Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik 
vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, 
pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi 
haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni 
o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. 
Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki 
uning o‘quv faoliyati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagi 
birinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash 
hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv 
yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi 
tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga 
kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli. 
II. Pedagogik nazorat turlari. Tashxislashda pedagogik nazoratning 
turlaridan foydalaniladi. Ularning sirasiga o‘z-o‘zini nazorat qilish (o‘z-o‘zini 
baholash) kiritilmaydi. Pedagogik jarayonda nazoratning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi (14-rasm): 


62
1. Boshlang‘ich nazorat. Bu nazorat turi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
tizimli tarzda amalga oshirilmaydi. U o‘quvchilarni tanlov asosida ixtisoslashgan, 
muayyan kasbga yo‘naltirilgan sinflarga tanlab olish davrida o‘qituvchining 
tashabbusi 
bilan 
tashkil 
etiladi 
va 
asosiy 
e’tibor ta’lim jarayonini 
individuallashtirishga qratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi ta’limni 
maktab amaliyotiga tatbiq qilishda boshlang‘ich nazorat “o‘rtamiyona shaxsni 
shakllantirishga qaratilgan” an’anaviy o‘qitishdan voz kechgan holda yangi o‘quv 
materialining bir qadar kuchli yoki kuchsiz o‘quvchilar tomonidan individual 
o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratishni ta’minlaydi. Ekspress- nazorat (tezkor 
nazorat) xarakteriga ega bo‘lgan pedagogik testlar boshlang‘ich nazoratning 
samarali bo‘lishini xizmat qiladigan vositadir. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling