Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Bilvosita o‘lchashob’ekt holatini ma’lum mezonlar (masalan, 
savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni va soni, to‘g‘ri bajarilgan
topshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish, 
inshodagi xatolar, xulq-atvordagi og‘ishlar va boshqalar) yordamida 
52
Лекция 7. Педагогические измерения. // http://koi.tspu.ru/koi_books/samolyuk/lek7.htm. 


52
ma’lum vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon 
va sinov savollari) yordamida baholash
53

Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, bugungi kunda ham pedagogik 
hodisalarning turli jihatlarini o‘lchash vazifasi hal qilinmagan. Bu “Pedagogik 
diagnostika va korreksiya” o‘quv fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri 
hisoblanadi.
 
VI. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlari. Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda 
ma’lumot to‘plashning asosiy muammosi o‘rganilayotgan ob’ektlar va 
jarayonlarning sifatiga miqdoriy baho berishdir.
Hanuzgacha tavsiflovchi va empirik fanlar bo‘lib qolayotgan pedagogika 
hamda psixologiya sohalarida amalga oshirilayotgan tajribalarda qo‘lga 
kiritilayotgan ma’lumotlarning asosiy turi sifat, mazmun xarakteriga ega. 
Qandaydir ob’ekt (jarayon)ning sifati uning mavjudligini ta’minlovchi 
muhim, barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt 
(jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi ma’lumot uning mohiyati va 
mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun zarur sanaladi. 
 
Pedagogikada sifat tavsif (o‘lcham)lari ta’lim-tarbiyaning barcha jarayonlari, 
natijalari, faoliyat turlari, pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro 
munosabatlari, shaxs hamda jamoaning rivojlanishda erishgan jamiki yutuqlarini 
yoritishga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari 
sifat xarakteriga ega bo‘ladi. 
Atrof-muhitning miqdor tavsifi uni anglashda nisbatan yuqori darajani qayd 
etadi.
Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich 
bo‘lib, uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi. 
Ob’ektning miqdoriy tavsifi jarayonlarni nazariy-mantiqiy tahlil qilishdan 
ko‘ra ko‘proq bir necha marta chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Binobarin, 
aynan ushbu tavsif uning mavjudligini ko‘rsatadi va turli sifatlar o‘rtasidagi 
kattaliklarni baholaydi, qonuniyatlarni namoyon qiladi.
Miqdor hamda sifat tavsiflar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: ular bir-birini 
dialektik nuqtai nazardan to‘ldiradi va miqdorning sifatga o‘zgarishi qonuniga 
ko‘ra bir-biri bilan o‘zaro almashinadi. Har qanday sifatni ifodalovchi ma’lumot 
(axborot) doimo miqdorga ega bo‘ladi va boshqacha darajani o‘zida namoyon 
qiladi.
Afsuski, pedagogik va psixologik fanlar, ularning amaliyotida miqdor 
ko‘rsatkichlarni aniqlovchi metodlar deyarli mavjud emas. Bu holat quyidagilar 
bilan izohlanadi: psixologik-pedagogik o‘lchovlarni miqdoriy baholashning muhim 
metod 
va 
vositalarning 
ishlab 
chiqilmaganligi 
yoki 
mavjudlarining 
takomillashtirilmagani; pedagogik jarayonlarni baholashning o‘ta murakkabligi.
53
Лекция 5. Анализ данных // https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm. 


53

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling