Mashg’ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 50 –75 gacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Kirish-axborotli ma`ruza
|
Ma`ruza rejasi
|
1.Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli.
2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.
3. Ifodali o’qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.
4. Ifodali o’qishning amaliy ahamiyati.
|
Ushbu mavzuni o’rganishda zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori. –Toshkent: 1997.
2. Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: O’qituvchi, 1986.
3. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.
4. S.Inomxo’jayev, A.Zunnunov. Ifodali o’qish asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1978.
|
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi:
|
Ushbu mavzu orqali talabalarga ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish. Badiiy asardagi nafosat va go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ularni shakllantirish.
|
Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi:
|
Mavzuni o’rganish orqali talabalarda ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar:
-o’quv kursining maqsadi va vazifalari, o’tiladigan mavzular bo’yicha tuzilmaviy mantiqiy slaydlar asosida tushuncha berish;
- Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari bilan talabalarni tanishtirish;
-Ifodali o’qish san’atining taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi, “Avesto”, “Qur’on” kabi diniy manbalarning asosiy omil sifatidagi ahamiyatini tushuntirish;
-I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari qayd qilingan allomalarga berilgan baho va e’tiroflar bilan talabalarni tanishtirish
|
O’quv faoliyati natijalari:
-o’quv kursining maqsadi va vazifalari, o’tiladigan mavzular bo’yicha tuzilmaviy mantiqiy slaydlar asosida tushunchaga ega bo’ladilar;
- Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari bilan talabalar tanishadilar;
- Ifodali o’qish san’atining taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi, “Avesto”, “Qur’on” kabi diniy manbalarning asosiy omil sifatidagi ahamiyatini tushunadilar ;
-I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari qayd qilingan allomalarga berilgan baho va e’tiroflar bilan tanishadilar.
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy
|
Ta’lim berish vositalari
|
O’quv qo’llanma, kompьyuter, proyektor
|
Ta’lim berish sharoiti
|
O’TV ga moslashtirilgan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Оғзаки савол-жавоб, тест
|