Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Kasbiy qiziqish – o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunar asoslarini 
o‘rganishga bo‘lgan intilishi, havasi. 
Kasbiy qobiliyat – o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar yo‘nalishida 
amaliy faoliyatni tashkil eta olish layoqati. 
Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks ettirilgan 
turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini 
sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli.
“Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) – rivojlanishda jismoniy 
yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish 
metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish 
jarayonini boshqarishni o‘rganuvchi fan. 
Korreksion faoliyat – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi 
yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini 
qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat.
Korreksiya (yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish) – 
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal 
bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to‘liq 
tuzatilishi.
Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) – o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan 
og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda 
umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi 
shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus 
hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarning ko‘rilishi. Korreksiyalashda 
o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida u bilan individual 
ishlash ham foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda quyidagi usullar 
qo‘llaniladi: 
ijtimoiy topshiriqni bajarishga o‘quvchining ichki imkoniyatini 
safarbar qilish – buning natijasida o‘quvchining ichki imkoniyatlari yuzaga 
130
Профессиональная ориентация молодёжи / А.Д.Сазонов и др. – М.: Высшая школа. 1990. – С. 
10. 


216
chiqadi, ijtimoiy-foydali ko‘nikma, malakalar o‘zlashtiriladi, unda ijtimoiy 
topshiriqlarni bajarishga nisbatan ehtiyoj yuzaga keladi; 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling