Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash – o‘quv-tarbiya 
jarayonining didaktik va metodik imkoniyatini, pedagoglar va o‘quv 
muassasalari 
rahbarlarining 
kasbiy 
malakasini 
pedagogik 
tashxislashning funksional hamda tuzilmaviy jihatdan o‘zaro 
bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni. 
Tashkiliy-metodik tashxislash – o‘qituvchilarning metodik kompetentligi va kasbiy 
tayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligini 
pedagogik tashxislashning funksional va tuzilmaviy jihatdan o‘zaro 
bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni. 
Attestatsion tashxislash – ta’lim sifatini boshqarishga qaratilgan umumiy tizimda 
o‘qituvchilar faoliyatini kompleks ekspert baholash xususiy hodisa 
bo‘lib, o‘qitishning tegishli sohasida pedagogik faoliyatni tegishli 
muassasa ustavi, davlat ta’lim standartlari, mahalliy va xalqaro 
tajribalarga muvofiq kelishini anglatuvchi qobiliyati sifatida e’tirof 
etilishini ta’minlaydi. 
Tezkor tashxislash – o‘qituvchi faoliyatini mezonlarning eng quyi 
darajasini ifodalovchi tizimda pedagogik tizimni boshqarishni 
takomillashtirish uchun qarama-qarshiliklar, muammoli muhit va 
tayanch, dastlabki muammolarni aniqlovchi tezkor tashxisli tahlil
31
.
 
Pedagogik tashxislashning umumiy belgilari quyidagilar sanaladi
32
:
tashxis ob’ektining pedagogik tizimga uning tarkibiy elementi yoki bevosita 
ta’sir etuvchi omil (faol va bevosita ta’sir etuvchi bir qadar yuqori darajadagi tizim 
elementi) sifatida kiritilganligi;
tezkor boshqaruv jarayonida uni rivojlantirish va to‘g‘rilash imkonini 
ta’minlovchi taxshislanuvchi ob’ekt, pedagogik bashoratlash (yoyilgan yoki 
yig‘ilgan) holatini pedagogik baholash maqsadining mavjudligi; 
tashxislashning tizimlilgi va takroriyligi kasbiy-pedagogik faoliyat sifatida
ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan bosqichlaridagi tipik vaziyatlar (masalan, 
mavzuni, kursni o‘rganishning boshi yoki oxirida, keyingi sinf (bosqich)ga 
o‘tishda; og‘ish belgi (simptom)lari ko‘zga tashlanganda; belgilangan rejaga 
muvofiq kelishida va boshqalar)da amalga oshirilishi;
30
Тот источник. – С. 10.
31
Тот источник. – С. 10-11.
32
Пермяков О.Е., Менькова С.В. Диагностика формирования профессиональных компетенций. – 
М.: ФИРО, 2010. 
– С. 33.


30
metodik, maxsus ishlab chiqilgan yoki aniq vaziyatlar, sharoitlardagi (jumladan, 
etnomadniy, mahalliy) ma’lumotlarga moslashligi;
ularni tashkil etishda bajariladigan ish tartibining oddiy o‘qituvchi, 
amaliyotchi yoki ta’lim muassasasining rahbari uchun mos kelishi
33

Tashxislash quyidagi vosita va jihozlar yordamida amalga oshiriladi: 
pedagogik kompetentlikka xos rivojlanish belgilarning namoyon
bo‘lishini 
aniqlash maqsadida tashkil etiladigan belgilangan, tayanch (belgilarni qayd 
etuvchi) 
tashxislash metodikasi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda u ega bo‘lgan tayanch 
kompetensiyalarga oid bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda tashkil 
etiladigan chuqurlashgan (etimologik) tashxislash;
kasbiy kompetensiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini bashoratlash hamda 
tuzatuvchi (korreksion) chora-tadbirlarni aniqlash uchun kompleks darajaviy 
(tipologik) baholashda foydalaniladigan metodikalar
34
.
M.E.Inkov kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni tashxislashning tizimli 
modelini taklif etgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
a) tegishli fan sohasi bo‘yicha ega bo‘lingan maxsus va kasbiy kompetentlik;
b) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini o‘zlashtirishga oid 
metodik kompetentlik;
v) o‘zaro muloqot jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan 
ijtimoiy-psixologik kompetentlik;
g) o‘quvchilarning o‘quv-bilish motivlari, qobiliyatlarini aniqlashga
qaratilgan tabaqalashtirilgan-psixologik kompetentlik;
d) shaxsning individual faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklarni baholashga 
doir autopsixologik kompetentlik
35
.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar kasbiy-pedagogik faoliyatning quyidagi jihatlarini 
tizimlashtirishga imkon beradi: axborotli-nazariy; tezkor-amaliy; tashxisli-
vaziyatli; tahliliy-yakuniy. 
O‘qituvchi faoliyatini tashxislash muayyan bosqichlarda kechadi. Har bir
bosqichda aniq vazifalar bajarilishi, ularning bajarilish holati yuzasidan hisobot 
tayyorlanadi. Tashxislash vositasi xarita, sxema, shkala va hokazolar bo‘lishi 
mumkin. 
L.V.Grebennikovaning ishlarida o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari 
sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik;
pedagogika, psixologiya, bolalar va yosh fiziologiyasi asoslarini bilish; 
o‘qitish metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi;
kasbiy va ilg‘or tajribalar, metodik navatorlik, shaxsiy innovatsion 
ishlanmalardan foydalanish malakasiga egalik;
33
Тот источник. – С. 33. 
34
Иньков М.Е. Диагностика профессиональной компетентности учителя в условиях повышения 
квалификации: Автореф....канд.пед.наук. – Ростов-на-Дону: 2009. – С. 11.
35
Тот источник. – С. 11.12.


31
shaxsiy kasbiy sifatlar (ijodkorlik, improvizatsiya qila olish, individual ijodiy 
izlanish, 
favqulodda 
topqirlik, 
kommunikativlik, 
insoniylik, 
demokratizm, 
tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga egalik);
ta’limning natijasi uchun mas’ullik;
hamkasblarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish
36
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling