Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Turlari  Tabiiy tajriba  Laboratoriya tajribasi  Tajriba ishi  11-rasm. Pedagogik tajriba turlari


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Turlari 
Tabiiy tajriba 
Laboratoriya tajribasi 
Tajriba ishi 
11-rasm. Pedagogik tajriba turlari 


39
boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon 
beradigan 
pedagogik 
shart-sharoitlarni 
yaratish, 
tajriba-sinov 
ishlari 
sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi.
Suhbat individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Odatda 
suhbat jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish 
muhim. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va manaviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda 
o‘qituvchining jonli nutqi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabati tasirchan usullardan 
hisoblanadi. Suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u 
haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi.
O‘quvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga 
yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan 
munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar rag‘batlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, 
ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. 
Quyidagi shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini 
taminlaydi:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning 
mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik, izchillikni taminlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suhbatdosh bilan munosabatning samimiy bo‘lishiga erishish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit 
yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa, ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish. 
O‘quvining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar 
uchun quyidagi mavzular yo‘nalish sifatida tanlanadi:
1) etik mavzular (ijtimoiy manaviy-axloqiy meyorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin 
tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va b.);
2) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson 
go‘zalligi);
3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari
xalqaro munosabatlar va h.k.);
4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, 
elektronika va b.).
Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda 
tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. O‘quvchilar bilan suhbat davomida 
o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon 
beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning 
ahamiyati katta. 
Pedagogik jarayonda suhbatning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
1) kirish suhbati (o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan 
ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar 
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat);
2) 
yakuniy 
suhbat 
(o‘quvchilar 
tomonidan 
egallangan 
bilimlarni 


40
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);
3) Katexisizm (qisqa bayonli suhbat; lot. “catec’ēsis”, qad. yun. “κατηχισμός” 
– o‘git, nasihat; o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi, ularning yangi 
mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki 
so‘nggida qo‘llaniladi);
4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga 
yo‘naltiriladi; unga ko‘ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida 
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish 
laqyoati yuzaga keladi);
5) tushuntirish (o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, 
taqqoslash asosida bayon qilish bo‘lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng 
qo‘llaniladi; tushuntirish chog‘ida o‘quv materialining qiyin o‘rinlariga urg‘u 
berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o‘qituvchining ko‘rgazmali 
vositalardan foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq)
41
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling