Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-bosqich: tahlil uchun birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

1-bosqich: tahlil uchun birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish. Bu bosqichda 
tashxislanayotgan yoki o‘rganilayotgan ob’ektni kuzatish, uning xususiyatlarini 
o‘rganish, ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida o‘qituvchi yoki tadqiqotchi 
birlamchi statistik ma’lumotlarni to‘playdi.
2-bosqich: tadqiqot mavzusi va maqsadiga asoslangan holda ilmiy farazni 
ilgari surish.
Ilmiy faraz – dalil, hodisa yoki jarayonning ishonchli va haqqoniy 
ekanini tasdiqlash, ikki yoki bir necha hodisa o‘rtasidagi aloqalarni 
taxmin qilish maqsadida ilgari suriladigan ilmiy bashorat
49
.
49
Выдвижение и обоснование научной гипотезы // https://www.internauka.org/blog/vydvizhenie-i-
obosnovanie-nauchnoy-gipotezy.
 


48
 
3-bosqich: kompyuterga ma’lumotlarni kiritish. Zamonaviy sharoitda 
tashxislash va tadqiqot ma’lumotlarini muayyan muddatda saqlashning eng 
samarali yo‘li – ularni kompyuterga kiritish hisoblanadi. Kompyuterga kiritilgan 
ma’lumotlar, odatda, elektron jadval yoki ma’lumotlar matrisasi ko‘rinishida 
ifodalanadi.
4-bosqich: ma’lumotlarni turkumlashtirish. O‘qituvchi yoki tadqiqotchi 
o‘zini qiziqtirgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni ma’lum guruhlarga ajratadi. Har 
bir guruhdagi ma’lumotlarning muayyan tartibda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. 
Odatda, ma’lumotlar aniq belgilangan mezon yoki shartlarga muvofiq saralanadi
tasniflanadi. Ishonchsiz dalillar olib tashlanadi, yetishmayotgan ma’lumotlar 
to‘ldiriladi. 
5-bosqich: ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish. Taqdim etilayotgan 
ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishi, oson qabul qilinishi uchun ularni vizual 
shaklda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun kerakli ma’lumotlar 
jadval, tasvir, sxema, diagramma, gistogramma va boshqa grafikli 
ko‘rinishlarda ifodalanadi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling