Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

2. Joriy nazorat. Bu turdagi nazoratning maqsadi – ta’lim jarayonining 
borishini kuzatishdan iborat. Uni amalga oshirish o‘qituvchiga o‘quv jarayonida 
ko‘zga tashlanayotgan kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish 
hamda zarur yo‘nalishda qayta qurish uchun ular to‘g‘risidagi tezkor axborot 
(ma’lumot)larni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Joriy nazorat to‘lig‘icha dianostik 
xarakter kasb etadi.
3. Yakuniy nazorat. Odatda bu turdagi nazorat – bosqichli, chegaraviy hamda 
yakuniy kabi uch turga ajratiladi. Yakuniy nazorat o‘quvchilarning ta’limiy 
yutuqlarini baholash maqsadida tashkil etilgan muayyan bosqich, ma’lum bo‘lim 
yoki o‘quv yilining oxirida tashkil etiladi. O‘quvchi tomonidan og‘zaki yoki 
yozma shaklda tashkil qilingan imtihon yoki sinovlar hamda test natijalarini qayd 
etish yakuniy nazoratning shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Yakuniy nazorat natijalarini taqqoslash va taxmin qilish (bashoratlash) 
o‘qituvchiga kelgusida sho‘ ishini yaxshilash, samaradorligini oshirish uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Bordi-yu, yakuniy nazoratda qo‘lga kiritilgan 
axborotlar ko‘zlangan maqsadga muvofiq kelmasa, u holda tahlil ma’lumotlari 
o‘quvchilarni kasbga, mutaqil hayotga tayyorlashdagi muammolarni aniqlash
shuningdek, o‘quv jarayonini korreksiyalash bo‘yicha boshqaruv harakatlarini 
amalga oshirish imkonini beradi. 
Xarakterli jihatlariga ko‘ra yakuniy nazorat ichki va tashqi nazorat kabi 
guruhlarga ajratiladi. Ichki yakuniy nazorat umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshqaruvi, masalan, Davlat attestatsiyasi yoki imtihon, davlat imtihonidan 
tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi.
Asosiy turlari
 
Boshlang‘ich nazorat
Joriy nazorat
Yakuniy nazorat 
14-rasm. Pedagogik
 
nazorat turlari
 


63

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling