64
1. Tekshirish funksiyasi. Bu funksiyasi yakuniy nazoratni tashkil qilinadigan
asosiy vazifa hisoblanadi. Ta’limni turli darajada boshqarishda uning tarkibiy
qismlari aniq belgilanadi. Shu sababli ta’lim natijalarini tizimli tekshirishni amalga
oshirish o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarning holatini
aniqlashga imkon beradi, shuningdek, ularning ta’lim olishda erishgan yutuqlarini
baholashda aks etadi. Natijalarni qo‘llash nuqtai nazaridan
tekshirish funksiyasi
ta’lim sifatini boshqarishning boshqa darajalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2. Tashxislash funksiyasi. Ushbu funksiya joriy nazoratda to‘liq amalga
oshiriladi. Tashxislash funksiyasini kuchaytirish, uning ahamiyatini oshirish ta’lim
sifatini yaxshilashning muhim shartlaridan biridir. Ta’lim olishda o‘quvchilar duch
kelayotgan
qiyinchiliklarining sabablari, bu jarayonga ta’sir qilayotgan omillarni
tahlil qilish orqali o‘qitishning individual xarakter kasb etishiga erishiladi. Zero,
har bir o‘quvchi
yangi materialni, muayyan bo‘limni o‘rganishda muvaffaqiyatga
qachonki tegishli bilimlarni o‘zlashtirishga to‘sqinlik
qiladigan kamchiliklar
bartaraf etgandan keyingina erisha oladi.
3. Ta’lim berish funksiyasi. O‘qituvchi tomonidan berilgan savollariga javob
qaytarish, test topshirig‘i va nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida
o‘quvchilar o‘zini o‘zi
nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash imkkoniyatiga ega
bo‘ladi. Shu jarayonda innovatsion xarakterdagi tashxis
vositalari va usullar
yordamida nazoratning tashkil qilinishi esa o‘quvchilar tomonidan bilimlarning
mustaqil o‘zlashtirilishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Pedagogik testlar bu
jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: