Nамаngан dаvlат universiteti


talablar. Tinglab tushunish


Download 1.99 Mb.
bet35/49
Sana05.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1167884
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
2 Немис тили 2017 УКУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА

talablar.
Tinglab tushunish:
Talaba o‘z mutaxassisligiga oid hamda nutqning adabiy-og‘zaki, publitsistik va kundalik-og‘zaki uslub elementlarinidan tashkil topgan matnni eshitib tushunish malakasiga ega bolishi kerak. Nutq tezligi minutiga 120-180 bo‘g‘in. eshitilayotgan tekst o‘z ichiga 3 % notanish so‘zlarni oladi. Eshitish vaqti 4-5 minut.
Gapirish:

  1. Dialogik nutq. Talaba aloqa muhiti va holatini hisobga olgan holda muhokama suhbati va tushuntirish suhbati olib borishni bilishi kerak. Mavzuga doir savollar bilan suhbatda ishtirok eta olishi lozim.

  2. Monologik nutq. Talaba aloqa muhiti va holatini hisobga olgan holda o‘qilgan yoki eshitilgan matnning mazmunini tushunishi va berilgan mazmunga baho bera olishi kerak. U muhokama qilinayotgan muammolar haqida kengaytirilgan suhbat qila olishi kerak.

Berilgan kommunikativ soha va nutq situatsiyasi bo‘yicha o‘z fikrini ayta olishi kerak.
O‘qish.
Talaba badiiy va ijtimoiy-siyosiy matnlarning materiali asosida o‘rganish ko‘nikmasini egallashi kerak, bunda u 350 bosma belgi tezligida leksik-grammatik tahlil elementlaridan to‘la tushungan holda foydalanishi kerak. U tezligi minutiga 600 bosma belgi tezligida badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop tekst materiallaridan tanishuv o‘quvidan foydalana olishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy jihatidan
uzviy ketma-ketligi.
Xorijiy til (nemis tili)fani bevosita tilshunoslik va matinshunoslik fanlari bilan yaqindan aloqada u adabiyotshunoslik masalalariga matn tilshunosligi, tilning ichki qurilishini lingvistik tahlil qiladi. Matn analizida matnning mavzusi va uslubi bilan ish ko‘radi va shu asosida matnga ta’luqli bo‘lgan fanlaming ilmiy hulosalariga tayanadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
Talaba o‘zining keyingi mehnat faoliyati davomida nemis tili fanidan egallagan til materiallari va nutq ko‘nikmalaridan, u qaysi sohada ish olib borishidan qat’iy nazar, uzluksiz foydalanadi. Xoh ariza yozish, xoh oddiy xat bo‘lsin. U kundalik hayot muloqotida yoki badiiy, ilmiy-ommabop tekstlar mutoalasida ushbu ko‘nikmalarga asoslanishi mumkin.
Xorijiy til (nemis tili)” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z moxiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini tulaqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘lik o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan xolda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘ginlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z- o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish.Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baxolashda birgalikda ishlashni joriy etishga ehtiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obhektiv qarama-qarshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling