Tezkor tashxislash – o‘qituvchi faoliyatini mezonlarning eng quyi
darajasini
ifodalovchi
tizimda
pedagogik
tizimni
boshqarishni
takomillashtirish uchun qarama-qarshiliklar, muammoli muhit va tayanch,
dastlabki muammolarni aniqlovchi tezkor tashxisli tahlil.
Pedagogik kuzatish metodi – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari
jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan pedagogik muammoni
aniqlash, uning yechimini topish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida o‘qituvchi
va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda o‘quv hamda tarbiya
jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan tekshirish xarakteriga ega yagona
didaktik va metodik tizim.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari shaxsning individual
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash
hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va vositalari yig‘indisi.
Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib
ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini
o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay
olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning
samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy
didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash,
pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi haqida
ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida
aniqlashni ta’minlashdir.
Pedagogik o‘lchov – ma’lum qoidalarga muvofiq ob’ektlar va ularga xos
xususiyatlarning raqamlardagi ifodasini anglatuvchi kattalik. O‘lchash, odatda,
bevosita (muayyan standart, tayanch o‘lchagich, mezonlar asosida) yoki bilvosita
(boshqalarning yordamida yoki muayyan vositalar asosida) amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |