Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

ishonch bildirish – bunda o‘quvchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish 
etgan holda jamoaning muhim ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi; 
doimiy ravishda ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tashkil qilishga odatlantirib
borish – bu jarayonda o‘quvchiga jamoa tomonidan beriladigan 
topshiriqlar takrorlanadi, murakkablashtiriladi va o‘quvchi tomonidan ularning 
umumiy ahamiyatini anglash rag‘batlantiriladi; 
o‘quvchida jamoa bilan birlikning namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash – 
bunda o‘quvchining ijtimoiy ishlarni bajarishga bo‘lgan sa’y-harakatlari 
rag‘batlantiriladi va ma’qullanadi, unga nisbatan sinfdoshlarning xayrixohligi 
kuchaytiriladi; 
 ishonchsizlik bildirish – bu jarayonda jamoa tomonidan o‘quvchining xatti-
harakati, xulqi salbiy baholangani sababli unga biron bir ijtimoiy topshiriqni berish 
borasida shubha bildirilib, shu orqali u o‘zini o‘zi tanqidiy tahlil qilishga undaladi; 
vijdonan yondashmagan holda va sifatsiz bajarilgan ishni qabul qilishdan 
bosh tortish – bunda jamoa o‘quvchidan ishni qayta bajarishni talab qiladi
o‘quvchining ishni yaxshiroq bajarishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi; 
o‘quvchining xudbinona munosabati va qarashlari ijtimoiy axloq 
me’yorlariga mos kelmasligini qoralash – bu jarayonda o‘quvchining xulqi 
bevosita tanqid qilinadi; 
jamoaviy tanqid o‘rniga o‘quvchida o‘z-o‘zini tanqid malakalarini 
shakllantirish – bunda o‘quvchi o‘z harakatlariga ob’ektiv baho berishga,
sinfdoshlar uning harakatidan noroziligi ekani sababini o‘ylab ko‘rishga undaladi,


192
o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish – bu jarayonda 
o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari bilan 
hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi talab 
qilinadi. 
Korreksiyalashda o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida 
u bilan individual ishlash foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda 
quyidagi usullar qo‘llaniladi: 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling