Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
VII. Test metodi. Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostikada test metodi 
ham faol qo‘llanilmoqda. Maxsus testlar o‘quvchi duch kelayotgan muammolarni 
aniqlash yoki unda muayyan sifat (masalan, kreativlik sifatlari)ni shakllantirishga 
yordam beradi (bu kabi maxsus testlar sirasida E.P.Torrensning “Tugallanmagan 
rasmlar” testini kiritish mumkin). 
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish, o‘rganish) – 
o‘rganilayotgan o‘quvchining aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati
muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari
shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va 
baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli.
Uning ahamiyati respondentning muayyan soha bo‘yicha nazariy bilimlarini, 
qobiliyati, psixologik-fiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum 
faoliyat ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat 
qilishida ko‘zga tashlanadi.
Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar);
2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo‘q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi 
43
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. 
– Наманган: НамДУ, 2014. – 14-б.


42
javoblarga asoslanadigan savollar); 
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob 
varianti belgilanadi).
Mazkur usul quyidagi afzalliklarga ega:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) bilim darajasini xolis baholash imkonining mavjudligi; 
3) bir vaqtda ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) natijalarning o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun 
bir xil sharoitning yaratilishi
44
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling