O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
|
O’quv ishlari bo’yicha prorektor ________________ D.Xolmatov
«___» _____________2023-yil
|
ORGANIK KIMYO
FANINING
O‘QUV DASTURI
2-kurs, kunduzgi ta’lim shakli uchun
Bilim sоhаsi: 900000-Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Tа’lim sоhаsi: 910000- Sog’liqni saqlash
Bаkаlаvriаt tа’lim yo’nаlishi: 60910700- Farmatsiya (kunduzgi)
NAMANGAN – 2023
...
Fan/Modul kodi
|
O’quv yili
2023-2024
|
Semestr
3-4
|
ECST-Kreditlar
8 (4\4)
|
Fan/Modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Xaftadagi dars soatlari
2/2
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg'ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Organik kimyo
|
120
|
120
|
240
|
I. FANNING MAZMUNI
Fanning mazmuni. Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga organik kimyo asoslarini, organik birikmalarning tuzilishi bilan fizik-kimyoviy xossalarini bog’laydigan umumiy qonunlarni, organik birikmalarni sintez qilishning zamonaviy usullarini, kimyoviy xossalarini nazariy asoslashni, ularning sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llashni o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi- organik birikmalarning sinflari orasidagi genetik bog’lanishlar, gomologik qatorlarini, izomerlarini, nomlanishini, fizik xossalarini, kimyoviy xossalarining ularning tarkibi, tuzilishi va funksional guruhlarning tabiatiga molekulada joylashish tartibiga, kimyoviy, elektron, fazoviy tuzilishi, muxit va sharoitga bog’liqligini talabalarga o’rgatishdan iborat. Organik kimyo fani xalq xo’jaligi uchun yangi turdagi maxsulotlarni tibbiyot, qishloq xo’jaligi extiyoji uchun biologik faol moddalarni sintez qilishning eng qulay usullarini ishlab chiqishda muxim ro’l o’ynashini talabalarga o’rgatadi.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG’ULOTLARI)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Organik kimyo faniga kirish. Organik birikmalar tuzilish nazariyasi.
Organik kimyo fanining predmeti va uning rivojlanish tarixi.
Radikallar, tiplar va boshqa nazariyalar. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi.
-mavzu. Оrganik birikmalarning nоmlanishi va izomeriyasi. Оrganik birikmalarda kimyoviy bog’lanish va uning turlari.
Оrganik birikmalarning nоmlanishi: Ratsional, tarixiy va sistematik nomenklatura. Оrganik birikmalarda izomeriya.Kimyoviy bog’ va uning turlari. Elementlarning nisbiy elektrоmanfiyligi. Iоn, kоvalent va vоdоrоd bоg‘lar. Bоg‘ning хususiyatlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |