Namangan davlat universiteti


-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  metodikasining


Download 2.93 Mb.
Pdf просмотр
bet15/23
Sana15.12.2019
Hajmi2.93 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

 
5-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  metodikasining 
sosiolingvistik 
asoslari: 
sosiolingvistik 
kompetensiya, 
madaniyatlararo 
kompetensiya,  tili  o‘rganilayotgan  mamlakat  xalqlariga  xos  urf-odatlar,  e’tiqod, 
marosimlar,  san’at  turlari,  folklor,  axloq-odob  me’yorlari,  maqol,  matal,  ertak, 
milliy  qahramonlar,  kiyim-kechak,  taomlar,  kundalik  mashg‘ulotlar,  boshlang‘ich 
sinf  o‘quvchilari  uchun  sosiolingvistik  material  tanlash  xususiyatlari,  empirik 
yondashuv,  lingvistik  yondashuv,  sosiolingvistik  mazmun  (material)ni  tanlash 
yondashuvlari, sosiolingvistik materialni tanlash birliklari va prinsiplari 
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  

 
Kelishuv  va  ziddiyat  –  mantiqiy  va  tanqidiy  fikrlash,  murosaga  kelish 
mahoratini  shakllantirish  hamda  asosli  bahslashish  qoidalari    bilan  tanishtirish, 
ziddiyatlarni  yechishda  har  kimning  o’z  uslublarini  topa  olishlariga 
ko’maklashishga  yo’naltirilgan. 

 
Ierarxiya  texnikasi –  murabbiylarning shaxsuy  va kasbiy  fazilatlari  hamda 
murabbiy  faoliyati  uchun zarur bo’lgan  fazilatlarni aniqlash  va  ularni tarbiyalshga 
yo’naltirilgan. 

 
Loyiha  –  talaba  (yoki  o’quvchi)  larni  mustaqil  fikrlash,  o’tilgan  va 
o’zlashtirilgan 
mavzularni 
eslash,ularni 
yozma 
bayon 
etish,fikrlarni 
umumlashtirishga o’rgatishga yo’naltirilgan. 
 Amaliy 
mash‘gulot  davomida  talabalar  quyidagi  o‘quv-metodik 
topshiriqlarni  “Task  based  language  teaching”  metodi  asosida  bajarishadi. 
“Corners” va “Keys study” texnologiyalaridan foydalanib talabalarga “Muammoli 
ta’lim” texnologiyasi asosida mash‘gulot olib boriladi. 
O ‘quv-metodik topshiriqlar 
8. 
Chet  til  o‘qitish  metodikasidagi  sosiolingvistik  aspektning 
hususiyatlarini aniqlashtiring.  

172 
 
9. 
Madaniyatlararo 
kompetensiya 
atamasiga 
berilga 
ta’riflarga 
munosabat bildiring. 
10. 
Metodikaning  sosiolingvistik  aspektini  bilish  bo‘lajak  chet  til 
o‘qituvchisiga nima uchun  ahamiyatli?  
11. 
Boshlang‘ich  chet  til  ta’limida  sosiolingvistik  kompetensiyaning 
egallanishi uchun nimalarga e’tibor qaratish zarur?  
12. 
Boshlang‘ich  sinflarda  sosiolingvistik  materialning  egallanish  tarzi 
yoki usuli haqidagi bilimingizni sinab ko‘ring. 
13. 
 Dastur  materialini  tanlashga    empirik,  lingvistik,  va  pragmatik 
yondashuvlarning umumiy va farqli hususiyatlarini aniqlashtiring. 
14. 
Sosilingvistik  materialni  tanlash  yondashuvlari  yuzasidan  fikr 
bildiring.  
15. 
Sosiolingvistik  kompetensiyaning  egallanishini  ta’minlash  uchun 
darslik bilan ishlashda qanday metodik tadbirlar qo‘llanilishi lozimligini aniqlang. 
Leksikani tanlash prinsip va mezonlarini tahlil eting. 
16. 
Metodik  nuqtai  nazardan  jonli  muloqt  tili  va  adabiy  til  qanday 
farqlanadi? 
17. 
Sosilingvistik  materilani  tanlashda  o‘quvchilarning  yoshi  va  til 
tajribalarini inobatga olish qanday usulda amalga oshiriliadi? 
18. 
Dastur 
materialini 
tanlashga 
lingvomamlakatshunoslik 
va 
mamlakatshunoslik yondashuvlari qanday farqlanadi?   
19. 
Kommunikativ  kompetensining  A1  darajada  egallanishini  ta’minlash 
uchun  sosilingvistik  materialni  tanlashda  qanday  birliklar  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi?   
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. Galskova N.D., Nikitenko Z.N. Teoriya i praktika obucheniya inostrannim 
yazikam. Nachalnaya shkola: Metodicheskoe posobie.  – M.: Ayriss-press, 2004. – 
240 s. 
2. Galskova N.D., Gez N.I. Teoriya obucheniya inostrannim yazikam. – M.: 
Akademiya, 2007. – 336 s. 

173 
 
3.  Gorlova  N.A.  Lichnostno-deyatelnostniy  metod  obucheniya  inostrannim 
yazikam  doshkolnikov,  mladshix  shkolnikov  i  podrostkov.  Teoreticheskie  osnovi. 
– M.: MGPU, 2010. – 248 s. 
4. Rodina N.M., Protasova Ye.Yu. Metodika obucheniya doshkolnikov 
inostrannomu yaziku: Ucheb. posobiya. – M.: Vlados, 2010. – 210 s. 
 
 
6-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  til  o‘qitish  metodikasining 
psixolingvistik  asoslari:    boshlangʻich  sinf  oʻquvchilariga  chet  til  oʻqitishda 
tillararo  interferensiyani  oldini  olish  usullari, 
nutqiy  faoliyatni  rivojlantirish  usuli, 
Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o  ‘qitishning  yoshga  oid  hususiyatlari,  1-2  sinf 
o‘quvchilarining 3-4 sinf o‘quvchilaridan farqlanishi, xotira, diqqat, tafakkur  
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  
Aqliy xujum 
Bevosita  jamoa  bo’lib  fikrlar  xujumini  olib  boorish.  Bu  uslubdan  maqsad 
mumkin  qadar  katta    miqdordagi  g’oyalarni  yig’ish,  talaba  (yoki    o’quvchi)  larni 
ayni  bir  xil  fikrlashdan  xoli  qilish,  ijodiy  vazifalarni  echish  jarayonida  dastlab 
paydo bo’lgan fikrlarni engishdir. 
Breynstorming 
Bu  atama  inglizcha  so’z  bo’lib,  ikki  tushunchadan  iborat:  brain-  miya, 
storming  –xujum,  bo’ron,  kattiq  xayajon.Uslubning  <  Miyani  xayajonga  solish> 
deb  yuritilishi  ,  uning  asl  moxiyatini  ochib  beradi,  lekin  bazida  uni  ijodiy  fikrlash>  deb  xam  tushunsa  bo’ladi.  Rus  tilida  uslub  
o’zbek  tilida  esa    yoki    deyilishi,  uning  asl 
moxiyatini saqlashga yordam beradi. 
          Bu  uslub  15  kishidan  ortiq  bo’lmagan  guruhlarda  o’tkaziladi.  Asosiy 
tamoiyil:  erkin  muloqot-munozara  jarayonida  berilgan  mavzu  asosida  yangi 
novatorlik  g’oya  ,  fikrlar  to’planadi.  Aytilgan  g’oya,  fikrlarning  sifatiga  emas 
ularning qanchalik ko’pligiga etibor qaratiladi. 
 

174 
 
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1.  Ingliz  tili  o‘qitishda  bolalarning  qanay  hususiyatlari  e’tiborga  olinishi 
lozim? 
2.  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  bilish  jarayonlarini 
ifodalaydigan tushunchalar talqinini bayon eting.   
3. «Nutq namunasi asosida chet til o‘qitish», «Og‘zaki nutqning ilgarilashi», 
«Chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish», «Nutqiy yo‘nalganlik», «Yaxlit o‘rgatish» 
tamoyillarining umumiy va farqli jihatlarini aniqlashtiring.  
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1.  Dorney  Z.  The  Psychology  of  the  Language  Learner:  Individual 
Differences  in  Second  Language  Acquisition.  –  NJ.:  Taylor  &  Francis  e-Library, 
2008. – 270 p. 
2.  Lightbown  P.S.,  Spada  N.  How  languages  are  learned.  –  L.:  Oxford 
University Press, 2006. – 234 p. 
3.  G‘oziev  E.  Umumiy  psixologiya:  Psixologiya  mutaxassisligi  uchun 
darslik. – T.: Universitet, 2006. – 534 b. 
4.  Williams  M.,  Burden  R.  L.  Psychology  for  language  Teachers.  A  social 
constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p.  
5. Wood D. How Children Think and Learn. – Oxford: Blackwell Publishers 
Limited, 1998. – 230 p. 
 
7
-mavzu
. 
Boshlang‘ich ta’limda chet til o‘qitishning psixologik asoslari: 
Kritik  davr  gipotezasi,  Eng  yaqin  rivojlanish  zonasi  nazariyasi,  Mediatsiya 
nazariyasi, 
«Kognitiv 
konstruktivizm» 
va 
«ijtimoiy 
konstruktivizm» 
nazariyalarining qiyosiy tahlili
 
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, muammoli 
ta`lim.  
O ‘quv-metodik topshiriqlar 
1. A.N.Xomski nazariyasi haqida o‘z fikringizni bayon eting.  

175 
 
2. “Kognitiv konstruktivizm”  va “ijtimoiy konstruktivizm”  nazariyalarining 
o‘hshash va farqli jihatlarini aniqlashtiring.  
3.  “Eng  yaqin  rivojlanish  zonasi”  tushunchasiga  berilgan  ta’riflarga 
munosabat bildirng.  
Tavsiya etiladigan adabiytolar. 
1.  Vigotskiy L.S. Mishlenie i rech. – M.: Labirint, 1999.– 352 c. 
2. Elkonin D.B. Psixologiya razvitiya. – M.: Akademiya, 2007. – 144 s. 
3. Piaje J. Rech i mishlenie rebyonka. – M.: Rimis, 2008. – 416 s. 
4.  Birdsong  D.,  Bialystok  E.,  Hakuta  K.  Second  Language  Acquisition  and 
the  Critical  Period  Hypothesis.  –  L.:  Lawrence  Erlbaum  associates  publishers, 
1999. – 182 p.  
5.  Lightbown  P.S.,  Spada  N.  How  languages  are  learned.  –  L.:  Oxford 
University Press, 2006. – 234 p. 
6.  Pinter  A.  Children  learning  second  languages.  Research  and  practice  in 
Applied Linguistics. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p. 
7. Williams M.,  Burden R.  L. Psychology  for  Language Teachers. A social 
constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p. 
8. Wood D. How Children Think and Learn. – Oxford: Blackwell Publishers 
Limited.1998. – 230 p. 
 
8-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  kommunikativ 
yondashuv  texnologiyalari:  mashqlar  sistemasi,  kommunikasiya  va  interaksiya 
mashqlari,  nazoratdagi  mashqlar,  skafolding  modeli,  topshiriqqa  asoslangan  til 
o‘qitish,  proyektga  asoslangan  faoliyat,  didaktik,  kommunikativ,  syujetli,  rolli 
o‘yinlar   
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari:  
Breynrayting 
Ushbu  uslubning  qo’llanishi  breynstorming  uslubiga  o’xshash  bo’lib,  faqat 
unda  barcha    g’oya,  fikrlar  yozma  bayon  etiladi.  Bu  esa,  o’z  g’oya  va  fikrlarini 

176 
 
og’aki  bayon  etishga  uyaladigan  yoki  qiynaladigan  bazi  tinglovchilar  uchun 
qulaylik  yaratadi.  Talaba  (yoki  o’quvchi)lar  tomonidan  yozilgan  fikralar, 
g’oyalarning  imloviy  va  uslubiy  xatolariga  e’tibor  qaratilmaydi  hamda  yozilgan 
fikrlar  oralarida  keyinchalik  hayolga  kelgan  fikrlarni  yozish  uchun  bo’sh  joylar 
ham qoldiriladi. 
Talaba (yoki o’quvchi)lar o’z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga 
chaqiradilar.G’oyalar  tahlili  keyinroq  o’tkaziladi.Bu  usuldan  foydalanganda, 
muammoni yechish variantlari imkon qadar ortadi. 
“Tarmoqlar” (Klaster) uslubi 
Fikrlashning  tarmoqlanishi  –pedagogik  strategiya  bo’lib,  u  talaba  (yoki 
o’quvchi)larning  biron-bir  mavzuni  chuqur  o’rganishlariga  yordam  berib  ularni 
mavzuga  taalluqli  tushuncha  yoki  aniq  fikrlarni  erkin  va  ochiq  uzviy  bog’lagan 
ketma-ketlikda tarmoqlashni o’rgatadi. 
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tarmoqlanadi:  
1. 
Hayolga kelgan har qanday fikr bir so’z bilan ifoda etilib ketma-ket yoziladi. 
2. 
Fikrlar  tugaguncha,  yozishda  davom  etiladi  va  fikrlar  tugasa  u  holda  yangi 
fikr kelgunga qadar biron rasm chizilib turiladi. 
3. 
Darsda  imkon  boricha  fikrlarning  va  o’zaro  bog’liqlik  ketma-ketligini 
ko’paytirishga harakat qilinishi lozim. 
O‘quv-metodik topshiriqlar 
1. Mashq deganda nimani tushunasiz? 
2.  Nazoratdagi  va  kommunikativ  mashqlarning  bajarilishidan  ko‘zlangan 
maqsadlarni aniqlashtiring.    
3. “Texnologiya” tushunchasini metodik tahlil eting.  
4. Skafolding atamasiga berilgan ta’riflarni umumlashtiring.  
5.  Metodik  terminlar  “pedagogik  texnologiya”  va  “ped-texnologiya”ni 
ifodalaydigan tushunchalar talqinini bayon eting.  
 
 
 

177 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1.  Brown.D.H.  Teaching  by  principles.  An  Integrative  Approach  to  Language 
Pedagogy. – NY.: PEARSON Longman, 2007. – 570 p.   
2. Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New York: 
McCraw-Hill, 2005. – 216 p. 
3.  Freeman  D.L.  Techniques  and  principles  in  language  teaching.  –  L.:Oxford 
University press, 2003.
 – 200 p. 
4.
 
Shukin  A.N.  Lingvodidakticheskiy  ensiklopedicheskiy  slovar:  bolee  2000 
yedinits. – M.: Akademiya, 2007. – 460 s. 
 
9-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishda baxolash:  
Bolalar maktab ostonasiga ijobiy (jismonan chiniqqan, tirishqoq va shijoatli, 
kirishimli)  va  salbiy  (tortinchoq,  injiq,  o‘jar,  qaysar,  kamgap)  individual 
xususiyatlari  bilan  qadam  qo‘yishadi.  Shuningdek  tashqi  qo‘zg‘atuvchilarga 
nisbatan  ta’sirlanishlari  bilan  ham  bir-birlaridan  ajralib  turishadi.  Masalan,  ba’zi 
o‘quvchilar  musiqadan  zavqlanishadi,  ba’zilari  ranglardan,  ayrimlari  esa  hamon 
tasavvurlaridagi ertaklar olamida yashaydi.  
Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasida  kichik  maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning til o‘rganish individual layoqatlari (individual language 
learning apptitude)
76
 va individual usullari (4MAT Learning styles)
77
 ham xisobga 
olinadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning chet til o‘rganish layoqatlarining 
yuqorio‘rta va past” nisbiy darajalari aniqlangan.  Chet til o‘rganish layoqat 
darajalari  o‘quvchilarning  a)  o‘quv  faoliyat  turining  ratsional  usullarini 
egallaganliklari, b)  verbal  xotira (so‘z  mantiq  xotrasi  va  ma’nosini  tushunib eslab 
qolish salmog‘i)ning rivojlanganligi, v) til qonuniyatlarini kashf qilib o‘rganilishini 
tezlashtiruvchi tafakkurning rivojlanganligi, g) diqqatni ongli  idora qila olish kabi 
individual  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  aniqlanadi.  Kichik  maktab  yoshidagi 
                                                             
76
 Edelenbos P., Johnstone R., Kubenak A. The main pedagogical principles underlying the teaching of languages to 
very young learners. Final Report of the EAC 89/04, Lot 1 study. 2006,  p. 68-69. 
77
 Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New York: McCraw-Hill, 2005. p-197. 

178 
 
o‘quvchilari  chet  til  o‘rganish  usullari  (learning  styles)ga  quyidagicha  ta’rif 
berilgan:  
-  Learning  styles  refers  to    “  ...an  individual’s  natural  habitual,  and 
preferred  ways of absorbing, processing, and retaining new  information 
and skills.”
78
.  
-  O‘rganish  usullari  “individning  yangi  axborot  va  malakalarni  xazm 
qilish, qayta ishlash va xotirada saqlashning tabiiy odatlashgan va afzal 
ko‘radigan yo‘llari”degan ma’noni ifodalaydi.  
Metodik  adabiyotlarda  chet  til  o‘rganish  usullari  turlicha  nomlanadi. 
Masalan  MakKarti  (MsCarthy:1996)  o‘rganish  usullarini  innovative,  analytic, 
sensitive,  dinamic,  deb  nomlagan  bo‘lsa  D.Nyunan    (D.Nunan:2003)  cognitive, 
sensory,  personality  kabi  kengroq  tushunchalarni  ifodalovchi  atamalardan 
foydalangan.  Yuqoridagi  atamalarga  berilgan  izoxlarni  umumiylashtirib  chet  til 
o‘rganish usullarini quyidagicha sharxlash mumkin:   
Innovatsion  o‘rganuvchilar  –  (innovative  learners)  til  materialini  nima 
sababdan va qanday maqsadda o‘rganish lozimligini aniq tushunib olishlari lozim. 
Ular  kontekstdagi  axborotni  yaxshi  o‘zlashtiradilar,  kundalik  xayot  va  tajribalari 
uchun  foydali  deb  hisoblamagan  yangi  ma’lumotni  qabul  qilmaydilar.  Ularning 
yoqtirgan savoli: “Nima uchun?” 
Taxlilchi  o‘rganuvchilar    -  (analytic  learners)  –  idrok  etishda  tartibli, 
maqsadga muvofiq, serqirra tahlil qilishadi. Lekin ba’zan muhim alomatlar chetda 
qolib  tasodifiy  belgilarga  e’tibor  qaratadilar.  Ular    o‘qituvchini  aqlu  idrok  sohibi, 
tiyrak,  sezgir,  mehribon  hatto  donishmand  inson  deb  biladilar.  O‘qituvchi 
siymosida  o‘zining  ezgu  niyati,  orzu-istagi,  ajoyib  his-tuyg‘ularini  ro‘yobga 
chiqaruvchi  mo‘tabar  shixsni  ko‘radi.  O‘qituvchining  obro‘si  oldida  ota-onalar, 
oilaning  boshqa  a’zolari,  qarindosh-urug‘lar,  tanish-bilishlarning  obro‘si  keskin 
pasayadi.  Shu  sababli  bunday  bolalar  o‘qituvchining  har  bir  so‘zini  qonun  deb 
bilishadi.  Ular  axborot  taqdim  etadigan  dalillarni  solishtirishga  qiziqishadi  va  til 
materialini yolg‘iz mashq qilishni ma’qul ko‘rishadi. Ular til materialini qismlarga 
                                                             
78
 Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. - p. 268. 

179 
 
ajratib  o‘rganishadi.  Taxlilchilar  yolg‘iz  ishlashni  ma’qul  ko‘rishadi  lekin  jamo 
bilan yaxshi o‘zlashtirishadi. Ularning yoqtirgan savoli: “Nima?” 
Kinesetik o‘rganuvchilar – (kinesthetic (tactile, auditory, visual) learners)  – 
xodisalarning  sodir  bo‘lishi  jarayonlarida  ishtirok  etishni  yoqtirishadi.  Ya’ni, 
manipulyasiya qilinadigan (manipulative), qo‘llar ishtirokida bajariladigan (hands-
on activity) tajribalarda bevosita ishtirok etishni istashadi. Ular kashf qilish, taxmin 
qilish,  tajribada  sinab  ko‘rish,  muammo  yechimini  topish  kabi  mashg‘ulotlarda 
faollik  ko‘rsatishadi.  Ular  iste’dodli  o‘quvchi  sifatida  tan  olinish  uchun  bor 
imkoniyatlarini  ishga  solishadi  va  boshqalarga  ham  o‘z  iqtidorini  namoyish 
etishlariga  ko‘maklashishdan  zavqlanishadi.  Ular  tashqi  muxitga  (issiq,  sovuq, 
yorug‘likka)  va  til  o‘rganish  muxitiga  ta’sirchan  bo‘lishadi.  Ularning  yoqtirgan 
savoli: “Bu qanday ishlaydi?”  
Dinamik  o‘rganuvchi  –  (dynamic  (left/right  brain)  learners)  serxarakat 
bo‘lib mastaqil kashf qilib o‘rganishni yoqtiradi, o‘ziga ishonadigan, tashabbuskor 
va  bilganlarini  boshqalarga  ham  o‘rgatishni  yoqtiradi.  Mustaqil  ta’lim  u  uchun 
foydali  bo‘lsada  kommunikativ  rolli  o‘yinlarda  tashabbusni  o‘z  qo‘liga  oladi.  U 
yumor  xissiga  ega  va  yaxshi  suxbatdosh,  ziddiyatli  munosabatlarda  vaziyatni 
yumshata oladi. U yoqtirgan savol: “Agarda..?”   
Kichik 
maktab 
yoshidagi  o‘quvchilar  o‘quv 
foliyati  davomidagi 
muvafaqqiyatlari  bilan  atrofdagilarda  ijobiy  taasurot  qoldirishga  moyil  bo‘lishadi. 
Bunday  moyillik  muvafaqqiyatga  erishish  ishtiyoqini  kuchaytiradi.  Muvofaqqiyat 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining predmetga nisbatan qiziqish va uni o‘rganishga  
motivatsiyasini  oshirishda  muxim  omil  sanaladi.  Ma’lumki  chet  tildan  bilim, 
malaka va ko‘nikmalarni egallanganligini aniqlashning  me’yorlarga asoslanadigan 
va  me’zonlarga  asoslanadigan  yondashuvlari  mavjud.  Me’yoriy  yondashuvda 
o‘quvchi  bilimi  dasturiy  talablar  asosida  yoki  sinfning  o‘rtacha  ko‘rsatkichiga 
nisbatan  baxolanadi.  Lekin  bunday  baxolash  usuli  qo‘llanilganida  o‘quvchining 
shaxsiy  ko‘rsatkichlari  inobatga  olinmaydi.  Masalan,  chorak  boshida  minutiga  15 
ta so‘z o‘qish tezligiga ega bo‘lgan o‘quvchi chorak yakunida minutiga 20 ta so‘z 
o‘qish  tezligini  qayd  etdi.  Uning  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichi  o‘rtachaga  yetmagan 

180 
 
bo‘lsada  ma’lum  darajada  yuqoriladi.  Lekin  chorak  boshida  minutiga  20  ta  so‘z 
o‘qish tezligiga ega o‘quvchi chorak yakunida minutiga 22 ta so‘z natija ko‘rsatdi. 
Bunda  birinchi  o‘quvchi  5  (koifitsentda)  pog‘ona  yuqorilagan  bo‘lsa,  ikinchi 
o‘quvchi  2  (koifitsent)  pog‘ona  yuqoriladi.    Ya’ni,  natija  yuqori  bo‘lmasada 
birinchi  o‘quvchi  o‘rtacha  daraja  ko‘rsatkichiga  erishish  uchun  ikkinchi 
o‘quvchiga  nisbatan  ko‘proq  xarakat  qildi.  Soxaga  oid  pedagogik  adabiyotlarda 
(S.Halliwell  –  1993;  A.Pinter  -  2006)  o‘quvchilarning  individual  ko‘rsatkichlarini 
inobatga  oladigan,  raqobatchilik  kayfiyatidan  xoli  va  motivatsiyasini  oshiradigan 
bola  parvar  baxolash  (child  friendly  assessment)  me’zonlari  tavsiya  etilmoqda. 
Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchi  baxolarga  nisbatan  o‘ta  ta’sirchan  bo‘ladi    va 
“sen  buni  yomon  bajarding”  mazmunidagi  tanbexni  “sen  yomonsan”  deya  qabul 
qilishadi.  SHuning  uchun  o‘quvchilar  bilimini  baxolashda  dastlabki  o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichi  bilan  qayd  etilgan  natija  orasidagi  farq  inobatga  olinishi  lozim. 
O‘quvchining  eng  kichk  yutug‘i  ham  “Balli,  sen  bugun  avvalgidan  tezroq 
o‘qiyapsan”, “Sen chiroyli gapiryapsan, muvofaqqiyatingdan xursandman” tarzida 
e’tirof  etilishi  kerak.  Bunday  rag‘bat  o‘quvchini  ilxomlantirada  va  o‘quv 
predmetiga  nisbatan  qiziqishini  oshiradi.  O‘quvchilarda  o‘z-o‘zini  baxolash 
ko‘nikmalarini  shakllantirishning  “language  portfolio”  metodi  ham  mutaxassislar 
(Popham  -1999,  Chen  &  Martin  –  2000,  Stiggins  –  2001,  A.Pinter  –  2006, 
McMillan  -  2007)  tomonidan  ijobiy  baxolanmoqda.  Yosh  davrining  o‘ziga  xos 
xususiyatidan kelib chiqib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baxolashda a) o‘quvchiga 
shaxs  sifatida  xayrixoh  munosabatda  bo‘lish,  b)  sezilarli  natija  qayd  etilmasada 
o‘quvchining topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan intilishlariga ijobiy munosabatda 
bo‘lish,  v)  topshiriqning  qiynlik  darajasidan  kelib  chiqib  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni 
aniq tahlil qilish, 4) erishilgan natijani yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berish 
tavsiya etiladi.  Ya’ni, a’lo baxo olish uchun, nonushtaga, obedga va tushlik uchun 
nimalar  istemol  qilish  to‘g‘risida  gapirib  berishi  zarurligi  haqidagi  o‘qituvchi 
baxosi o‘quvchini o‘z ustida ishlashga undaydi.  
Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar  uchun  chet  tildan  muloqot  vositasi 
sifatida  foydalanishga  extiyojni  vujudga  keltiradigan  shaxsiy  sabablarni  (maktab 

181 
 
xududida  belgi,  ko‘rsatkich,  e’lon  va  shiorlarni  ikki  tilda  o‘rnatish,  o‘zaro  chet 
tilda  yozishmalar  tashkil  etish,  o‘rganilayotgan  chet  tildagi  multfilm  va  badiiy 
filmlar  namoyish  etish)  hosil  qilish  va  o‘quvchilarning  chet  til  o‘rganishga 
ishtiyoqini  kuchaytiradigan  tadbirlar  (o‘rganilayotgan  chet  tilda  shaxsning 
kommunikativ  faoliyatga  yo‘naltirilgan  rolli  o‘yinlar,  saxna  ko‘rinishlari  va 
tanlovlar) o‘tkazish  maqsadga muvofiqdir.  
 
Yuqoridagi matnni talabalar juft bo‘lib o‘qib chiqishadi va quyidagi 
texnologiyalar asosida mash‘gulot tashkil etiladi. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling