Ob’ekt (jarayon)ning sifati uning mavjudligini ta’minlovchi muhim,
barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt (jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi
ma’lumot uning mohiyati va mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun
zarur sanaladi.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) – oilaning tabiiy va ijtimoiy
ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila
a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush
tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul
bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda
tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oilaviy tarbiya mexanizmlari – individual tarbiyaviy imkoniyatlari asosida
oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda qo‘llaydigan vosita va
usullari
132
.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – uning farzandlarni har
jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va
sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali
tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyatini o‘rganish, tahlil qilish va baholash.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati – oilaning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib
tarbiyalovchi omillar, sharoitlarga, oilaning sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzi
ega bo‘lishi hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuch-
quvvati, qobiliyati.
“Oltita rangli qalpoqcha” metodi (Edvard de Bono) – xayolan turli
rangdagi oltita qalpoqchani kiyish yordamida ijodiy jarayonni tartibga solishga
imkon beradigan metod. Turli rangdagi qalpoqchalar shaxs tomonidan quyidagi
harakatlarning tashkil etilishini ifodalaydi: oq qalpoqcha – raqamlar va dalillar
tahlil qilinadi; qora qalpoqcha – tegishli masala bo‘yicha faqat salbiy fikrni bildirish;
sariq qalpoqcha – muammoning ijobiy tomonlarini izlash; yashil qalpoqcha –
yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, ilgari surish; qizil qalpoqcha – muammo
yuzasidan o‘zining hissiy kechinmalarini bayon qilish; yashil qalpoqcha –
natijalarni umumlashtirish
133
.
Do'stlaringiz bilan baham: |