Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. Pedagogik kuzatish metodi. Ta’lim muassasasalarida amalga 
oshiriladigan tashxislovchi metodlar sirasida pedagogik kuzatish muhim o‘rin 
tutadi.
Pedagogik kuzatish metodi – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya 
ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan 
pedagogik muammoni aniqlash, uning yechimini topish maqsadida 
qo‘llaniladigan usul.
Metodni qo‘llashda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini 
o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi, tajriba avvali va 
yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Pedagogik 
kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad 
asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish 
mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish
o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati 
yanada oshadi.
Kuzatish natijalariga ko‘ra tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan 
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Pedagogik kuzatishning samarasi 
quyidagi shartlarga muvofiq ta’minlanadi: 
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
xulosa chiqarishga shoshilmaslik
39

39
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. 
– Наманган: НамДУ, 2014. – 192-б.
Samarali metodlar 
 
Anketa
Pedagogik kuzatish 
Psixologik-pedagogik tajriba
Suhbat
Intervyu
Test
Hujjatlarni tahlil qilish 
Kontent-tahlil
Ekspert baholash
10-rasm. Pedagogik diagnostikada samarali qo’llaniladigan metodlar 


38

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling