Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


III. Ma’lumotlarni vizual shaklda taqdim etish


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

III. Ma’lumotlarni vizual shaklda taqdim etish. Ma’lumotni tahlil qilishda 
olingan ma’lumotlarni vizual – tasvir (jadval, tasvir, rasm, sxema, diagramma
gistogramma) ko‘rinishida ixcham holda taqdim etish ularning tushunarli, aniq 
ifodalanishini ta’minlash bilan birga boshqalar tomonidan oson, tez tushunilishiga 
yordam beradi. Shu sababli pedagogik tashxislashni amalga oshirayotgan 
o‘qituvchi yoki mutaxassis, ilmiy tadqiqotni olib borayotgan magistr yoki 
tadqiqotchi ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etish malakasini o‘zlashtira 
olishi zarur. Shuningdek, ular zmonaviy AKT va ularning funksional 
imkoniyatlaridan yetarlicha xabardor bo‘lishlari kerak. Binobarin, zamonaviy
sharoitda ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etish AKT, xususan, 
kompyuter texnologiyasi yordamida amalga oshrilmoqda. 
1. Ma’lumotlarni jadval yordamida ifodalash usuli. Bu usul tushunarli 
matn bilan birga sifat va miqdor ko‘rsatkichlarni taqdim etish imkonini beradi. 
Odatda jadvalning nomining o‘ziyoq undan foydalanuvchilarga unda keltiriladigan 
raqamlar qatori va jadvalning ichki sarlavhalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib 
beradigan mezon yoki ko‘rsatkichlar (o‘lchanayotgan holat, joy, vaqt, o‘lchov 
birliklari va hokazolar)ga ma’lumot taqdim eta olishi kerak.
2. Ma’lumotlarni matrisa orqali ifodalash usuli. Bu usul har qanday 
funksional va mantiqiy aloqalarga ega bo‘lgan satr va qatorlar (ustunlar) bo‘lgan 
jadval. Natijada matrisa pedagogik jarayonning turli omillari orasidagi aloqaning 
bor yoki yo‘qligini ochib beradi. 
3. Ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida ifodalash usuli. Grafik shaklda 
ma’lumotlarni taqdim qilish jadvallardan ham aniqroq, eksperimental 
ma’lumotlarning o‘zgarish jarayonini yaqqol ko‘rsatib beradi. Graflar 
to‘rtburchaklar koordinatali tizimda qurilgan bo‘lib, unda “X” o‘qida namunaning 
qiymati, “Y” o‘qi bo‘ylab qiymat, xususiyat tartibi va hodisaning chastotasi 
belgilanadi. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling