193
1. Maqsadga muvofiqlik tamoyili. Ijtimoiy
faoliyatda maqsad qonun
maqomiga ega bo‘lib, shaxs harakatlarining xarakteri va uslubini belgilaydi.
Korreksiyalashda shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning umumiy maqsadlari
inobatga olingan holda o‘quvchining ijtimoiy me’yordan og‘ish holati kuzatilgan
xulqni tuzatish asosiy maqsad sifatida belgilanadi.
2. Korreksion jarayonining tizimligi va yaxlitligi tamoyili. Agarda pedagogik
jarayon
yaxlit tizim sifatida qaralsa, korreksiyalash o‘zaro bog‘liq tarbiyaviy
xarakterdagi elementlardan biri hisoblanadi. Yaxlitlik korreksion faoliyatni tashkil
etishda ichki va tashqi omillarni, o‘quvchining
ichki imkoniyati, mavjud
pedagogik shart-sharoitlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqligini
ifodalaydi.
3. Korreksion jarayonni insoniylashtirish tamoyili.Ushbu tamoyil jamiyat va
shaxs maqsadlarining uyg‘unlashtirish
zarurligini, ta’lim jarayonining bolaning
shaxsiy imkoniyatlari, uning qiziqishlari va ehtiyojlariga yo‘nalishini belgilaydi.
Korreksion jarayonning markazida o‘quvchi
shaxsi turishi, shu sababli
rivojlantiruvchi dasturlarning o‘quvchining ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga
chiqarishga xizmat qilishiga erishish asosiy vazifa ekanini anglatadi.
4. Korreksion jarayonda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligi tamoyili.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, unga oqilona, talabchanlik asosida yondashishni
ifodalaydi. Oqilona ifodalangan talab o‘quvchining shaxsiy
fazilatlarini ijobiy
rivojlantirish imkonini beradi. Binobarin, o‘quvchining ehtiyojlari avvaldan
belgilangan pedagogik jarayonning ob’ektiv
maqsadiga muvofiq kelishi
tarbiyaning muhim sharti sanaladi. O‘quvchi nafaqat ijtimoiy talabni anglashi,
balki uni sifatli,
kutilganidek puxta bajara olishi ishonishi zarur.
O‘quvchining xulqiga nisbatan pedagogik talabni qo‘yishda uning qadr-
qimmati, g‘ururiga dalh qilinmasligi, haq-huquqi poymol bo‘lmasligi muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: