V. Pedagogik o‘lchovlar. Tashxislash yoki tadqiqotni amalga oshirishda
pedagogik o‘lchovlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘lchash – qandaydir belgining ahamiyati, qiymatini aniqlash jarayoni.
O‘lchov (yoki o‘lchov birligi) – muayyan ko‘rsatkichni miqdor jihatdan
baholash uchun qabul qilingan kattalik.
Ko‘p holatlarda qiymat raqamdagina emas, balki tushunchalar yordamida
ham
ifodalanadi. O‘lchash o‘lchanadigan xususiyat bevosita kuzatish metodi yoki
o‘lchov asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Aniq fanlarda o‘lchashda ma’lum qiymat (ko‘rsatkich) boshqa bir qiymat
(ko‘rsatkich) bilan solishtiriladi. Bu turkumga kiruvchi fanlarda o‘lchov birliklari
standart, etalon sifatida qabul qilingan.
Ijtimoiy fanlar, xususan, sosiologiya, psixologik va pedagogik fanlarida
standart, etalon bo‘lgan o‘lchovlar mavjud emas. Qolaversa, psixologik va
pedagogik hodisalarning o‘lchov (belgi, fazilat, xususiyat, omil)lari yashirin,
maxfiy bo‘ladi.
Shu sababli psixologik va pedagogik hodisalarni faqatgina bir yo‘l bilan,
ya’ni, ularning bevosita namoyon bo‘lishiga ko‘ra taxminan baholash mumkin.
Qolaversa, ijtimoiy fanlarda tegishli hodisalarni o‘lchash uchun ma’lum mezonlar
aniqlanadi va ular amaliyotda foydalanish uchun qabul qilinadi.
Pedagogik o‘lchov – ma’lum qoidalarga muvofiq ob’ektlar va ularga
xos xususiyatlarning raqamlardagi ifodasini anglatuvchi kattalik.
O‘lchash, odatda, bevosita (muayyan standart, tayanch o‘lchagich, mezonlar
asosida) yoki bilvosita (boshqalarning yordamida yoki muayyan vositalar asosida)
amalga oshiriladi.
Bevosita o‘lchash – o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayanch
o‘lchagich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash.
Bu turdagi o‘lchash pedagogik tadqiqotlarda kamdan-kam uchraydi. Bevosita
o‘lchash ko‘p holatlarda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganlik darajasini
baholashda qo‘llaniladi. Pedagogik tadqiqotlarda ko‘pincha bilvosita o‘lchashdan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |