189
o‘quvchi shaxsida ayrim salbiy xislatlarning ustuvorligi;
ta’lim muassasasining boshqa hududda joylashuvi;
oilada o‘quvchiga “o‘gaylik” munosabatida bo‘linishi;
ta’lim
muassasasi, jamoatchilik e’tiborsizligi;
ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchining qarovsiz qoldirilishi;
o‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishi;
o‘quvchining turli buzg‘unchi, yot, kriminal oqimlar ta’siriga
tushib
qolishi;
o‘quvchining o‘zi duch kelgan ayrim muammolarni mustaqil hal qila olmasligi;
o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamay mustaqillikka intilishi.
“Pedagogik og‘ish”ning oldini olish
va uni bartaraf etish davlat, jamiyat,
oila, ta’lim muassasasi, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining
birgalikdagi va
o‘zaro hamkorlikka asoslangan faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish
orqali hal
etiladi.
Voyaga yetmaganlarda “pedagogik og‘ish”ning oldini olish va bartaraf etish
maqsadida ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi shartlar
asosida tashkil etilishi
lozim:
1. O‘quvchi voyaga yetayotgan oilaning ma’naviy-psixologik muhitini o‘rganish.
2.
O‘quvchining buzg‘unchi yot, g‘oyalarni targ‘ib
etuvchi oqimlardan
muhofazalash.
3. O‘quvchining ijtimoiy, ruhiy va jismoniy holatidan xabardor bo‘lish.
4. O‘quvchini shaxs sifatida anglash, uning istak va intilishlarini quvvatlash.
5. O‘quvchi mansub bo‘lgan mikroguruhga xos “qadriyatlar”ni aniqlash.
6. O‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
7. O‘quvchi duch kelgan muammoni
anglash va uni hal qilishga
ko‘maklashish.
8.
O‘quvchi xatti-harakatlarini bilvosita nazorat qilish.
9. Mikro, makro muhitda o‘quvchiga salbiy munosabatda bo‘lishning
oldini
olish.
Do'stlaringiz bilan baham: