Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ballar
soni % Xulosa ... Eslatma: garada o‘quvchi to‘g‘ri javob qaytarsa, u holda 1 ball, bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘ysa, unda 0 ball qo‘yiladi. To‘plangan ballarning yig‘indisiga muvofiq o‘quvchilar tomondan bilimlar tizimini o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Ballarning umumiy soni asosida besh balli tizim ko‘rsatkichlari (baholari) belgilanadi. Ya’ni: 1) 0-8 ball – eng yuqori daraja: “5”; 2) 7-6 ball – o‘rta daraja: “4”; 3) 5-4 ball – past daraja: “3”. Demak, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim samaradorligini oshirish ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. So‘nggi yarim asrlik vaqt oralig‘ida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni inobatga olgan holda ta’lim samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bu borada bir qator yondashuvlar (m: texnologik, innovatsion, majmuaviy yondashuv)ning ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati katta ekanligi aytilmoqda. Ana shunday yondashuvlardan yana biri tashxisli yondashuvdir. Pedagogik amaliyot tashxisli yondashuv, shu jumladan, P.I.Tretyakov tomonidan asoslangan “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” va G.A.Russkiy tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchilarning o‘quv materaillari matni bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikalarning ta’lim, tarbiya jarayonini tashkil etishda alohida amaliy qiymatga egaligini tasdiqlaydi. Nazorat savollari: 1. Pedagogik-psixologik diagnostika metodlari deganda nimani tushunasiz? 2. Metod va metodika tushunchalari o‘rtasida qanday farq mavjud? 3. Psixolog S.L.Rubinshteyn “metodika” tushunchasiga qanday ta’rif bergan? 4. Qanday metodikalar rasman e’tirof qilingan metodikalar sirasiga kiradi? 5. Qanday metodikalarni kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalar sirasiga kiritish mumkin? 6. P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi mohiyatini qisqacha tavsiflang. 7. G.A.Russkiyning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi qanday maqsadni ko‘zlaydi? Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling