Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-rasm. Pedagogikada qo’llaniladigan o’lshash turlari (S.Stivenson)


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

12-rasm. Pedagogikada qo’llaniladigan o’lshash turlari (S.Stivenson) 
O’lchash turlari 
Tartibni
ifodalovchi
(darajali) 
shkala 
Uzlukli (diskret)
sifat shkalalari 
Uzluksiz miqdor
shkalalari 
Nomlarni
ifodalovchi
(yaxlit) 
shkala 
Intervalli
shkala 
Munosabatlar
shkalalasi 


54
1. Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkala. Mazkur shkalani o‘lchashdan ham 
ko‘proq tasniflash deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Unga ko‘ra barcha ob’ektlar 
qandaydir belgisi (farqlari)ga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Bu belgilar tajriba 
natijalarini qayta ishlashda qulaylik yaratish maqsadida ma’lum son (kod) bilan 
ifodalanadi. Nomlarni ifodalovchi (yaxlit) shkalada ob’ektlar o‘rtasida hech 
qanday munosabat yuzaga kelmaydi. 
Masalan: o‘quvchilar ikki toifaga ajratiladi va quyidagicha ifodalanadi: qizlar 
– 01; o‘g‘il bolalar – 02. 
Ijtimoiy tartibning buzilish holatlari: dars jarayonida – 1; ko‘chada – 2; uyda – 3.
2. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkala. Bu shkala turli ob’ektlarni 
ularning qandaydir belgisi yoki xususiyatlariga ko‘ra farqlash uchun xizmat qiladi. 
Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalaga o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini belgilashga yordam beradigan 5 balli (baholi) tizim misol bo‘la oladi. 
Bu turdagi shkala o‘qitish jarayonidagina samarali qo‘llansa-da, uni shaxsning
boshqa sifatlarini miqdoriy baholashda, ya’ni, tarbiya jarayonida qo‘llashda 
muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
Muayyan tartibga asoslanadigan shkalalashning turli shakllari mavjud (13-rasm): 
2.1. Darajali shkala (qatorlar bo‘yicha ajratuvchi shkala). Bunda 
o‘rganilayotgan ob’ektlar qatorlarga (tartibli holda) qandaydir sifatning aks etish 
darajasi (holati)ga ko‘ra joylashtiriladi. Odatda, 1-qatorga nisbatan yuqori darajada 
namoyon bo‘lgan sifat joylashtiriladi va unga yuqori ball beriladi (son qiymati 
ixtiyoriy tanlanadi). So‘ngra egallagan o‘rniga ko‘ra nisbatan past baholangan 
ob’ektlar joylashtiriladi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling