Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


“Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

“Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi (Toni Byuzen) - kreativ 
fikrlash jarayonining sifatini yaxshilash maqsadida xotirani kuchaytirishga xizmat 
qiladigan metod.
Metodika – aniq belgilangan maqsadga erishish yo‘lida, ma’lum vazifalarni 
bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari, metodlari 
va vositalari jamlanmasi hisoblanadi.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, 
usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga 
solingan faoliyat usulini tanlash; ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, 
usuli; doimiy ravishda rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, 
usullar va qadamlar, harakatlar. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. 
Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat 
usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga 
erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.
Me’yordan og‘ish (lot. “defectus” – kamayish, nuqson) – bolaning mo‘tadil 
rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy yoki 


217
pedagogik nuqsonlar. Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli 
jihatdan “me’yordan og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular: 
Jismoniy og‘ish – shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida 
kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing 
og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy og‘ish – individning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishiga 
to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi. 
Pedagogik og‘ish – uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bosqichlarida 
umumiy (kasbiy) fanlari asoslarini o‘zlashtirishda ta’lim standartlari 
talablarini zarur va minimal darajada bajarmaslik yoki bajarishni 
istamaslik. 
Ruhiy og‘ishaqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni 
boshqara olish qobiliyatining butunlay yoki ma’lum darajada yo‘qotilishi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling