VIII. Hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik diagnostikani samarali
amalga oshirishda hujjatlarni tahlil qilish metodi ham ahamiyatlidir.
Hujjatlarni tahlil qilish (ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish)
metodi – pedagogik hodisa va dalillarni har tomonlama tekshirish,
ta’lim muassasasi tomonidan meyoriy talablarning bajarilishi holatini
o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash,
ilg‘or ilmiy-pedagogik hamda ta’lim muassasasi tomonidan to‘plangan
amaliy-pedagogik
tajribalarni
ommalashtirish
maqsadida
qo‘llaniladigan usul.
Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar
talablarining bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu kabi hujjatlar sirasiga
quyidagilar kiradi:
o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali;
o‘quv dasturi;
guruh jurnallari;
o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari;
buyruqlar;
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari;
ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti;
tarbiyaviy ishlar rejasi;
o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar;
ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol-stullar va h.k.) qayd etilgan
daftar va boshqalar
45
.
IX. Kontent-tahlil metodi. Zamonaviy pedagogik diagnostikada yana bir
nisbatan yangi metod – kontent-tahlil metodidan ham foydalaniladi.
44
Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 282-
б.
45
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова.
– Наманган: НамДУ, 2014. – 72-б.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |