Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Diagnos (tashxis; “diagnosis” – “aniqlash”, “bilish”) atamasi esa “bemorni  har tomonlama o‘rganib, uning kasalligini aniqlash”


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Diagnos (tashxis; “diagnosis” – “aniqlash”, “bilish”) atamasi esa “bemorni 
har tomonlama o‘rganib, uning kasalligini aniqlash” 
Diagnostika (tashxislash; yun. “diagnostikos” – “aniqlashga qodirlik”, 
“aniqlashga imkon berish”) – tegishli sohalarda mavjud muammolarni keltirib 
chiqaruvchi sabablarni aniqlash, nuqson va muammolarni bartaraf qilish yo‘li, 
usul va tamoyillarini o‘rganish. 
Diagramma (yun. “diagramma” – chizma, rasm, shakl) – chiziqli kesmalar 
shaklida ifodalanuvchi turli miqdorlar o‘rtasidagi munosabatni tasvirlovchi 
chizma, grafik tasvir. Pedagogik diagnostikada diagrammaning bir nechta turi 
qo‘llaniladi. Ular: 
A. Chiziqli grafik – sonlarda ifodalanadigan ayrim o‘lchovlarning 
o‘zgarishlarini (masalan, o‘quv yili davomida bitta sinfda o‘tkazilgan testlarning 
o‘rtacha baholaridagi o‘zgarishlari)ni ifodalashga xizmat qiladi. 


214
B. Gistogramma – “Y” o‘qi bo‘ylab guruhning chastota (interval) 
qiymatlari ifodalanishi asosida ustun (grafa)larning pog‘onali ifodalanishini 
ta’minlovchi grafik turi. 
C. Tebranishli ko‘pburchak (yoki chastotali poligon)chastotali 
ko‘pburchak asosida shakllantirilgan gistogramma. Bu turdagi diagrammalar 
boshqalardan ko‘pburchakda interval chastotasining markazigacha kamayadi, 
gistogrammada chastotalar intervalning barcha chegaralarida teng ifodalanadi.
D. Tebranishlarni jamlovchi grafik (lot. “cumulatio” – yig‘ilgan, 
jamlangan; tebranishlar taqsimlanishini jamlovchi grafik) – alohida intervallar 
jamlanmasining tebranishini, ya’ni, avvalgi barcha intervallarning har bir 
interval tebranishiga qo‘shilib borishini ifodalovchi diagramma. 
E. Diagramma – miqdor ko‘rsatkichlarni turli shakldagi maydon (doira, 
to‘rtburchak, sektor, silindr, pufakchalar va boshqa)lar ko‘rinishida 
solishtiradigan grafik. 
F. Grafika – natijalar ma’lumotlarini grafik ko‘rsatishning maxsus turi; 
bu chiziq segmentlari (qirralari) bilan bog‘langan nuqtalardan (tepaliklardan) 
iborat shakl. Grafik nuqtalari pedagogik jarayonning turli komponentlari
ko‘rsatkichlari, omillari, o‘ziga xos jihatlarini, shuningdek, ular orasidagi 
munosabat va aloqalarni ifodalashi mumkin. Grafika (u model sifatida taqdim 
qilinishi ham mumkin) ko‘pincha tajribani bashorat qilishda qo‘llaniladi, 
Grafika ko‘rsatkichlari ma’lumotlarni umumlashtirish bosqichida yakuniy 
natijalar bilan o‘zaro solishtiriladi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling