Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks 
ettirilgan turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida 
ularning mazmunini sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil 
qilish usuli.
 
Ushbu metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hujjatlarni ijtimoiy 
ahamiyatlilik nuqtai nazaridan o‘rganishga xizmat qiladi. Pedagogik tadqiqotlarda 
kontent-tahlil metodi asosiy metod sifatida turli, masalan, gazetaning siyosiy 
yo‘nalishini, muayyan ijtimoiy guruhning jamiyatdagi mavqeini o‘rganish uchun 
matnning mazmunini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, 
ushbu metod pedagogik tadqiqotlarda qo‘shimcha metod sifatida ham 
foydalaniladi.
Hamma hujjatlar ham mazmun nuqtai nazaridan tahlil qilinmaydi. Metodni 
qo‘llash uchun kontent-tahlilning aniq maqsadi belgilanishi lozim. Bunda tadqiq 
qilinayotgan mazmun zarur tavsiflarni ishonchli qayd qilish (rasmiylashtirish 
tamoyiliga muvofiq), tadqiqotchini qiziqtirayotgan mazmunning tarkibiy 
elementlarini muayyan izchilikda qo‘lga kirita olish (statistik ahamiyatlilik 
tamoyili asosida) imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. 
Aksariyat holatlarda kontent-tahlilning ob’ektlari sifatida radio, televidenie 
hamda matbuot xabarlari, uchrashuvlarga oid bayonnomalar, rasmiy va norasmiy 
xatlar, mas’ul tashkilotlar tomonidan chiqarilgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, 
yo‘riqnomalar, shuningdek, intervyu hamda ochiq anketalarning ma’lumotlaridan 
foydalaniladi
46

Kontent-tahlil, asosan, uchta yo‘nalishga ega. Ular: 
1) matn bilan tanishgunga qadar nima sodir bo‘lganligi hamda u yoki bu 
holatning nima uchun ushbu matnda aks etganliginini aniqlash (bu yerda matn 
o‘rganilayotgan ob’ektning ma’lum jihati: borliq, muallif yoki matn yo‘naltirilgan 
shaxsning holatini yoritadigan indikator sifatida namoyon bo‘ladi); 
2) matnni faqat undagina mavjud bo‘lgan muayyan belgilar (til xususiyati, 
tarkibiy tuzilmasi, xabarning janri, nutqning sur’ati (ritmi) yoki ohangi kabilar) 
asosida o‘rganish; 
3) matn e’lon qilinganidan keyin, aniqrog‘i, matn u tegishli bo‘lgan shaxs 
(adresant)ga yetib borganidan keyin sodir bo‘ladigan holatni aniqlash (turli 
ta’sirlarning samarasini baholash)
47
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling