Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


hayotiy maqsadni aniqlashtirishga bo‘lgan intilishni faollashtirish


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

hayotiy maqsadni aniqlashtirishga bo‘lgan intilishni faollashtirish – bunda 
o‘quvchi bilan birgalikda kundalik faoliyat tartibi (boshlangan ishni oxiriga 
yetkazish, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarmaslik, har qanday ishni 
sifatli bajarish, uning samaradorligini baholash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil 
qilish); 
 o‘rin almashtirish – o‘quvchi faoliyatidagi doimiy muvaffaqiyatsizlik 
negizida yutuqlarga erishishni ta’minlash; 
o‘quvchining qadr-qimmatini rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi hurmat 
qilishini yoqlash – unga imkoniyatlariga mos keladigan faoliyat turini taklif
qilish, muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash, 
qiyin vaziyatlarga ko‘mak berish; 
talabchan ohangda ishonch bildirish – bunda o‘quvchiga ijtimoiy 
topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirish bilan birga uning yondashuvi 
qo‘llab-quvvatlanadi, bu faoliyatda o‘quvchining u tomonidan nimaningdir 
o‘zlashtirib olishga bo‘lgan umidi mustahkamlanadi; 
o‘quvchini ijtimoiy faoliyatga jalb qilganda izchillikka erishish – bunda 
uning faoliyati rag‘batlantiriladi – e’tirof qilinadi – qo‘llab-quvvatlanadi, 
e’tirof qilinadi – topshiriqni bajarish, ijtimoiy-foydali ish jarayonida ixtiyoriy 
qatnashishi yuzasidan qaror qabul qilishiga imkon beriladi.
Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon 
bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning 
miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga 
imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning 
tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi. 
Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga 
asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki 
tasnifi; baholash o‘lchovi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling