Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
VII. Shkalalash. Pedagogik diagnostikada o‘lchashning shkalalash turidan
ham samarali foydalaniladi. Shkala – muayyan raqamli tizimga ularni joylashtirish yo‘li bilan ob’ektlar xususiyatlarini o‘lchash natijalarini qayd qilish vositasi bo‘lib, bunda alohida natijalar o‘rtasidagi munosabat tegishli raqamlarda ifodalanadi 54 . Tartiblash jarayonida kuzatilgan natijaning shkaladagi mavjud holatiga ko‘ra har bir tanlangan elementiga muvofiqlik asosida ball (shkalali indeks) beriladi. Shkalalash – boshlang‘ich amaliy natijalarni shkalali baholashga o‘tkazish yo‘li bilan tartiblashga qaratilgan harakat. O‘z mohiyatiga ko‘ra shkala kuzatilayotgan hodisani tartibga tushirish imkonini beradiki, bunda ularning har biri miqdoriy baho (ko‘rsatkich)larga ega bo‘ladi. Shkalalash tadqiq etilayotgan hodisaning quyi va yuqori pog‘onalarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini tadqiq qilishning muayyan chegaralari “qiziqishi juda kuchli” hamda “qiziqishi juda past” oralig‘ida belgilanadi. Ushbu chegaralar orasida bir qator pog‘onalar belgilanadi. Natijada o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlari quyidagi tarzda pog‘onalanadi: qiziqishi juda kuchli (1); qiziqishi kuchli (2); qiziqishi o‘rtacha (3); qiziqishi past (4); qiziqishi juda past (5). Shkalaning chetki hududlari (chegaralari)ni favqulotda belgilay olish ham tavsiya qilinadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda S.Stivenson tomonidan taklif qilingan shkalalar tasnifidan foydalaniladi. Ushbu tasnif turli tartibga ko‘ra bog‘langan to‘rtta asosiy o‘lchash usuli: yaxlit (nominal), tartibli, intervalli va munosabatlar shkalasiga tayanadi. Mazkur usullar umumiy holda o‘lchov shkalalari deb nomlanadi (12-rasm): 54 Челышкова М.Б. Теория и практика конструирования педагогических тестов. – М.: Педагогика, 2001. – С. 359. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling