VI. Oilada estetik tarbiya.
Bolaning bo’sh vaqtini tashkil etishda oilaning vazifalari. Bolaning tasavvurlar dunyosini boyitish, topqirligini oshirish, badiiy idrokini o’stirish, bolalarni o’z chizgan rasmlarida tabiat go’zalligini his qilishga o’rgatish, ularda estetik tushunchalarni o’stirish. (Ganchkorlik, novda, xivich, loy, plastilin va boshqa narsalardan har xil buyumlar yasash). Ota-onalarning o’z farzandlari bilan bilimlar kuni, o’qituvchi va murabbiylar kuni, O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlari qabul qilingan kunlar, 8 Mart, Yangi yil bayramlari va oilaviy tantanalarda birga bo’lishlarining ahamiyati. Tantanali kunlar uchun o’yinchoqlar yasash, sovg’a tayyorlash, uyni va o’z xonasini yasatishda estetik did, fahm-farosat va idrokni tarbiyalash. Ota-onalarning farzandlari bilan qo’shiq kuylashga o’rganishi, harakatli o’yinlarda, bolaning sevimli mashg’ulotlarida, badiiy havaskorlik, qo’g’irchoq teatri, kontsert va boshqalardagi ishtirok etishlari. Ota-onalarning ikkinchi sinf hayotida yuz beradigan estetik va axloqiy ishlarni ahamiyatini hisobga olishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |