Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash – shaxsning jamiyat 
tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan 
ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi kabi nuqsonlarni 
tuzatish. 
Me’yordan xulqiy og‘ish – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va 
ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar, 
me’yorlarga rioya etmasligi. 
Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) 
va yakuni (oxiri)da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat 
qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan 
shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, 
ma’lum xatti-harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos
xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, 
uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi. 
“Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi (Fris Svikki) –tanlangan 
ob’ektni unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha tarkibiy 
qismlarga ajratish, so‘ngra ular mohiyatan o‘zgartirish va qayta birlashtirish orqali 
yangi ob’ektni paydo bo‘lishini ta’minlovchi metod.  
Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish – muvaffaqiyatli vaziyatlarni 
kafolatlovchi sharoitlar jamlanmasi yoki ana shu maqsadga yo‘naltirilgan amaliy 
harakatlarni tashkil etish.
Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus 
tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar 
majmuasi
131
.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni. 
131
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида узлуксиз 
бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал таълим тизимини тартибга солувчи норматив-
ҳуқуқий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида”ги 466-сон (2020 йил 7 август) Қарори // 
https://www.lex.uz/ru/docs/4945840. 


218
Nosog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi 
ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan, shaxslararo 
munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor bo‘lgan, psixologik 
jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy 
jihatdan ta’minlanmagan oila.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling