Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
47 5-mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘lchash va shkalalashning asosiy yo‘nalishlari Reja: 1. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi. 2. Ma’lumotlarni tahlil qilish 3. Ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim qilish. 4. Pedagogik o‘lchovlar. 5. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlar. 6. Shkalalash. Tayanch tushunchalar: ma’lumot, ma’lumotlarni to‘plash, ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘lchash, shkala, shkalalash, ma’lumotlarni qayta tahlil qilish, matematik statistika. I. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi pedagogik diagnostikada ham qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va baholash muhim ahamiyatga ega. Shu bois tashxislash, shuningdek, ilmiy-pedagogik izlanishni olib borishda mavjud dalillar, ma’lumotlarni qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog qanchalik mahoratli bo‘lmasin, dalillarning yetarli, to‘liq va ishonchli ekani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bordi-yu, pedagogik diagnostika natijalari, tadqiqotga oid ma’lumotlarni o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog qayta ishlay olmasa, ular qanchalik ko‘p, xilma-xil bo‘lmasin ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish yoki o‘quvchi shaxsini har tomonlama tarbiyalashda uchun foydasi bo‘lmaydi. Shu sababli pedagogik diagnostikada eng muhim jarayon – olingan ma’lumotlarni qayta ishlash sanaladi. Tadqiqot yoki tashxislashga oid ma’lumotlarni qayta ishlashda ma’lumotlarni statistik qayta ishlash – statistik metoddan foydalaniladi. II. Ma’lumotlarni tahlil qilish. Tadqiqot yoki tashxislashga oid ma’lumotlarni qayta ishlash bir qadar qiyin, murakkab jarayon sanaladi. Bu jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling