Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Guruhlashli shkala (muayyan guruhlar bo‘yicha darajalarga


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

2.2. Guruhlashli shkala (muayyan guruhlar bo‘yicha darajalarga 
ajratuvchi 
shkala). 
O‘lchanayotgan belgi darajasiga ko‘ra bir-biridan 
farqlanadigan bir nechta holatlar kuzatiladi. Barcha ob’ektlarning jamlanmasini 
guruhlashtirishda ana shu holatlar inobatga olinadi. Masalan: sinf o‘quvchilarining 
bilim, ko‘nikma va malakalarini 5 balli tizim (baholi tizim)da baholashda ular 
“a’lochi o‘quvchilar”, “yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar”, “yomon o‘qiydigan 
o‘quvchilar” kabi guruhlanadi.
13-rasm. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalalarning turlari 
 
Asosiy turlari 
 
Darajalash (qatorlar
bo‘yicha
ajratish) 
Guruhlashtirish (muayyan guruhlar 
bo‘yicha darajalarga ajratish) 
Juftlik asosida 
o‘zaro taqqoslash 
Reyting tizimi
bo‘yicha baholash 
Qarama-qarshi tomonlar
(qutblar, musbat (+) va manfiy (–)ga
ajratish orqali ifodalash 
Intervalli chkala
(intervalli o’lchash) 


55
2.3. Juftlikni taqqoslovchi shkala. Bunda ikki nafar o‘quvchi qandaydir sifat 
bo‘yicha bir-biri bilan taqqoslanadi. Agarda ularning muayyan sifati bir xil bo‘lsa, 
u holda har bir o‘quvchiga 1 balldan beriladi. Bordi-yu, o‘quvchilarning birida 
o‘rganilayotgan sifat yuqori bo‘lsa, u holda u 2 ball oladi, sherigiga ball 
berilmaydi. Har bir o‘quvchi tomonidan to‘plagan ballarni jamlash orqali ularda 
muayyan sifatning rivojlanganlik darajasi miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
2.4. Reytingga asoslanuvchi shkala. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda nisbatan yangi tizim – reyting 
tizimi keng ommalashdi.
Reyting (ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani 
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Mazkur tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va 
shakli hisoblanadi. Reyting nazoratda test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. 
Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning BKMni aniqlash, balki 1993 yildan 
boshlab O‘zRda abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish 
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. 
Reyting tizimi ham muayyan afzalliklarga ega. Ular: 
baholash imkoniyatlarini kengaytirish;
o‘quvchilar bilimini ob’ektiv aniqlash;
ta’limni standartlashtirishni ta’minlash;
DTSda ko‘zda tutilib, o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy BKMni to‘la 
o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarda mustaqil bilim olish, erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini 
shakllantirish;
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish, kamchiliklarni 
bartaraf etish
55

O‘quvchilarning BKM darajasi quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
“5” baho (85-100 ball) qo‘yiladi, agar: a) materialni to‘liq o‘zlashtirilsa; b) 
mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlar mohiyati ochib berilsa; v) egallangan bilimlar 
amalda qo‘llansa; g) mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga qo‘l 
qo‘ymasdan, ma’lumotlar tushuntirib berilsa. 
“4” baho (71-84 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu mohiyati yoritilsa; b) 
savollarga qiynalmasdan javob qaytarilsa; v) egallangan bilimlar amaliyotda 
qo‘llanilsa; g) og‘zaki javob berishda xatolarga yo‘l qo‘yilmay, qo‘shimcha 
savollar bilan xatolar to‘g‘rilansa, yozma ishda biroz xatoga yo‘l qo‘yilsa; 
“3” baho (55-70 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu o‘zlashtirilgan, lekin mustaqil 
tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezilsa; b) 
savollarning mantiqiy tuzilishi o‘zgartirilib berilganda, javob berishga qiynalilsa
v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 
“2” baho (0-54 ball) qo‘yiladi, agar: mavzu haqida tushunchaga ega bo‘lgani 
holda uni o‘zlashtirmasa, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa. 
55
Педагогика / Нопедагогик ОТМ учун мўлжалланган дарслик. У.И.Иноятов, 
Н.А.Муслимов, Д.И.Рўзиева, М.Ҳ.Усмонбоева. – Т.: “Фан” нашриёти, 2012. – 133-б. 


56

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling