Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


§. INTERNET TA’LIMIY RESURSLARDAN FOYDALANISH


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana07.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1081628
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

4 §. INTERNET TA’LIMIY RESURSLARDAN FOYDALANISH 
 
Hozirgi vaqtda o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlari va bilimlarini 
tekshirish maqsadida geografiya darslarida har bir o’quvchining o’qishdagi 
mustaqilligiga va o’quv axborotlarini qabul qilish hamda qayta ishlashlarini 
tashkil qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o’qitish qo’llanilmoqda. 
Ta’limda axborot texnologiyalarining faol qo’llanilishi o’quvchida mustaqil 
izlanishni rag’batlantiradi. CHunki, mohiyatan axborot texnologiya modellari 
muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirish davomidagina 
o’zlashtiriladi
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayonida 
qo’llashning yana bir o’ziga xos tomoni – u o’quvchi shaxsini rivojlantirishga 
yo’naltirilgan butun bir uslubiy tizimni yaratish imkonini beradi. Ana shunday 
imkoniyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 

yangi axborot texnologiyalari vositalari va foydalanuvchilar o’rtasida 
ikki yoqlama aloqaning o’rnatilishi; 

geografik obьektlar, jarayon, hodisalar, qonuniyatlar haqidagi 
ma’lumotlarning kompyuterda tasviriy namoyish qilinishi;

katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlash, axborotlar bankini hosil 
qilish hamda uni uzatish imkoniyatining yuqoriligi

foydalanuvchilarning markaziy axborotlar bankiga kirishlarining 
osonligi; 

hisoblash, ma’lumot qidirish, axborot kiritish va qo’shish faoliyatining 
dasturlashganligi; 

o’quv faoliyatini boshqarish, o’zlashtirishni nazorat qilish hamda 
informatsion metodik ta’minot jarayonlarining avtomatlashganligi. 


Dars jarayonida o’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish 
bilan birgalikda fanga oid kompetentsiyalarni ham shakllantirish lozim 
bo’ladi. Buning uchun, o’qituvchi tomonidan pedagogik jarayonning eng 
samarali shakllari, o’qitishning innovatsion texnologiyalari, metodlari va 
o’quv-metodik materiallar tanlanishi hamda qo’llanishi kerak.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling