GLOSSARIY
Anketa (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish) – og‘zaki
yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik ma’lumotlarni
olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov vositasi.
Anketa metodi – pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash
maqsadida qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni
tashkil etishga asoslanadigan metod.
Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi) – bitiruvchilarni tayyorlash
darajasi va sifatining rasman belgilangan ta’lim darajasi hamda sifatiga
qo‘yiladigan talablar tizimi (DTS)ga mosligini aniqlashga qaratilgan chora-
tadbir.
Aqliy rivojlanish – shaxs fikrlash qobiliyati, tafakkurining rivojlanishi,
intellektual salohiyati darajasining oshishi
“Aqliy hujum” metodi ( Aleks Osborn) – asosiy g‘oyasi shaxsda yangi,
ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqish, ularni tanqidiy tahlil qilish malakasini
shakllantirishdan iborat metod. Unga ko‘ra, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har
bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, yechim yuzasidan o‘z taklifini ilgari suradi.
Qolganlar bildirilgan fikrni to‘ldiradi va rivojlantiradi. O‘quvchilar tomonidan
bildiriladigan hech bir fikr tanqid qilinmaydi. Barcha o‘quvchilar muammoning
yechimi yuzasidan o‘z taklifini bildirgandan so‘nggina ular umumiy holda tahlil
qilinadi va eng to‘g‘ri, samarali yechim tanlanadi
“Bilvosita strategiyalar” metodi (Brayan Eno, Piter Shmidt) – turli topshiriq
(buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga tayangan holda yangi g‘oyalarni
izlash, asoslash va ilgari surishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish uchun
xizmat qiladigan metod.
Grafik kompozisiya – grafikning barcha elementlaridan iborat kombinatsiya.
Guruh – tarbiyalanuvchilarning yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra
shakllantirilgan yoki o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim
oluvchilarining akademik jamoasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |