositasi  birla  xizmat  yetkurub,  duo  olm og’iiq  va  alarming 
farmonini  podshohning farmonini tutqondek yuyub,  ehtiyot qilmog’liqlari” shart 
ekanligini qayd etadi.
2. 
Furqatning o’zbek milliy uyg’onish  davri  adabiyoti  taraqqiyotidagi 
o’mi. /Furqat ijodi muammolari.  Q o’qon, 2010,  10-20-betlar. Furqatshunos olim 
Nurboy  Jabborov bu tadqiqotida quyidagilami  yozadi:  “Furqat  ijodini  o ’rganish 
uning  hayotlik  chog’idan  boshlangan  desak  xato  qilmagan  bo’lamiz.  Zokirjon 
Xolmuhammad  Furqat -  milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyotining zabardast 
vakillaridan  biri.  U  shoir  va  adib,  adabiyotshunos  va  muarrix,  elshunos  va 
mutaijim  sifatida  o ’zidan  boy  m a’naviy  meros  qoldirdi.  U  birinchi  o ’zbek 
jum alisti  ham  edi.  “Turkiston  viloyatining  gazeti”  sahifalarida  chop  etilgan 
adabiy  va  siyosiy-publitsistik  maqolalari  ko’p  jihatdan  bugun  ham  o’z 
dolzarbligini  yo’qotgan  emas.  SHuningdek,  Furqat  zamonasining  mashhur 
xattotlaridan  edi.  Uning  bu  borada  ko’plab  shogirdlar  yetishtirganligi 
manbalarda qayd etilgan. Tabib sifatida shuhrati yanada yuksak bo’lgan. ”
3.  Furqatning  qo’lyozma  asarlari.  //Adabiy  meros,  1992,  1(59)  -  son,  24- 
33-betlar.
4.  “Devoni  Furqat”  haqida.  //Adabiy  meros,  1993,  1-2  (63-64)  -  son,  49- 
55-betlar.
5.  “Zoil  o ’lmas  bobaqo  davlat  humosidin,  begim”  (M o’tabar  dastnavis 
tarixi). // Yoshlik,  1996, 4-son, 61-63-betlar.
6.  “Zubdatu-l-hukamo”.  //  Sog’lom  avlod  uchun,  1996,  9-10-son,  55-57- 
betlar.  Olim  Nurboy  Jabborov  bu  maqolasida  Furqatning  qator  sohalarda
72

mashhur  bo’lganini  tilga  oladi,  bulami  ma’lum  manbalardan  olganini  alohida 
izohlar bilan ko’rsatishga erishgan.  Furqat o ’z zamonida mashhur tabib bo’lgan,
ko’plab  bemorlarni  davolagan  ham.  “Zubdatul-  hukamo”  unvonining  sohibi 
bo’lganligiyoq  uning  bu  boradagi  kamoloti  nechog’lik  ekanligiga  dalil  bo’la 
oladi.
7.  Ahli  dillar  yuzlangan  diyor  (Furqatning  Hindiston  safari).  //Sirli  olam, 
1997, 2-son,  19-20-betlar.
8.  “Kerak har ilmdin bo’lmoq xabardor”. //Sog’lom avlod uchun, 2001, 3- 
son,  30-33-betlar.
9.  Furqat merosi va Xitoy manbalari. //SHarq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl, 
144-145- betlar.
10.  Qaniydi munosib bo’lolsak. //Hidoyat, 2001, 7-son,  14-bet.
11.  “Jahon  basti  kushodi  ilm  birla...”  (Furqat  hayoti  va  ijodining  xorijda 
o’rganilishi). //Jahon adabiyoti, 2001, 8-son,  122-129-betlar.
12.  Furqatning  Xo’jand  safariga  oid  yangi  ma’lumotlar.  //O’zMU 
xabarlari, 2001, 3-son, 30-35- betlar.
13. M a’naviyat nadur? //Jamiyat va boshqaruv, 2001,3-son, 29-30-betlar.
14. Furqat nega Furqat? //Yoshlik, 2001, 5-6-son, 39-41- betlar.
15.Furqat  “Tanlama asarlar”ining  Shinjong  nashri  xususida.  //O’zbek tili 
va adabiyoti, 2001,  5-son, 61-64-betlar.
16. “Etma iymondin judo...”. //Hidoyat, 2001,  12-son, 28-29-betlar.
17. Vatan ishtiyoqin tortaram... //Tafakkur, 2002,  1-son, 48-57-betlar.
18.  Furqatning  xorijdagi  davr  she’riyatida  poetik  mahorat  masalalari. 
//O’zMU xabarlari, 2003, 4-son, 35-41-betlar.
19. Hijron seli uzra solingan ko’prik. //Jahon adabiyoti, 2004,  1-son,  123- 
131-betlar.  20.  Milliy  uyg’onish  harakati  boniysi.  //Filologiya masalalari,  2005, 
1-son,  31-38-betlar.  21. M a’rifat nimadir, jaholat nadir?//Tafakkur, 2005, 3-son, 
10-15-betlar.  (Maqola “Vatanparvar” gazetasining 2006 yil  21  iyul №29  (2156) 
va 28  iyul №30 (2157) sonlarida ko’chirib bosilgan).
73

22.  Furqatning  “Qavoidi  CHin  va  umuroti  siyosiy”  asari  to’g’risida 
(uyg’ur tilida). //Shinjong universiteti ilmiy jurnali, - O ’rumchi (Xitoy), 2007, 2- 
son,  72-75-betlar.
23.  Furqat  hayoti  va  ijodiyotining  chet  ellarda  tadqiq  qilinishi  (uyg’ur 
tilida).  //Shinjong  ijtimoiy  fanlar  minbari,  -  O ’rumchi  (Xitoy),  2008,  1-son,  63- 
68-betlar.
24.  Milliy  filologik ta ’lim  ufqlari.  //O ’zMU  xabarlari,  2008,  maxsus  son, 
86-92-betlar.
25. K o’rar ko’zlaming nuri  ilmdandir. //Hidoyat, 2010, 4-son, 23-bet.
129. Furqat qachon va qayerda tug’ildi?
Zokirjon  Xolmuhammad  o ’g’Ii  Furqat  1859-yilda  Q o’qon  shahrida 
tug’ildi.  Shoirning  o’zi  “A hvolot”da  bu  haqda  “X o ’qandi  latijkim,  bandag’a 
m avlid  va  mansha’dur  ”  deya  ta ’kidlaydi.  Furqatning  otasi  — Xolmuhammad 
zamonasining o’qimishli, ziyoli kishilardan bo’lgan.  Ota-onasi maslahatlashib,  7 
yoshida Zokir-jonni Muhammad Olim ismli maktabdorga shogirdlikka beradilar. 
Shoir bu haqda “AhvoIot”da shunday yozadi:  “Nuxustin о ’n besh-yigirma adad 
mayda  surani  sabaq  olib  hifz  qilib,  andin  taxtaga  tushtnm...  taxta  hijosidin 
chiqib  “Hasfliyaki sharif surasig'a tushtum.  Olti oy muddat ichida  “Haftiyak”ni
о ’qib tamom qil-dim...”.
130.  Q aysi alloma 9 yoshida  N avoiyning “ C h o r devon”ini o’qiy 
boshlagan?
Furqat  9  yoshida  Alisher  Navoiy  “Chor  devon”ini  o’qishga  kirishadi. 
“Chun  timrim  shohidi  to ’qquz  parda  orqasidin  chehra  k o ’rguzdi,  Amir 
Alisherning  turkiy devonlarikim,  Navoiy  laqabdur,  zabonim  qushi  ul xirmandin 
donachin  о 'Idi  ”,  -   deb  yozadi  shoir.  Xuddi  shu  paytda Navoiyni  tush  ko’radi. 
Undan she’r mashqiga oq fotiha oladi va sadoqatli shogird bo’ladi.
K o’p  o’tmay,  mazkur tush ta’biri  haqiqatga muvofiq chiqadi.  Furqat she’r 
yoza boshlaydi, bu paytda 9 yoshda bo’lgan shoir shunday yozadi:
74

Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa imlo-u savodim.
131.  F u rq atn in g  o'qish yillari va  ustozi haqida nim alar bilasiz, 
kim larning asarini o’rgandi?
Furqatning  otasi  -   Xolmuhammad  zamonasining  o’qimishli,  ziyoli 
kishilari-dan  bo’lgan.  Ota-onasi  maslahatlashib,  7  yoshida  Zokirjonni 
Muhammad  Olim  ismli  maktabdorga  shogirdlikka  beradilar,  qisqa  vaqt  ichida 
o’qish-yozishni puxta o’rganib oladi.
Furqat  bolaligidanoq  Sharq  she’riyati  darg’alarining  shoh  asarlarini  asli 
holida mutolaa qildi.  Dunyoqarashi va e’tiqodi shu asosda shakllandi.lO yoshida 
Fuzuliy  g’azaliyoti  va  So’fi  Olloyoming  “Maslakul-muttaqiyn”i  mutolaasidan 
bahramand bo’ladi.
132. Furqat xattotlik sirlarini kimdan o’rgangan?
Furqat  M ulla  Qambarali  ismli  xushnavis  (chiroyli  yozuvchi  -   O.K) 
kishidan  xattotlik  sirlarini  o’rganadi.  Ashurmuhammad  ,  Podshohxo’ja   ismli 
mudarrislarga  shogird  tushib,  arab  tili  grammatikasiga  oid  (Sarf  va  Nahv) 
“Bidon”,  “Avomii”,  “Harakot”,  “Qofiya”  kitoblaridan  tahsil  oladi,  muntazam 
ijodiy faoliyat bilan shug’ullanadi.
Furqat  bolaligidanoq  Sharq  she’riyati  darg’alarining  shoh  asarlarini 
asliyatda  mutolaa  qildi.  Dunyoqarashi  va  e’tiqodi  shu  asosda  shakllandi.  U  10 
yoshda  Fuzuliy  g ’azaliyoti  va  So’fi  Olloyoming  “Maslakul-muttaqiyn”i 
mutolaasidan  bahramand  bo’ladi.  Mulla  Qambarali  ismli  xushnavis  kishidan 
xattotlik sirlarini o’rganadi.
133. Furqat 1890-yilda kim bilan tanishadi?
1890-yil  bahorida  Furqat  Toshkentning  shayxontohurlik  she’r  va  soz 
muxlisi  Mahmudxo’ja   degan  kishining  uyiga  ko’chib  o’tadi,  u  bilan juda  ham
75

yaqin  bo’lib  ketadi.  Martning  boshlarida  “Turkiston  viloyatining  gazeti” 
muharriri,  Toshkent  Erlar  gimnaziyasining  direktori  Nikolay  Ostroumov  bilan
tanishadi,  uning  obro’-e’tiboridan,  she’riy  salohiyatidan  foydalanish  maqsadini 
o’ylaydi.  Bu tanishuvdan so’ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo’lib ishga kiradi, 
shundan uning jumalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi.
134. F u rq atg a   doim  h am ro h   b o ’lgan gazeta qanday nom langan?
1889-yilda  Zokirjon  Xolmuhammad  o’g ’li  Furqat  Toshkentga  boradi. 
Hoji  A ’zam  yordamida  Ko’kaldosh  madrasasida  yashaydi. 
1990-yilda 
“Turkiston  viloyatining  gazeti”  muharriri,  Toshkent  erlar  gimnaziyasining 
direktori  Nikolay  Ostroumov  bilan  tanishadi.  O ’sha  yili  mart  oyida  N. 
Osroumov  uniToshkentning  Yangi  shahar  qismiga  olib  boradi,  uni  rus 
amaldorlari,  ruslar  xizmatidagi  o ’zbeklar,  hatto  general-gubemator  bilan 
tanishtiradi.  Buning  natijasida  “Gimnaziya”,  “Ilm  xosiyati”,  “Akt  majlisi 
xususida”,  “Nag’ma  bazmi  xususida”,  “Vistavka  xususida”,  “Suvorov”  kabi 
qator  she’rlari  “Turkiston  viloyatining  gazeti”da  bosilib  chiqadi.  Shu  tariqa 
Furqat gazetaning faollaridan biriga aylanadi -  ishga kiradi.
Gazetada “Sarguzashtnoma”,  “Furqatnoma”  nomlari  bilan tanilgan nasriy 
memuari  -   “X o’qandlik  shoir  Zokirjon  Furqatning  ahvoloti,  o’zi  yozg’oni” 
davomli  bosiladi.  Shu  tariqa  “Turkiston  viloyatining  gazeti”  Furqatga  bir  umr 
hamroh  bo’lib  qoladi.  Furqat  1906-yilgacha  Turkiston  bilan,  “Turkiston 
viloyatining gazeti” bilan aloqani hech to’xtatmadi.
135. F u rq atn in g  chet ellardagi faoliyati h aqida so'zlang.
Furqat  1891-yilning  sentabrida  Samarqandga  y o ’l  oladi.  Xat  orqali 
tanishgan  do’sti  savdogar  va  etnograf  olim  Mirzo  Buxoriy  huzurida  bo’ladi. 
So’ng  iyul  oyida  Buxorodan  poyezdga  o’tirib,  Marv,  Ashxabod,  Boku,  Botumi 
orqali  Istambulga  keladi.  Bu  yerda  bir  muddat  yashagan  shoir  ijodga  qattiq 
beriladi.  1892-yilda  Misr,  Iskandariya,  Shorn,  Makka  va  Madina  bo’ylab 
sayohatda  bo’lgan  Furqat sentabr oyida Hindistonning Bombay shahriga boradi.
76

1893-yilning  bahorida  Kashmir,  Tibet  va  Xo’tan  orqali  Yorkentga  keladi  va 
umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Furqat Qashqardagi  turli  xil  idoralarda kotib bo’lib  ishlaydi,  ilmi nujum42, 
tabobat  bilan  shug’ullanadi.  Toshboltuga  yozgan  she’riy  maktubida  Ra’noxon 
ismli  ayolga  uylanib,  Nozimjon  va  Hokimjon  farzandlari  ko’rgani,  ulardan 
ko’ngil  uzib  Vatanga  qaytish  qiyinligini  tilga oladiki,  bu  uning  umri  oxirigacha 
Turkiston bilan aloqasini uzmaganligini ko’rsatadi.
136.  F u rq atn in g  Istanbulda yozgan she’ri qanday nomlangan?
Furqatning Istanbulda yozgan  she’ri “Sabog’a xitob”dir.  She’r -  shoirning 
toshkentlik qadrdonlariga yo’llagan maktubi.  U masnaviy shaklida bo’lib,  hajmi 
280  satrni  -   misrani  tashkil  etadi.  Nomi  -   shartli,  so’ngroq  mutaxassislar 
tomoni-dan  qo’yilgan.  She’rdan  ma’lum  bo’lishicha,  shoir  Toshkentdagi 
do’stlaridan  Abdulazizxonning  uyida  bo’lgan  bir  yig’inda  Mirzo  Qosim  degan 
kishining  iltimo-siga ko’ra,  unga muxammas  yozib  berishni  va’da  qilgan,  lekin 
buni  o ’z  vaqtida  bajara  olmagan.  Shuni  Istanbulda  yozib,  Toshkentga 
jo ’natgan...
137.  Furqatning lirik merosi haqida nimalar bilasiz?
Furqat  lirik  merosining asosiy  qismi  g’azallar bo’lib,  ulaming soni  200 ga 
yaqin.  Ulaming mavzui Odam va Olam, ulaming o’zaro munosabati haqida.
Furqat  lirik  turning  g’azal,  musamman,  musaddas,  tarji’band,  masnaviy, 
qasida,  qit’a,  fard kabi janrlarida muvaffaqiyat bilan qalam tebratdi.
Shoir  Furqat  she’riyatda:  birinchi  navbatda  Alisher  Navoiy  va 
Muhammad  Fuzuliyni  o’ziga  ustoz bildi.  Ko’proq  ulardan  ilhom  oldi.  Goho  bu 
ilhom  mavzu  va  ohang  uyg’unligi  darajasiga  ko’tariladi.  Shoir  Furqat  ustozlari 
ijodini  qunt  bilan  o’rganarkan,  ulardan  qattiq  ta’sirlandi,  ilhomlandi,  shular 
asosida o ’ziga xos, ohori to’kilmagan g ’azallar yozdi.
42 “Ilmi nujum” arabcha so’zdan olingan bo’lib, “astronomiya” demakdir.
77

138. Erk va ozodlik haqidagi musaddasi qanday nomlanadi? She’rda 
nechta lirik obraz bor?
Furqatning  erk  va  ozodlik  haqidagi  musaddasi  “Sayding  qo’yaber, 
sayyod,  sayyora  ekan  mandek”  misralari  bilan  boshlanuvchi  she’ridir. 
M a’lumki,  XV1I1  asrda turkman  shoiri  Andalib  sayd  (ov),  sayyod  (ovchi),  dom 
(tuzoq)  obrazlaridan  unumli  foydalanib,  ovchi  tuzog’iga  tushgan  ohuga 
hamdardlik  tuyg’usi  bilan  to ’lib-toshgan  maxsus  muxammas  ham  yozgan. 
Furqatning bu  asari  yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  musaddas  bo’lib,bu  ham  shu 
an’anada  yozilgan.  Lekin  shoir  yashagan  zamon,  Turkistonday  yurtning  egasi 
qo’Hdan  ketib,  istilo  asrining sayyodi  qo’liga tushishi  unga yangi  ma’no,  yangi 
mazmun  beradi.  Qolaversa,  furqatshunoslar  ushbu  musaddasning  maydonga 
kelishida  she’rda  nomi  zikr  etiladigan  Sa’dulla  Hofizning  yomonlar  tomonidan 
fojiali o ’ldirilishini ham bir sabab qilib ko’rsatadilar.
Asarda  shoir  asosan  haqsizlikni,  zulmni,  tutqunlikni  qoralaydi,  o ’zining 
hayot haqidagi orzularini kuylaydi. U erkin va ozod hayotni tarannum etadi.
139. “Sayding qo’ya ber, sayyod” qanday shaklda yozilgan?
Furqatning  “Sayding  qo'yaber,  sayyod,  sayyora  ekan  mandek”  she’ri 
uning  ijodida  muhim  o ’rin  tutadi.  She’r  musaddas43  shaklida  yozilgan.  She’r 
quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Sayding qo ’ya ber,  sayyod,  sayyora ekan mandek,
Ol domini bo ’ynidin,  bechora ekan mandek,
О
  _ 
yorini  topmasdan,  or or a ekan mandek,
Iqboli nigan,  baxti ham qora ekan mandek,
Hijron о ’qidin jism i ко ’p  у  ora ekan mandek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mandek44.
Shoir  tuzoqqa  tushgan  ohuning  holini  xilma-xil  tashbeh  va  muqoyasalar 
bilan  tasvir  etgach,  ovchiga  xitob  qilib,  uni  bandilikdan  ozod  etishni  so’raydi.
43 “Musaddas’* arabcha so’z bo’lib “oltilik", ya’ni har bir bandi olti misrali she’r demakdir.
44 Ф уркят. Танланган асарлар. -  Тошкент.  Адабиёт ва санъат нашриёти,  1975, 260-бет.
78

Shoir haddan ko’p zulm ko’rgan saydga dildan achinadi, sayyodning zo’ravonlik 
qilganini qoralaydi.  “ Shoir Furqatning qalbida о 'z xalqining ozodlikka bo ’Igan 
muhabbati,  intilishi j o  ’sh uradF 43, -  deb yozadi adabiyotshunos Xolid Rasulov.
Ushbu musaddas  7 band, 42  misradan  iborat bo’lib,  qofiyalanish tartibi  a- 
a-a-a-a-a;  b-b-b-b-a-a;  c-c-c-c-a-a shaklida bo ’Igan
140.  She’rda qanday g’oyalar aks etgan?
Musaddas  erkin  hayot,  ozod  turmush  haqidagi  qo’shiqdir.  Unda  shoir 
yashagan  davrdagi  adabiyotga,  undagi  ijobiy  qahramonga  xos  bo’lgan  shirin 
orzular, kelgusida baxtli hayotga yetishish haqidagi istaklar ko’tarinki ruhda o’z 
ifodasini  topgan.  She’rda  mehnatkash  xalqni  erkin,  yorug’  hayotga  chaqirish 
ham  yorqin  sezilib  turadi.  Musaddas  shoir yashagan  davrdagi  mustamlakachilik 
zulmiga qarshi norozilik ifodasi edi. Quyidagi misralar fikrimiz tasdig’idir:
Tog’da ochilib lola, yer sabza bahor о ’Isa,
Axir bu nechuk bedod,  olam anga tor о ’Isa?
Chiqmay desa joyidin,  uzlatda figor о ’Isa,
Gar chiqsa banogohi domiga duchor о ’Isa,
Hijron о ’qidin jism i ко 'p yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag ’ri sadpora ekan mandek.
Bechorani zulm aylab,  qo ’l-bo ’ynini bog'labsan,
Har sori chekib-sudrab,  о ’Idirgali chog labsan,
Ко ’ksini jafo birla,  lola kabi dog 'labsan,
Sot menga,  agar qasding olg ’uvchi so 'rog 'labsan.
Hijron о ’qidin jism i ко 'p yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag ’ri sadpora ekan mandek.
Yashamoqlik  dunyoga  shunchaki  bir  kelib  ketmoqlik  emas,  yashamoq 
birinchi  navbatda,  hur,  erkin  yashamoqdir.  O’z  orzularing,  xayollaring,
45 Ф уркат. Танланган асарлар. -  Тошкент.  Адабиёт ва санъат нашриёти,  1975, 7-бет. Сузбоши муаллифи 
Холид Расулов.
79

armonlaring  bilan  yashamoqdir.  Shunday  ekan,  bas,  “rishtani  kes  -   deb 
hayqiradi shoir, to g ’larga chiqsin,  о ’z y o r i bilan bo ’Isin”, - deydi.
Besh кип seni davringda bechora xirom etsun,
Ohular ila о ’ynab,  ayshini mudom etsun,
Yomg ’ur suvi to ’Iganda tog 'lolani jom  etsun,
Haqqinga duo aylab,  umrini tamom etsun,
Hijron о ’qidin jism i ко ’p  yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
141. F u rq a tn in g  ijtimoiy-siyosiy m avzudagi a sarla rid an  sanang, tahlil
qiling.
Chor  Rusiyasining  mustabid  siyosati  Turkiston  xalqlari  hayotining 
siyosiy,  iqtisodiy  va  m a’naviy  jabhalarini  qamrab  oldi.  Millatparvar  ziyolilar 
qatorida  shoir  Furqat  ham  bunga  befarq  bo’lgan  emas.  Furqat  “Munojoti 
musaddas”  asarida  bu  holni  “Kuffor  bandi  ichra  sonsiz  tugunda  qold.uk”  deya 
og’ir  iztirob  bilan  ta ’riflay-di.  Shoiming  mazkur  asaridagi  quyidagi  misralar 
ham istibdod iskanjasida qolgan yurt taqdiriga kuyinish hissi bilan yo’g’rilgan:
...  Beehoralar na qilsun bo ’Isa siyosati Rus,
Qo ’ymaydi bir tarafdin xalq ichra nangu nomus.
Rahm aylagil,  Xitdoyo,  bechora,  xastalarga,
Ranjuru zoru mahzun ко ’ngli shikastalarga.
Ushbu  misralar  orqali  mustamlaka  siyosatining  haqsizlikka,  zulmga 
asoslan-ganligini  ochiq-oydin  tasvirlagan  shoir Furqat  musaddasning  boshqa bir 
bandida  istibdod  iskanjasida  yurt  iqtisodiyoti  inqirozga  yuz  tutganligini,  ahli 
bozor  nakbat-ga  qolganligini,  tijoratning  kasodga  uchraganligini  chuqur  dard 
bilan ifodalashga intilgan:
U chyil bo ’lurki qolmish nakbatga ahli bozor,
Ко ’rmas tijoratidin ко ’p  n a f  xayli tujjor,
Ahli hunarda hamyo ’q chandone ravnaqi kor,
Yo ’qdur о ’zungdin о ’zga bir mehribonu g  ’arnxor,
80

Rahm aylagil, Xudoyo,  bechora, xastalarga.
Ranjuru zoru mahzun,  ko 'ngli shikastalarga.
“Uch y il  b o ’lurki  qolmish  nakbatga  ahli  bozor”  misrasi  asarning  Qo’qon 
xonligi  rus  qo’shinlari  tomonidan bosib olinganiga uch yil  bo’lgan paytda yozil- 
ganligini ko’rsatadi.
Shuningdek,  Furqatning  “Begim”,  “Bo’ldi”  kabi  yana  qator  she’rlarida 
ham  istibdodga, jabr-zulmga, adolatsizlikka bo’lgan nafrati yorqin  aks etgan.
142.  F urqatning qaysi m anzumalarini bilasiz?
Furqat  “Ilm  xosiyati”,  “Gimnaziya”,  “Nag’ma  bazmi”,  “Akt  majlisi 
xususida”,  “Suvorov”  kabi  ko’plab  manzumalar  ham  yaratgan.  Ko’plab 
tadqiqotchilar mazkur  asarlaming qofiyalanish tartibidab  kelib chiqib,  masnaviy 
yoki  masnaviy-hikoyatlar  sifatida  talqin  qilganlar.  Akademik  I.  Mo’minov 
Furqat  murojaat  qilgan  shaklning  an’analar  doirasidan  tashqarida  bo’lgan 
muhim  xususiyatlariga  birinchi  bo’lib  e’tibor  bergan.  Bular  hajman  katta 
she’rlar  hisoblanadi,  voqealar  bayon  qilinadi.  Masalan,  “Ilm  xosiyati”  she’ri 
quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Deyin so ’z limning xosiyatidin,
Bayon aylab aning mohiyatidin.
Bu so ’zni go ’shi bor odam eshitsan,
О ’zida hushi bor odam eshitsun...
Furqat  bu  asarida  ilm-ma’rifatni  targ’ib  qilgan.  She’r  Toshkentda 
yozilgan,  maktab  m aorif tizimini  ko’rib  hayratlangan.  Bizning  ilm-fan,  o’qitish 
ishlari  chet elnikidan  ancha orqada ekanidan afsuslar qiladi.  Millat farzandlariga 
ilmni yana ham mukammal o’rganishga da’vat qiladi:
Jahon basti kushodi ilm birla,
Nadur dilni murodi ilm birla.
Ko 'ngillarni sururi ilmdandur,
Ко ’rar ko ’zlarni nuri ilmdandur...
81
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling