Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo


Inson evolyutsiyasining o’ziga xos xususiyatlari va nazariyalari


Download 48.63 Kb.
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1376792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yo\'dashev nozila

2.2.Inson evolyutsiyasining o’ziga xos xususiyatlari va nazariyalari.
Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsada, biroq ularning o‘zi antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari – irsiy o‘z garuvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi, alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli ekanligini Ch. Darvin ko‘rsatib bergan edi. Odam evolutsiyasining ilk bosqichida atrof-muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga yaxshi moslashishga qaratilgan tanlanish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar tufayli odam ajdodlari organizmida bir qancha morfofi ziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib borgan. Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir. Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilishgan va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi odamlarni bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miya va tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Darvinning inson kelib chiqishi nazariyasi hayotning umumiy evolyutsion rivojlanishiga kiritilgan. Darvin Homo Sapiensning pastki turdagi hayotdan kelib chiqqan va maymunli umumiy ajdodga ega ekanligiga ishongan. Xuddi shu qonunlar uning paydo bo'lishiga olib keldi, buning natijasida boshqa organizmlar paydo bo'ldi. Evolyutsion tushunchalar quyidagi printsiplarga asoslanadi:

  • Haddan tashqari ishlab chiqarish . Turlarning populyatsiyasi barqaror bo'lib turadi, chunki naslning kichik qismi omon qoladi va ko'payadi.

  • Omon qolish uchun kurash . Har bir avlodning farzandlari omon qolish uchun raqobatlashishlari kerak.

  • Moslashuv . Adaptatsiya - muayyan muhitda omon qolish va ko'payish ehtimolini oshiradigan meros qoldirilgan xususiyat.

  • Tabiiy tanlov . Atrof-muhit "tirik organizmlarni yaxshiroq tanlaydi". O'simlik eng yaxshisini meros qilib oladi, va turning o'ziga xos habitat uchun yaxshilanadi.

  • Belgilar . Avlodlar uchun foydali mutatsiyalar tobora o'sib boradi va yomonlar g'oyib bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan to'plangan o'zgarishlar juda katta bo'lib, natija yangi ko'rinishdir.



Xulosa
Adabiyot manbalari tahlilining ko’rsatishichaYerning paydo bo'lishi tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bundan 4,5 milliard yil oldin koinotda yer sayyorasi vujudga kelgan. Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi esa bu ko’p bosqichli jarayonni tashkil qilishini keltirilgan ma’lumotlardan bilib olishingiz mumkin.
Yerning paydo bo’lishi va insonning rivojlanish evolyutsiyasini o’rganishda ko’plab olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Hozirga qadar ularning rivojlanish bosqichlari juda murakkab jarayonligi ta’kidlanmoqda.Bu jarayonlar yuzasidan ko’plab olimlar o’z qarashlarini bayon qilishgan .Jumladan, Drvinning bu sohaga qo’shgan hissa katta . Darvinning inson kelib chiqishi nazariyasi hayotning umumiy evolyutsion rivojlanishiga kiritilgan. Qadimgi maymunlarning morfologiyasi va ularning sekin –asta iqlimga moslashib, o’z mehnatlari orqali hayvonot olamidan ajralib, hozirgi zamonaviy inson qiyofasini shakllantirganligi fikrimizning dalilidir.Ular har jihatdan tabiat ne’matlariga qaram bo’lishgan. Odamlar g’or, ungur va chakalakzor hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar.Ibtidoiy jamoa davri kishilari ibtidoiy to’da va urug’ -aymoqchilik deb atalgan ikki davrni o’z boshlaridan o’tkazganlar. Ibtidoiy odamlarning o’zlari esa eng qadimgi,qadimgi va hozirgi zamon kiyofasidagi alohida guruhlarga bo’linishgan. Urug’ - aymoqchilik davriga kelib negr, mo’g’ul va evropoid irqlari paydo bo’la boshladi. Urug’ - aymoqchilik jamoasiga o’tish bilan odamlarning yashash tarzi o’zgarib, yerr yuzining ba’zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan chorvachilikka o’tila boshlangan. Asta-sekin hunarmandchilik ham paydo bo’lgan va rivojlangan. Odamlarku lolchilikni, uysozlikni, suvda suzadigan qayiqlarni, kamon o’qlarini, ip yigirish charxini kashf etganlar, mato to’qishni, undan keyin kiyim bosh tayyorlashni o’rganib olishgan. Olovning kashf etilishi ibtidoiy odamlar hayotida alohida ahamiyatga ega bo’lgan Ibtidoiy jamoa xo’jaligining rivojlanishida mehnat qurollari ishlab chiqarish va ulardan xo’jalik yuritishda foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnat qurollari yasashda avvalgidek chaqmoqtosh, absidian va bazalt kabi toshlar asosiy xom ashyo bo’lib qolavera di. Bu sohadagi asosiy o’zgarish toshdan mehnat qurollar yasash texnikasida sodir bo’ladi. nsonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi mehnat tufayli bo’lganligi ma’lumdir. Mehnat o’zidan o’zi insonning tabiatga jamoa tarzida ta’sir etish formasi bo’lgan. Hatto eng oddiy mehnat turlariga o’tish faqat jamoada bo’lishimumkin edi, ya’n ixulq atvorning ijtimoiy formalari sharoitlarida mumkin edi. Shuning uchun ham ibtidoiy jamoa tarixi va antropogenzning ilk bosqichlarida oziq-ovqatni topish va taqsimlashda hayvoniy egaizmni bostirish kelib chiqa boshlagan. Bu jarayon tabiiyki, aynan o’zaro yordam va aloqalar mustahkam bo’lgan jamoalarning boshqa to’da va tabiiy ofatlarga qarshi tura olishga va yashab kelishga imkon bergan. Hayvoniy egaizmni yo’q qilish ayniqsa muste davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Ibtidoiy to’da davrning oxiriga kelib, ibtidoiy kishilar hayotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar avvalo kishilarning tashqi qiyofasi, tafakkur doirasi, nutqi, ishlab chiqarish qurollari va xo`jaligida ko`zga tashlanadi. Insonning tafakkuri va nutqi ularning birgalashib qilgan mehnati natijasida vujudga keldi. Inson tafakkur qilmasa toshdan oddiy bo`lsada qurollar yasay olmasdi. Demak, inson tafakkuri ular mehnatining samarasi edi. Yuqorida ta'kidlab o`tilganidek qadimgi tosh asrining boshlariga kelib insonning tafakkur doirasi, nutqi yanada rivojlana boshladi. Bu hol ular yaratgan madaniyatda yaqqol ko`zga tashlanadi.Tafakkur va nutqning paydo bo`lishi masalasi ibtidoiy jamoa tarixidagi murakkab masaladan biridir. Masalaning qiyin tomoni shundan iboratki, bizning ixtiyorimizda ochiqoydin ma'lumotlar yo`q, balki tafakkur va nutqning paydo bo`lishini tasavvur etishimiz uchun qo`shimcha ma'lumotlargagina tayanamiz. Tafakkur va nutqning paydo bo`lishini aniqlab beradigan manbalar bir qancha bo`lib, ular qiyosiy psixologiya, qiyosiy fiziologiya, qiyosiy tilshunoslik, shuningdek etnografik va arxeologik manbalardan iboratdir. Ayniqsa, antropologiya bu masalani oydinlashtirishda katta ahamiyatga ega. Antropologlar nutq hosil qiluvchi inson a'zolari miya va nutq organlarining rivojlanishini chuqur tahlil qilib, tafakkur va nutqning paydo bo`lishi jarayonini tabiiy - ijtimoiy jarayon ekanini isbotlashgan.Shunday qilib zamonaviy qiyofadagi odamning vujudga kelishi bilan antropogenez jarayonining tugallangan Darvin Homo Sapiensning pastki turdagi hayotdan kelib chiqqan va maymunli umumiy ajdodga ega ekanligiga ishongan Xuddi shu qonunlar uning paydo bo'lishiga olib keldi, buning natijasida boshqa organizmlar paydo bo'ldi.Ko’pchilik olimlarning qarashlariga qaraganda insonning hayvonot dunyosidan ajralib chiqish bosqichlari asta sekinlik bilan borgan eng muhimi tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.


Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling