Namangan davlat universiteti obid jon karimov


, Ibrat qaysi gazetalarni o'qidi?


Download 3.85 Mb.
Pdf просмотр
bet9/16
Sana15.12.2019
Hajmi3.85 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16

164, Ibrat qaysi gazetalarni o'qidi?
Is’hoqxon  Ibrat madrasa beradigan  ilmlar bilangina cheklanib qolmadi.  U 
o’qish  davomida  buyuk  Sharq  olimlari  asarlarini  mustaqil  mutolaa  qildi,  arab, 
fors  va  rus  tillarini  chuqur  o’rgandi,  rus  va  o’zbek  tillarida  chiqadigan 
“Turkiston  vilo-yatining  gazeti”,  “Turkestanskiye  vedomosti”  hamda  Turkiston 
o’lkasiga yangi tarqalayotgan Ismoilbek Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi bilan 
birinchi marta Qo’qon madrasasida o’qib yurgan kezlari tanishdi.
165.  Ibrat To’raqo’rg’onda qachon va qanday usulda maktab 
ochadi?
1886-yili  madrasani tugatib,  To’raqo’rg’onga qaytgan Ibrat o’z faoliyatini 
qishloqda  m a’rifat  tarqatishdan  boshlaydi.  Shu  yil  qishloqda  maktab  ochadi. 
Uning  maktabi  “usuli  qadim”  -  “usuli  tahajji”,  ya’ni  hijo  metodiga  asoslangan 
maktablar-dan  birmuncha  farq  qilardi.  Is’hoqxon  to’ra  Qo’qonda  o’qib  yurgan 
vaqtlarida  o’lkada  ochilayotgan  rus  maktablaridagi  o’quv  usullarining  mahalliy 
maktablarda hukm  surayotgan hijo hamda quruq yodlash usullaridan  ustunligini 
sezgan  edi.  Shuning  uchun  u  o’z  maktabiga  nisbatan  ilg’or  hisoblangan  tovush 
(savtiya)  usuli-ni  tatbiq  qildi.  Ammo  bu  maktab  uzoq  faoliyat  ko’rsata  olmadi. 
Mutaassiblar uni yopishga muvaffaq bo’ldilar.
166. Ibratning ijodiy merosi nimalardan iborat?
Is’hoqxon  Ibrat  -   iste’dodli  shoir.  U  uch  -   o’zbek,  fors  va  arab  tillarida 
erkin  ijod  qilgan.  O ’z  she’rlarini  to’plab,  devon  tuzgan,  ammo  mazkur  devon 
bizgacha yetib  kelmagan.  Ibratning  zamondoshi  bo’lgan  shoir Muhsiniy  (1860- 
1917) ham uni “sohibi devon" deb ta’riflaydi.
Shoiming  katta  hajmdagi  she’rlari  XX  asr  bosh-lari  vaqtli  matbuotida 
bosilib  chiqqan,  bayozlarga  kiritilgan.  Ibrat  she’rlarining  ma’lum  qismini  1909-
93

yili  o ’z  matbaasida  “Ilmi  Ibrat”  nomi  bilan  bosmadan  chiqargan.  Bulardan 
tashqari,  shoirning katta o’g ’Ii  Abbosxon tomonidan  1910-yili tuzilgan bayozga
Ibratning  17  she’ri  kiritilgan.  U  yoshlik  yillaridan  Alisher  Navoiy  asarlarini 
chuqur  o ’rgandi,  g’azallariga  naziralar  bog’ladi.  Ayniqsa,mashhur  “B o’lubtur” 
radifli g ’azaliga yoz-gan nazirasi  e’tiborga loyiq:
Ishq'mg dilli jo n a  j o  bo ’Iubtur,
Jonu dil anga fid o  bo Iubtur.
San aylamasang agar davosi,
Dardim mani bedavo bo ’Iubtur.
Shoir  Navoiyning  g ’azalidan  ta’sirlangan  va  g’azalga  javoban  radif, 
qofiya,  vazn  va baytlar  miqdorini  saqlagan  holda nazira yozgan.  Ibrat  lirikaning 
g ’azal,  murabba’,  masnaviy,  muxammas,  musaddas  kabi  qator janrlarida  ijod 
qilgan. Xalqning ayanchli hayotini aks ettiruvchi hajviy she’rlari ham talaygina.
167. Ib ra tn in g  chet ellard a b o 'lish i h aq id a nim alar bilasiz?
Ibrat  1887-yilda,  ya’ni  25  yoshida  onasini  Makkaga  olib  borish  uchun 
otlanadi.  Biroq  Vatanga  qaytish  onasiga  nasib  etmadi  -   Huribibi  o ’pka 
shamollash  kasali  bilan  Jidda  shahrida  vafot  etadi.  Ishoqxonning  Sharq
mamlakatlari  safariga  chiqishdan  asosiy  maqsadi,  birinchidan,  onasining  hajga 
olib  borish  haqidagi  iltimosini  qondirish  bo’lsa,  ikkinchidan,  chet  el  xalqlari 
hayoti,  madaniyati  bilan  yaqindan  tanishish,  bu  mamlakatlami  o’z  ko’zi  bilan 
ko’rish  istagi  edi:  ”...  Umrim  naqdini  havas  bozorida  kechirmak  taqozosi-la 
o’lub,  sinnim  yigirma  besh  kech-mish  ekan,  havoi  taqozoi  muhtarama  dushub 
sayohat etdim...  ”:>3, - deb yozadi u.
Is’hoqxon  Ibrat  onasini  Jidda  shahrida  dafii  etib,  Sharq  mamlakatlari 
bo’ylab  safarini  davom  ettirdi.  Shu  bilan  birga  Istanbul,  Sofiya,  Rim  kabi 
Yevropaning  markaziy  shaharlarida bo’ldi.  Ancha vaqt  Afg’onistonning  Kobul, 
Arabistonning  Jidda  kabi  shaharlarida  istiqomat  qildi.  Makka  shahridan  Qizil
53  I I c x o k v d h  
Ибрат. Лугати с и п а  алсина.  Т., Ильин типопрафияси,  1901, 2 -  бет.
94

dengiz va Hind  okeani  orqali  Hindistonga boradi.  Ibrat  1896-yiIi  Hindistondan 
Birina orqali Xitoy va u yerdan so’ng Koshg’arga borgani ham ma’lum.
168.  Qaysi o’zbek allomasi Bombey va Kalkuttada yashab, 4 tilni 
mukammal o’rgangan? O’sha tillar qaysilar?
Ibrat 
Hindistonda  4-5 
yil 
istiqomat 
qiladi. 
1892-1896-yillarda 
Hindistonning  eng  katta  port  shaharlaridan  Bombey  va  Kalkuttada yashadi.  Bu 
yerlarda ko’p  ishlatiladigan arba’  lison, ya’ni to’rt tilni:  arab,  fors,  hind-urdu va 
ingliz tillarini  mukammal  o’rgandi.  Is’hoqxon  Ibratning Sharq va G’arb xalqlari 
tillarini  ancha  mukammal  bilganligini  e’tirof etib,  zamondoshi  Ibrohim  Davron 
shunday  yozadi:  “Fazoili  insoniyadin  moada  qozi  to ’ra  janoblari  turkcha, 
forscha,,  hindcha,  ruscha  lison  bilib,  yana  ruscha,  fransuzcha,  armanicha  va 
boshqa xatlar yozmoqqa mohirdurlar ”54.
169. “M atbaai Is’hoqiya” bilan bog’liq qanday ma’lumotlarni 
bilasiz?
1907-yili  Ibrat Orenburgga boradi va Rizo Faxriddinning “Sho’ro” jurnali 
faoliyati  bilan  tanishadi,  Orenburgda  Gaufman  degan  matbaachidan  pulini  o’n 
yil  mobaynida  to’lash  sharti  bilan  1901-yilda  chiqqan  litografik  mashina  sotib 
oladi.  Is’hoqxon  litografik  mashina  va  harflarni  katta  mashaqqatlar  bilan 
Orenburgdan  Q o’qonga  poyezdda,  Qo’qondan  To’raqo’rg’onga  tuyalarda  olib 
keladi.  1905-yili  o’zi  qurdirgin  hammom  o’mida  chopxona  tashkil  qildi  va 
“Matbaai  Is’hoqiya”  nomi  bilan  ishga  tushirdi.  Bu  matbaa  o’z  faoliyatini  ilm- 
m a’rifat  tarqatishdan  boshladi.  Xalq  o’rtasida  kitob  va  o’quv  qo’llanmalariga 
bo’lgan  talabning  oshib  borishi  natijasida  litografiya  1910-yili  Namangan 
shahriga  ko’chirildi  (bosmaxona  Ibrat  nomi  bilan  yuritiladi  va  u  shahar 
markazidagi Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan).
54 Туркистон вилоятининг газети.  1908 й., 56-сон.
95

170. Ibrat qachon kutubxona ochadi?
Ibrat  1908-yilda  o ’z  uyida  kutubxona  tashkil  qiladi  va  uni  “Kutubxonai
Is’hoqiya”  deb  ataydi.  Uning  arxivida  saqlangan  kitoblar  ro’yxati  shuni 
tasdiqlay-diki,  kutubxonada  ta’lim-tarbiya  va  o’qitishga  oid  o’zbek,  turk,  tatar, 
rus,  fors-tojik tillarida  bitilgan  ko’plab  kitoblar  bo’lgan,  qishloq  aholisi  ulardan 
unumli  foydalan-gan.  Ishoqxon  Ibrat  o’z  maktabi  o’quvchilarini  darsliklar bilan 
ta’minlagan.  Kutub-xonaning  maktab  o’quvchilariga  bag’ishlangan  bo’limida 
Ismoilbek  Gaspralining  “X o’jai  sibyon”,  Saidrasul  Saidazizovning  “Ustodi 
a w a l”, 
M unaw arqorining 
“Adibi 
a w a l”,“Adibi 
soniy”,  Mahmudxo’ja 
Behbudiyning  “Asbobi  ta’limi  savod”,  “Kitobatul-atfol”  kabi  50  nomdan  ortiq 
darslik va qo’llanmalar, ta’lim-tarbiyaga oid risolalar bo’lgan.
171.  Ib ra tn in g  ilmiy faoliyati haqida n im alar bilasiz?
Is’hoqxon  to ’ra  Ibrat  atoqli  pedagog,  tilshunos,  tarixchi  olim,  sayyoh, 
o ’tkir  didli  xattot  va  rassom  hamdir.  U  tilshunoslikning  eng  muhim  sohalarida 
qalam  tebratdi.  Bu  sohada  uning  olti  til:  о 'zbekcha,  ruscha,  arabcha, forscha, 
turkcha va hindcha tillari lu g ’ati -   “L ug’ati sitta alsina” asari o’z davrida katta 
ahamiyatga  ega  asar  sifatida  baholangan.  Lig’at  o ’z  vaqtida  ta’qiblarga 
uchragan,  kechikib  bo’lsa  ham  chop  etilgan.  U  mingdan  ortiq  faol  so’zni  o ’z 
ichiga  olib,  53  betdan  iborat.  Asar  ikki  qismdan tashkil  topgan.  Bitta  o’zbekcha 
so’z  qarshisida  uning  arabcha,  forscha,  turkcha,  hindcha  va  ruscha  tarjimalari 
berilgan.
Olimning  jahon  yozuvlari  tarixiga  bag’ishlangan 
".Some ’ul-xuna" 
( “Yozuv-lar  majnmasi”)   asari  tilshunoslik  fanining  murakkab  sohasiga 
bag’ishlanganligi  bilan  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  asarda  muallif 
yozuvlaming  eng  ibtidoiysi  -   piktografik  yozuvlardan,  to  so’nggi  davr  eng 
mukammal  yozuvlarigacha  bosib  o’tgan  taraqqiyot  tarixini  yoritib  berishga 
harakat  qiladi.  Olimning  mazkur  asari  132  betdan  iborat  bo’lib,  1912-yilda 
o’zining bosmaxonasi “Matbaai Is’hoqiya”da nashr qilingan.
96

Ibrat  o ’z  davrining  yirik  muarrixi  sifatida  “Tarixi  Farg’ona”,  “Tarixi 
madani-yat”,  “Mezonuz-zamon”  ilmiy  asarlarini  yaratgan.  Ularda  muhim 
masalalar haqida fikr yuritilgan.  Olim  o’z xalqining porloq kelajagiga zo’r umid 
va  ishonch  bilan  qaradi.  “Tarixi  madaniyat”  asarida  Vatanning  kelajakda  ilm- 
fan,  madaniyat  rivoj-langan  shaharlarining  qiyofasini  romantik  bo’yoqlarda 
tasvirlaydi.  Uning  ilmiy-tarixiy asarlari  Vatanimiz tarixini  o’rganishda qimmatli 
manba hisoblanadi.
A L M A I Y
172. A lm aiy kim?  Siz alloma haqida nim alar bilasiz?
Fazlulloh  Almaiy  XIX  asr  o’zbek  adabiyotining  Toshkentda  yetishgan 
taniqli  vakillaridan,  shoir,  olim va mohir tarjimondir.  Keng xalq  orasida “Qori55 
Fazlulloh”  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan.  1852-yilda  Toshkent  shahrining 
Qo’shtut  mahallasida  tug’ilgan.  Otasi  Miijalol  bo’zchilik  qilgan.  Fazlulloh 
mahalladagi  eski  maktabda,  so’ng  Hastimom  yonidagi  “Mo’yi  Muborak” 
madrasasida,  keyin  Buxo-roda  o’qiydi,  arab,  fors  tillarini  mukammal  egallaydi, 
xattotlik san’atini egallaydi.
173. Alm aiyning yoshlik va o'qish yillari haqida yozing.
Almaiy  eski  maktab  ta’limidan  so’ng  Toshkent  va Buxoro  madrasalarida 
o’qiydi.  Keyin  Eski  Jo'vada  joylashgan  Shukurxon  madrasasida  mudarrislik 
qiladi.  Zamondoshlarining  xotirlashicha,  Fazlulloh  tikso’z,  kishi  aybini  yuziga 
ochiq  ay-tuvchi  kishi  bo’lgan.  Shu  sabab  ayrim  amaldorlarga  yoqmagan.  U 
ko’proq  xattotlik va tarjimonlik bilan  ro’zg’or tebratgan.  O’rgangan ilmu hunari 
yordamida  kishilar  uchun  xususiy  xatlar  yozib  berib,  kitoblar  ko’chirib, 
tarjimalar qilib kun o ’tkazgan.
Fazlulloh  xat  yozishning  “nasta’liq”  va  “xatti  noxuniy”  (timoq  bilan 
yozish)  san’atlarini  egallagan  xattot  edi.  Uning  she’r  va  adabiyotdan,  arab
55 Q ori -  qiroat qiluvchi demakdir. Xalqda ko’zi ojizga ham “qori” deganlar.  Fazlulloh chaqaloqligida 
sandaldagi olovga tushib ketib, ko’zlari atrofi kuygan va chandiq bitgan. Shunga ko’ra, uni “Qori Fazlulloh” 
deganlar.
97

tilining  sarfu  nahvi  (grammatikasi)dan  yaxshi  xabardor  ekanligini  bilar  edilar. 
Shu sababli  Fazlullohni  Q o’qonning mashhur eshonlaridan biri  o’z madrasasiga
mudarrislikka  taklif  etadi.  Biroq  u  yerda  ham  uzoq  ishlay  olmaydi.  Hayoti 
qiyinchilikda o ’tadi.
174.  "F azilat koni",  "llm udonish  m an b a i"  deb uni kim t a ’riflagan?
Shoir,  olim  va  tarjimon  Almaiy  39  yoshda  vafot  etadi.  O ’z  davrining 
ko’zga ko’ringan shoirlaridan  H otif Almaiy vafotiga bag’ishlab  marsiya yozadi. 
Shoir  Almaiyni  “M a’dani  fazl”  (fazilat  koni,  iimu  donnish  manbai)  deb  atagan. 
1965-yiIda  olim  va  murabbiy  Subutoy  Dolimov  uning  she’rlaridan  ayrim 
namunalar  e’lon  qildi.  “Kalila  va  Dimna”  tarjimasidan  parchani  nashrga 
tayyorladi
175. Uch tilda ijod qilgan,  "H ay o t"  radifli g 'azal m uallifl kim ?
Fazlulloh  Almaiy  uch  tilda  baravar  ijod  qila  olgan  shoir  edi. 
Zamondoshlari-ning  xotirlashicha,  u  yozgan  she’rlarini  to’plab,  devon  tuzgan. 
Biroq devon haqida batafsil m a’lumot bizgacha to’liq yetib kelmagan.
Shoirning  bir  qator  she’rlari  turli  bayozlar,  zamondoshlarining  ularga 
bog’la-gan  muxammaslari  orqali yetib  kelgan.  Shoirning “Hayot” radifli  g’azali 
o’z  davri-da  katta  shuhrat  qozongan.  Almaiy  she’rga  “hayot”  so’zini  radif qilib 
olgan:
Ey, xayoli jonim ichra tanda jon yan glig' hayot,
Kelki.  sansiz ta/x b o 'Idi jonim a totlig ’ hayot.
Shoir  “hayot”ga  murojaat  qiladi.  Uning  xayolini  tan  ichidagi  jo n   deb 
biladi.  Usiz  shirin  (totlig’)  umrning  achchiq  (talx)  bo’lganligiga  diqqatni 
qaratadi,  hayot-ning  azizligini  ta’kidlaydi.  “Jon  ichra  jon”  (mukarrar),  talx- 
totlig’  (tazod)  orqali  chiroyli  manzaralar  yaratadi,  ta’sirchanlikka  erishishga 
harakat qiladi...
98

176. Toshkentdagi 7 bedilxondan bin deb tan olingan alloma kim?
Fazlulloh Toshkentda xattotlik va taijimonlik ishini davom ettiradi, adabiy
davralarda  faol  ishtirok  etadi.  Masalan,  shoiming  Toshkentda  keng  tarqalgan 
“Bedilxonlik”  yig’inlarida  qatnashgani  bizga  ma’lum.  Bedil  chuqur  ma’noli 
she’r-lari  bilan  mashhur,  usuli  g’oyat  murakkab.  Uni  tushunish,  anglash  katta 
bilim  va  hunar  talab  qilgan.  XIX  asming  so’ngida  Toshkentda  tan  olingan  7 
bedilxonning biri mana shu Qori Fazlulloh edi.
Fazlulloh  yoshligidan  she’rga  ko’ngil  qo’ygan.  G’azallar  mashq  qilgan, 
hajv  va  hazil-mutoyibalar  yozgan.  Qo’qondagi  bir  guruh  bekorchilar  abjad 
ustida tortishib, FazluIIohdan so’raganlarida:
“A bjad”ingni abu ja w in g  bilmas,
“Kalaman "ni bilaman desang,  kulaman,  -  
deb javob bergan ekan.  So’ng u “Almaiy” (arabcha “sinchkov”, “ziyrak” degani) 
taxallusli shoir sifatida tanildi.
177. Arab tili grammatikasiga oid asar yozgan olim va tarjimon kim?
Fazlulloh  Almaiy  arab  tili  grammatikasini  puxta  o’zlashtirgan  olim 
sanaladi.  U  arab  tili  grammatikasiga oid  “Avzonul-jumu”’  (“Ko’plik vaznlari”) 
nomli  ilmiy  kitob  yozadi.  Grammatikaga  bag’ishlangan  kitobi  shoir  va  olim 
nomini  yanada  mashur  qiladi.  Shuningdek,  mashhur  hind  adabiy  yodgorligi 
“Kalila va Dimna” ni o’zbek tiliga tarjima qiladi.
178.  15 yilda 3  m arta chop etilgan Almaiy asari qanday nomlanadi?
Fazlulloh  Almaiyning  eng  katta  xizmatlaridan  biri  “Kalila  va  Dimna”ni 
tarjima  qilishi  bo’Idi.  Tarjima juda  katta  qiziqish  bilan  kutib  olindi.  15  yilda 
“Kalila  va  Dimnai  turkiy”  nomi  bilan  uch  marta  (1898  -   1901  -   1913)  chop 
etildi.  Almaiy  tarjimani  toshkentlik  muxlisi  Muhammad  Muso  Isoqozi 
o’g’lining  iltimosi  bilan  amalga  oshirgan.  U  Almaiy  oilasiga  moddiy jihatdan 
yordam  berib  turgan,  shoir  esa uch yillik  ishni  uch  oyda tayyorlashga muvaffaq
56 A bu ja d  — ota-bobo
99

bo’ladi.  Taijima  shoir  vafotidan  keyin  yetti  yil  o’tgach,  toshbosmaga 
tayyorlanadi. Uni mashhur kotib M irza Hoshim X o’jandiy bosmaga tayyorlaydi.
179.  "K alila va D im na"  o 'zbek(chig'atoy) tiliga birinchi  m arta  kim 
tom onidan ta rjim a   qilingan?
“Kalila  va  Dimna”  chig’atoy  (o’zbek)  tiliga  birinchi  marta  Muhammad 
Bakriy  tomonidan  XVIII  asrda  Sharqiy  Turkistonda  tarjima  qilingan.  So’ng 
1718-19-yillarda  Qashqarda  Mulla  Temur, 
1837-38-yillarda  Xorazmda 
Muhammadniyoz  tarjima  qilgan.  Almaiyning  tarjimasi  “Kalila  va  Dimna”ning 
turk (o’zbek) tilidagi  ilmga ma’lum bo’lgan to ’rtinchi tarjimasidir.
Almaiy  o’z  tarjimasini  “Kalila  va  Dimnai  turkiy”  deb  atadi.  Kitobning 
o’zbekcha  tarjimalari  orasida  eng  mashhuri  ham  shu  bo’Idi.  Kitob  aslida  14 
bobdan iborat edi.  Tarjimalar davomida qo’shilib  19 taga yetdi.
180.  "Kalila va Dimna"ning bosh qahramonlari kimlar?
Asaming  bosh  qahramonlari  -   Kalila  va  Dimna,  ikki  shag’olning  oti. 
Kitob-dagi  voqea  roja  (hindlaming  hukmdori)  va  brahman  (donishmand) 
orasidagi  suhbat  bilan  boshlanadi.  Roja  brahmandan  yolg’on  va  tuhmat  bilan 
do’stlarning oralari  buzilib,  dushmanlikka aylangan  hikoyalardan aytib  berishini 
so’raydi.  Brahman “Sher va Ho’kiz” haqidagi hikoyani  aytib beradi.
K arim b ek  K am iy
181.  K arim bek Kam iy  qachon va  qayerda tug'ildi?
Karimbek  Kamiy  -   milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyotining  yirik 
vakillaridan  biri.  Shoir  Karimbek  1865-yili  Toshkent  shahrida  choponfurush 
savdogarlar oilasida tug’ildi.  Otasi  Sharifbek zamonasining savdogar boylaridan 
va  ilmu  ma’rifatga xayrixoh,  adabiyotga  ixlosmand  kishilardan bo’lgan.  Oilada 
bo’la-jak  shoirning  o ’qishiga  alohida  e’tibor  berildi.  Boshlang’ich  ta ’limni 
Mozorxon  mahalladagi  Mansurxon  domladan  oldi,  u  yerda  Hofiz,  Navoiy, 
Fuzuliy,  Bedil,  So’fi Olloyor she’riyati  bilan tanishdi.  Bular Karimbek ko’ngliga
100

she’r  ishqini  soldi.  Keyin  o ’qishni  madrasada davom  ettirdi.  She’rlari  bilan o’z 
davrining  mash-hur  shoirlari  qatoridann  o’rin  oldi.  1922-yilning  yozida  57 
yoshda vafot etgan.
182.  K am iy ijodini o'rganish borasida qanday ishlar qilingan?
Shoir  Karimbek  Kamiy  ijodi  o’z  davrida  ham  e’tiborsiz  qolmadi.  Shoir 
Muqimiy  “Birodari  kiromiy  mavlaviy  Kamiy”  nomli  maktubida allomaga katta 
baho  bergan.  Kamiyning  shogirdlaridan  biri  Sidqiy  Xondayliqiy  o’z  ustozini 
“suxanvarliq  iqlimida  shuhrabardoru  oliyshorf  deb  ta’riflaydi.  O’shlik  shoir 
Amoniy  esa  shoir  tavsifiga  alohida  she’r  bitadi.  Unda  Kamiyni  “xushfasohat 
iqlimiga shoh”, “lisonul-g’ayb” deya vasf etdi. Uning shoirlik fitratida “fayzi ilo- 
hiydan asar” ko’rdi.
Sho’ro  davrida  ham  ba’zi  xolis  adabiyotshunoslar  shoir  shaxsini,  ijodini 
yoqlab  chiqdilar.  Adabiyotshunos  М.  B.  Solihov  shoirning  “Soldi  beilmliq 
xatolar-g’a  ” 
deb  boshlanadigan  muxammasini  “Jadidizmning  go’zal 
adabiyoti”ga  kiritdi  va  o’z  kitobidan  (O’zbek  adabiyotida  millatchilik 
ko’rinishlari.  Т.,  1932,  14-bet)  joy  berdi.  1950-yili  Moskvada  “Antalogiya 
uzbekskoy  poeziF   majmuasi  bosildi.  Majmuada  Kamiy  haqida  to’liq 
ma’lumotnoma  va  S.  Someva  tarjimasida  shoirning  “Murabba’i  dar  ta'rifi 
maktab”  she’ri  kiritildi.  Ma’lumotnomada  “Kamiy  O ’zbe-kistonda  ilg ’or 
fikrning namoyandalaridan biri” deyiladi.  1960-yil  bosmadan chiq-qan  “O’zbek 
adabiyoti” majmuasida (4-jild,l-kitob)  Kamiy  ijodidan ba’zi namuna-lar berildi. 
70-yillardan  boshlab  G’.  Karimov,  B.  Qosimov,  A.  Jalolov,  M.  Hami-dova,  M. 
Zokirovlaming  maqola  va  tadqiqotlarida  Kamiy  shaxsi  va  uning  ijodiga  ijobiy 
yondashish  boshlandi.  90-yillarga  kelib  shoir  ijodini  maxsus  tadqiq  etishga 
kirishildi. Vaqtli matbuot sahifalarida uning hayot va ijod yo’liga oid maqolalar, 
adabiy merosidan ba’zi namunalar chop etila boshladi.
101

183. Kamiyning ijodiy merosi haqida nimalar bilasiz?
Karimbek  Kamiy  sermahsul  mumtoz  she’riyatimizning  g’azal,  murabba’,
muxammas,  musaddas,  ruboiy,  qit’a,  fard,  ta’rix-marsiya  kabi  qator janrlarida 
ijod  qildi.  Ijtimoiy-falsafiy  ruhdagi  manzumalar  yozdi.  Adabiy-ijtimoiy 
hayotdagi  eng  muhim  voqealar  sanasini  o’zida  aks  ettirgan  ta’rixlar  yaratdi. 
Shoirdan 6000 misra-ga yaqinroq adabiy meros qolgan.
184.  Kamiy ijodining asosiy qismini qanday she’rlar tashkil etadi?
Karimbek  Kamiy  ijodining  asosiy  qismini  ma’rifatparvarlik  ruhida 
yozilgan  she’rlar  tashkil  qiladi.  Shoir  nazarida  insonni  e’tiborli  qiladigan  ham, 
uni  baxt  va  iqbolga,  mol  va  davlatga  yetishtiradigan  ham  ilm.  Uningcha,  inson 
molu  dunyo,  naslu  nasabiga  qarab  emas,  aynan  ilmu  odobiga  qarab  aziz  va 
sharafli sanaladi.
Shoir  Kamiyning  bu  davr  m a’rifatparvarlik  she’riyati  ilm  toliblari  uchun 
o’ziga  xos  xarakterga  ega.  Shoir  millat  farzandlarini  ilmga  da’vat  qilarkan, 
fazlga,  adabga va hayoga  chaqiradi.  M a’rifatga sodiq  shoir Vatan uchun,  Millat 
uchun najotni ilmda ko’rdi, maorifda deb bildi:
Najot istasang ilmu maorifa yopish,
Hamisha ilnmi tahsil a y la -y o z u  qish —
Senga uhimu maovif kerak,  na zar,  na kumush,
Bu so 'zni tingla, pandi tamomi mazhabi qish.
185. “Dar ta’rifi tavsifi ilm ...” she’ri kimniki?
Ma’rifatparvarlik  ruhi  bilan  sug’orilgan  “Dar  ta’rifi  tavsifi  ilm ...”  she’ri 
Karimbek  Kamiy  tomonidan  yozilgan.  Shoir  Kamiy  she’rda  ilmni  targ’ib 
qilarkan, unga ikki dunyo saodatining kaliti deb qaradi:
Obro ’y i dinu dunyo ilmdur,  beshakku rayb,
Kasbi ilm et,  ikki dunyoda saodat birla bo 7.
102

Kamiy  nazarida insonni  e’tiborli  qiladigan ham,  uni  baxtu  iqbolga,  molu 
davlatga  yetishtiradigan  ham  ilm.  Uningcha  inson  molu  dunyo,  naslu  nasabiga 
qarab emas, aynan ilmu odobiga qarab aziz va sharafli sanaladi:
Azizlik sonmangiz molu nasabdur,
Sharaf hosil etgan ilmu adabdur.
Shoir  Kamiy  “Dar  ta’rifu  tavsifi  ilm”  she’rini  “Toliboni  ilma  dasturul- 
amal” deb atagan edi.  Shoirning bu davr ma’rifatparvarlik she’riyati  ilm toliblari 
uchun o’ziga xos dastur xarakteriga ega. Kamiy millat farzandlarini ilmga da’vat 
qilar  ekan,  shuning  barobarida  fazlga,  adabga,  hayoga  ham  chaqiradi.  Bir  ilm 
tolibini  vasf  etganda,  uning  nafaqat  ilmini,  balki  fazlini  ham  ibrat  qilib 
ko’rsatadi.  (“Fazlu  donnish  ichra  yaktoi  zamon  Abdulg’ani”).  Agar  ulardan 
birini duo qiladigan bo’lsa:
Kamolu fazlu ilmingni ziyoda,
Bazudi aylasun Xalloqi Boriy,  -  
deya ham ilm,  ham fazlu kamol bo ’lishini chin dildan istaydi.
186. “Dilni obod aylangiz...” to’plami kimniki?
Mustaqillik yillariga kelib Karimbek Kamiy ijodini maxsus tadqiq etishga 
kirishildi.  Vaqtli  matbuot sahifalarida uning hayot va ijod yo’liga oid maqolalar, 
adabiy  merosidan  ba’zi  namunalar  chop  etila  boshladi.  Shoir  ijodi  Milliy 
uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyotining  har  ikki  davriga  bevosita  daxldor.  Uning 
she’rlarida  yangi  m a’rifatparvarlikdan  Millat  qayg’usi  va  uning  muammolarini 
ko’tarib  chiqqan  milliy  navolar,  bevosita  Istiqlol  g’oyalarigacha bor.  1998-yilda 
4500 misraga yaqin she’rlar majmuasi “Dilni obod aylangiz...” nomi bilan nashr 
etildi.  Bu  bilan  shoir  ijodini  xalqqa  tanitish,  ilmiy  muomalaga  olib  kirish  va 
adabiyotdagi o ’mini belgilash imkoni yaratildi.
103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling