Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi) – bitiruvchilarni tayyorlash
darajasi va sifatining rasman belgilangan ta’lim darajasi hamda sifatiga
qo‘yiladigan talablar tizimi (DTS)ga mosligini aniqlashga qaratilgan
chora-tadbir.
Bu jarayonni tashkil etishda DST yoki standartlar mavjud bo‘lmagan
sharoitda amal qiladigan me’yoriy hujjatlarga tayanib ish ko‘riladi. Attestatsiya
baholarining asosli bo‘lishini ta’minlash maqsadida aksariyat mamlakatlarda test
nazorati qo‘llaniladi.
Ichki yakuniy nazorat fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan, masalan,
o‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish imkonini beradigan maktab imtihonlari
vaqtida o‘tkaziladi. Imtihonda foydalaniladigan nazorat topshiriqlari – testlar,
yozma ishlar, loyihalar fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan mustaqil tayyorlanadi.
Tashqi yakuniy nazorat esa Davlat imtihonlari yoki hozirda O‘zbeksitonda
keng ommalashayotgan PIRLS (Progress in International Reading and Literacy
Study) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini baholash, TIMSS (Trends in International Mathematics and Science
Study) – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan
o‘zlashtirish darajasini baholash, PISA (The Programme for International Student
Assessment) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturlari bo‘yicha tashkil
etadigan sinovlar shaklida tashkil etiladi.
Respublikada so‘nggi ikki yilda o‘quvchilarning xorijiy til (ingliz, nemis,
fransuz, rus tillari)ni bilish darajasini aniqlashga oid milliy baholash tizimi ishlab
chiqildi va tizim asosida tashqi yakuniy nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekistonda rahbar va
pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish
muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun xalqaro
baholash tizimi TALIS (The Teaching and Learning International Survey) joriy
qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |