Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

IV. Diagrammalarning turlari. Tadqiqotlarda diagrammaning bir nechta 
turi qo‘llaniladi. Diagrammaning asosiy turlari quyidagilardir: 
A. Chiziqli grafik – sonlarda ifodalanadigan ayrim o‘lchovlarning 
o‘zgarishlarini (masalan, o‘quv yili davomida bitta sinfda o‘tkazilgan testlarning 
o‘rtacha baholaridagi o‘zgarishlari)ni ifodalashga xizmat qiladi. 
B. Gistogramma – “Y” o‘qi bo‘ylab guruhning chastota (interval) qiymatlari 
ifodalanishi asosida ustun (grafa)larning pog‘onali ifodalanishini ta’minlovchi 
grafik turi. 
C. Tebranishli ko‘pburchak (yoki chastotali poligon)chastotali 
ko‘pburchak asosida shakllantirilgan gistogramma. Bu turdagi diagrammalar 
boshqalardan ko‘pburchakda interval chastotasining markazigacha kamayadi
gistogrammada chastotalar intervalning barcha chegaralarida teng ifodalanadi.
D. Tebranishlarni jamlovchi grafik (lot. “cumulatio” – yig‘ilgan, jamlangan; 
tebranishlar taqsimlanishini jamlovchi grafik) – alohida intervallar jamlanmasining 
tebranishini, ya’ni, avvalgi barcha intervallarning har bir interval tebranishiga 
qo‘shilib borishini ifodalovchi diagramma. 
E. Diagramma – miqdor ko‘rsatkichlarni turli shakldagi maydon (doira, 
to‘rtburchak, sektor, silindr, pufakchalar va boshqa)lar ko‘rinishida solishtiradigan 
grafik. 
F. Grafika – natijalar ma’lumotlarini grafik ko‘rsatishning maxsus turi; bu 
chiziq segmentlari (qirralari) bilan bog‘langan nuqtalardan (tepaliklardan) iborat 
shakl. Grafik nuqtalari pedagogik jarayonning turli komponentlari, ko‘rsatkichlari, 
omillari, o‘ziga xos jihatlarini, shuningdek, ular orasidagi munosabat va aloqalarni 
ifodalashi mumkin. Grafika (u model sifatida taqdim qilinishi ham mumkin) 
ko‘pincha tajribani bashorat qilishda qo‘llaniladi, Grafika ko‘rsatkichlari 
51
Лекция 5. Анализ данных // https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm. 


51
ma’lumotlarni umumlashtirish bosqichida yakuniy natijalar bilan o‘zaro 
solishtiriladi
52
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling