Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
O‘quvchining ichki imkoniyatiga tayanish tamoyili
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. O‘quvchining ijtimoiy faolligi tamoyili.
- 7. Korreksion faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi.
5. O‘quvchining ichki imkoniyatiga tayanish tamoyili. O‘qituvchi va ota-
onalar o‘quvchiga nisbatan insonparvarlik ruhida, hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, uning fe’l-atvori, xulqidagi salbiy xususiyatlarini o‘z vaqtida anglay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Korreksion jarayonda eng to‘g‘ri yo‘l – o‘quvchining salbiy odatlarini uning ijobiy fazilatlariga tayangan holda nuqsonlarni bartaraf qilib borish hisoblanadi. Korreksiyalash jarayonida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchida o‘ziga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch shakllanadi. U quvonch hissini tuyadi, o‘zini o‘zi hurmat qila boshlaydi. O‘quvchi ichki qoniqishni his qiladi, muvaffaqiyatga ishonchi ortadi. Natija uning oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy vazifalarni sidqidildan bajaradi. 6. O‘quvchining ijtimoiy faolligi tamoyili. Pedagogik tuzatish jarayonining muhim bo‘g‘ini o‘quvchining ijtimoiy faolligini oshirishdir. Bordi-yu, o‘quvchi ijtimoiy jihatdan faollashsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish zarurligini o‘zi anglab yetadi. Ana shu maqsadda tashkil etilayotgan jarayonni tezlashishini istaydi. Korreksiyalash natijasida ijtimoiy faoliyatda, sub’ektlar, xususan, sinfdoshlari bilan munosabatning yaxshilanishiga umid qiladi. Natijada o‘quvchi ob’ektdan pedagogik faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu jarayon uzoq va 194 murakkabdir. Shunga qaramay, o‘qituvchi korreksion faoliyatda ijobiy natijaga erishishni umid qilishi lozim. 7. Korreksion faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi. Mazkur tamoyil ijtimoiy ahamiyatli omillarni yagona nuqtada birlashtirish, barcha imkoniyatlarni o‘quvchi xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilishga safarbar etish orqali pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Zero, korreksiyalash vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi hamda ota-onalarning tarbiyaviy ta’sirini, jamoatchilik fikrini o‘zaro uyg‘unlashtiradi. Buning natijasida ulkan pedagogik ta’sir maydoni yaratiladiki, bu maydonda o‘quvchining xulqidagi nuqsonlarni samarali bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Me’yordan xulqiy og‘ish nuqsonlari mavjud o‘quvchilar bilan ishlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Ular (34-rasm). Shunday qilib, global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada turadigan; turli madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning belgilanmaganligi, “ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orasida me’yordan xulqiy og‘ish ko‘rinishlarining faol kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda. Me’yordan xulqiy og‘ishning asosiy turlari (jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va pedagogik)ning xususiyatlarini o‘rganish, ularni tashxislash hamda korreksiyalash “Pedagogik diagnostika va korreksiya” fanining tadqiqot predmeti sanaladi. Korreksiyalash jarayonida ustuvor tamoyillarning aniqlanishi, pedagogik shartlarning inobatga olinishi kutilgan natijani qo‘lga kiritish imkonini beradi. 1-bosqich 4-bosqich 3-bosqich 2-bosqich 5-bosqich Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling