Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

asosiy boshlang‘ich diagnostika – o‘quvchining joriy vaqtgacha 
erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlashga 
qaratilgan tashxislash; 
asosiy yakuniy diagnostika – o‘quv yili oxirida o‘tkazilib, uning 
natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal 
qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadigan tashxislash; 
oraliq diagnostika – sinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki 
ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan 
o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tashxislash; 
tezkor diagnostika – favqulotda muammolarni hal qilish sifatini 
baholashga qaratilgan tashxislash. 
Pedagogik tashxislash pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga 
egaligini ham tashxislashga xizmat qiladi. Bu jarayonda uning bir necha 
turidan foydalaniladi. Ular: 
Attestatsion tashxislash – ta’lim sifatini boshqarishga qaratilgan umumiy tizimda 
o‘qituvchilar faoliyatini kompleks ekspert baholash xususiy hodisa bo‘lib, 
o‘qitishning tegishli sohasida pedagogik faoliyatni tegishli muassasa ustavi, 
davlat ta’lim standartlari, mahalliy va xalqaro tajribalarga muvofiq kelishini 
anglatuvchi qobiliyati sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi. 
Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash – o‘quv-tarbiya 
jarayonining didaktik va metodik imkoniyatini, pedagoglar va o‘quv 
muassasalari rahbarlarining kasbiy malakasini pedagogik tashxislashning 


220
funksional hamda tuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘langan tarkibiy 
qismlarining mazmuni. 
Tashkiliy-metodik 
 
tashxislash 
– o‘qituvchilarning metodik 
kompetentligi va kasbiy tayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning 
o‘ziga xosligini pedagogik tashxislashning funksional va tuzilmaviy jihatdan 
o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling