Namangan davlat universiteti


Download 2.93 Mb.
Pdf просмотр
bet21/23
Sana15.12.2019
Hajmi2.93 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

           
Kursni o
ʻqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
“Boshlangich sinflarda chet tili ukitish metodikasi” kursini ukitishda darslik, 
kullanma  (ularning  ayrimlari  dasturning  foydalanilgan  adabiyotlar  kismida 
kursatilgan),  maruza  matnlari,  zamonaviy    pedagogik    va  informatsion  
texnologiyalar    usullari,  audio  va  video  kassetalar,  tarkatma  materiallar,  jadvallar 
va boshka kurgazmali kurollardan foydalaniladi.  
“Boshlangich  sinflarda  chet  tili  ukitish  metodikasi  ”  kursini 
loyihalashtirishda kuyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:  
Shaxsga  yunaltirilgan  ta`lim.  Bu  talim  uz  moxiyatiga  kura  talim 
jarayonining  barcha   ishtirokchilarini  tulakonli rivojlanishlarini kuzda tutadi.   Bu 
esa    ta`limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma`lum  bir  ta`lim  oluvchining  
shaxsini    emas,    avvalo,    kelgusidagi    mutaxassislik  faoliyati  bilan  boglik  ukish 
masadlaridan kelib chikkan xolda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini uzida  
mujassam etmogi  lozim:  jarayonning  mantikiyligi,  uning barcha boginlarini  ozaro 
boglanganligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yunaltirilgan  yondoshuv.  SHaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga,  ta`lim  oluvchining  faoliyatni  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish, 
ukuv  jarayonida  uning  barcha  kobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yunaltirilgan talimni ifodalaydi.  
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  ukuv  munosabatlarini  yaratish 
zaruriyatini    bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  uz-uzini  faollashtirishi  va  uz-
uzini kursata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  

228 
 
Xamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi 
va  ta`lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baxolashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni karatish zarurligini bildiradi.  
Muammoli  ta`lim.  Ta`lim  mazmunini  muammoli  tarzda  takdim  kilish 
orkali  ta`lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  
bilimni obektiv karama-karshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  kullashni 
mustakil ijodiy faoliyati taminlanadi.  
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo
ʻllash  
-  yangi  kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  ukuv  jarayoniga qo
ʻllash.  
O‘qitishning  usullari  va  texnikasi.  Maruza  (kirish,  mavzuga  oid, 
vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, 
amaliy ishlar.  
O‘qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  mulokot  xamkorlik  va 
uzaro urganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.  
O‘qitish    vositalari:  ukitishning    an`anaviy    shakllari  (darslik,  maruza 
matni) bilan bir katorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan    operativ    teskari  alokaga 
asoslangan  bevosita  uzaro  munosabatlar.  Teskari  aloka  usullari  va    vositalari: 
kuzatish,  blits-surov,  oralik  va  joriy  va  yakunlovchi  nazorat    natijalarini    tahlili  
asosida  ukitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  ukuv  mashguloti  boskichlarini  belgilab  
beruvchi  texnologik  karta  kurinishidagi  ukuv  mashgulotlarini  rejalashtirish, 
kuyilgan  maksadga  erishishda  ukituvchi  va  tinglovchining  birgalikdagi    xarakati, 
nafakat  auditoriya  mashgulotlari,  balki  auditoriyadan  tashkari  mustakil  ishlarning 
nazorati.  
Monitoring  va    baxolash:  ukuv  mashgulotida    xam  butun  kurs  davomida 
xam  ukitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  
torshiriklari  yoki  yozma  ish  variantlari  yordamida  tinglovchilarning  bilimlari 
baxolanadi.  
 
 

229 
 
AMALIY MASHG‘ULOTLARNING TAVSIYA ETILADIGAN 
MAVZULARI 
1-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  metodikasining 
ta’limshunoslik  asoslari:  boshlang‘ich  ta’limda  chet  til  o‘qitish  konsepsiyalari,  
boshlang  ‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o  ‘qitishning  didaktik,  psixologik,  lingvistik, 
metodik tamoyillari 
2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o ‘quv fanining hususiyatlari
ta’lim sharoiti tushunchalardan kelib chiqib zamonaviy  metodikada kichik maktab 
yoshida  chet  tilni  tabiiy  muhitda  o‘zlashtirish  va  uni  maktab  sharoitida 
o‘rganilishining  ob’ektiv  qonuniyatlarini  ilmiy  jihatdan  asoslovchi  nazariyalar, 
boshlang‘ch  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  maqsad  va  vazifalari,  boshlang‘ich 
sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  amaliy,  ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 
maqsadlari,  boshlang‘ch  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  vositalari,  o‘qitish  mazmuni, 
til  materiali,  til  birligi,  nutq  mavzusi,  o‘qitish  vositasi,  darslik  majmua,  bilim, 
malaka, ko‘nikma 
3-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasining 
tilshunoslik  asoslari:  boshlang  ‘ich  sinflarda  chet  til  o  ‘qitish  metodikasining 
lingvistik  asoslari,  lingvistik  kompetensiya,  sosiolingvistik  kompetensiya, 
pragmatik kompetensiya, ingliz-o‘zbek tillarida nutq rivojlanishi filo va ontogenezi 
hamda  leksik  va  grammatik  ko‘nikmalarning  rivojlanishi  bo‘yicha  o‘xshash  va 
farqli xususiyatlari 
4-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  chet  til  o‘qitish  metodikasining 
psixolingvistik  asoslari:  nutq  fiziologiyasi  (lingvofiziologiya)da,  nutqning  sodir 
bo‘lishi  va  uni  idrok  etilishi,  ona  tili  va  chet  tilda  leksik  ko‘nikmalarning 
shakllanishi,  ot  va  fe’llarning  morfologik  xususiyatlari,  ona  tili  va  chet  tilda 
grammatik 
ko‘nikmalarning 
rivojlanishi, 
kontrastiv 
gipoteza, 
tillararo 
interferensiya  
5-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitish  metodikasining 
sosiolingvistik 
asoslari: 
sosiolingvistik 
kompetensiya, 
madaniyatlararo 
kompetensiya,  tili  o‘rganilayotgan  mamlakat  xalqlariga  xos  urf-odatlar,  e’tiqod, 
marosimlar,  san’at  turlari,  folklor,  axloq-odob  me’yorlari,  maqol,  matal,  ertak, 
milliy  qahramonlar,  kiyim-kechak,  taomlar,  kundalik  mashg‘ulotlar,  boshlang‘ich 
sinf  o‘quvchilari  uchun  sosiolingvistik  material  tanlash  xususiyatlari,  empirik 
yondashuv,  lingvistik  yondashuv,  sosiolingvistik  mazmun  (material)ni  tanlash 
yondashuvlari, sosiolingvistik materialni tanlash birliklari va prinsiplari 
6-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  til  o‘qitish  metodikasining 
psixolingvistik  asoslari:    boshlangʻich  sinf  oʻquvchilariga  chet  til  oʻqitishda 
tillararo  interferensiyani  oldini  olish  usullari, 
nutqiy  faoliyatni  rivojlantirish  usuli, 

230 
 
Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o  ‘qitishning  yoshga  oid  hususiyatlari,  1-2  sinf 
o‘quvchilarining 3-4 sinf o‘quvchilaridan farqlanishi, xotira, diqqat, tafakkur  
7
-mavzu
. 
Boshlang‘ich ta’limda chet til o‘qitishning psixologik asoslari: 
Kritik  davr  gipotezasi,  Eng  yaqin  rivojlanish  zonasi  nazariyasi,  Mediatsiya 
nazariyasi, 
«Kognitiv 
konstruktivizm» 
va 
«ijtimoiy 
konstruktivizm» 
nazariyalarining qiyosiy tahlili
 
8-mavzu.  Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  o‘qitishning  kommunikativ 
yondashuv  texnologiyalari:  mashqlar  sistemasi,  kommunikasiya  va  interaksiya 
mashqlari,  nazoratdagi  mashqlar,  skafolding  modeli,  topshiriqqa  asoslangan  til 
o‘qitish,  proyektga  asoslangan  faoliyat,  didaktik,  kommunikativ,  syujetli,  rolli 
o‘yinlar   
 
MUSTAQIL TA
ʻLIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI 
“Boshlang
ʻich sinflarda chet tilini oʻqitish metodikasi” kursi boʻyicha 
mustaqil ta`lim kutubxona yoki internet saytlari orqali quyida berilgan  mavzularni 
o
ʻqib  oʻrganish,  maktabda  mashgʻulot  tashkil  etish  va  darslarni  kuzatish  shaklida 
tashkil etiladi. Talabalar quyidagi mavzular asosida ma`lumotlar to
ʻplashlari, ushbu 
mavzular  asosida  o
ʻqigan  ilmiy  maqolalarga  taqriz  yozib,  oʻz  portfoliolariga 
kiritishlari talab qilinadi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 

   mul
ʻtisensor ta`lim uslublari (vizual, audio, kinestet, taktil); 

   ta`limning samarali strategiyalari; 

   bolalarga autentik kitoblarni o
ʻqib berishning afzalliklari; 

   boshlang
ʻich ta`limda informatsion texnologiyalardan foydalanish; 

   bolalarda madaniyatlararo bag
ʻrikenglikni rivojlantirish; 

   portfolio bilan ishlash; 

   o
ʻyinlar va qoʻshiqlar yordamida boshlangʻich maktabda chet tilini 
      o
ʻqitishning samarali usuli; 

   boshlang
ʻich maktabda chet tilini oʻqitishning loyiha metodi; 

   ertaklar chet tilini o
ʻqitishda motivatsiyani oshirish vositasi sifatida; 

   chet tillarni kichik yoshda o
ʻqitish: kamchilik va yutuqlar; 

   chet tili darslarida videomateriallardan foydalanish; 
 
 

231 
 
FOYDALANISH UCHUN TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR 
1. 
Галскова  Н.Д.,  Никитенко  З.Н.  Теория  и  практика  обучения 
иностранним язикам. Началная школа: Методическое пособие. – М.: Айрисс-
пресс, 2004. – 240 с. 
2. 
Горлова Н.А. Личностно-деятелностний метод обучения иностранним 
язикам дошколников, младших школников и подростков. Теоретические 
основи. – М.: МГПУ, 2010. – 248 с. 
3. 
Jalolov  J.J.  Chet  til  o‘qitish  metodikasi:  chet  tillar  oliy  o‘quv  yurtlari 
(fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 
4. 
Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov  Sh.S.  English  Language  Teaching 
Methodology. – T.: Fan va Texnologiyalar, 2015. – 336 b. 
5. 
Cameron  L.  Teaching  Languages  to  Young  Learners.  Cambridge: 
Cambridge University Press, 2005. – 158 p. 
6. 
Enever J., Moon J., Raman U. Young Learner English Language Policy and 
Implementation: International Perspectives. – UK., Garnet Publishing Ltd. 2009. – 
242 p. 
7. 
Gordon  T.  Teaching  young  children  a  second  language.  –  Greenwood 
Publishing Group, 2007. – 234 p. 
8. 
Halliwell  S.  Teaching  English  in  the  Primary  classroom.  –  NY.:  Longman, 
2003. – 178 p. 
9. 
Lightbown  P.S.,  Spada  N.  How  languages  are  learned.  –  L.:  Oxford 
University Press, 2006. – 234 p. 
10. 
 Linse  C.T.  Practical  English  Language  Teaching:  Young  Learners.  –  New 
York: McCraw-Hill, 2005. – 216 p. 
11. 
Moon  J.  Children  Learning  English.  A  guidebook  for  English  language  teachers.  –  Macmillan, 
2005. – 184 p. 
12. 
Pinter  A.  Children  learning  second  languages.  Research  and  practice  in  Applied  Linguistics.  – 
UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p. 
 
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR 
1. Mirziyoev  Sh.M. Erkin  va  farovon demokratik O
ʻzbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. Toshkent, “O
ʻzbekiston” NMIU, 2017. – 29 b. 
2.  Mirziyoev  Sh.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  tahminlash  yurt 
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O
ʻzbekiston” NMIU, 2017. – 47 b. 
3.  Mirziyoev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz
 
bilan birga quramiz. “O
ʻzbekiston” NMIU, 2017. – 485 b. 
4.  O
ʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  “Oʻzbekiston 
Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo
ʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi 
PF-4947-sonli  Farmoni.  O
ʻzbekiston Respublikasi  qonun  hujjatlari toʻplami, 2017 
y., 6-son, 70-modda 

232 
 
5.  Mirziyov  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat
ʻiy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  – 
har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo
ʻlishi  kerak.  Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga 
bag
ʻishlangan  majlisidagi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  nutqi.  //  Xalq 
so
ʻzi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. 
6. O
ʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: Oʻzbekiston, 2017. – 46 b 
7.  Umumiy  o‘rta  ta
ʻlim  maktablari  uchun  ingliz  tili  o‘quv  dasturi.  Tuzuvchilar: 
J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta
ʻlimi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b. 
8.  Umumiy  o‘rta  ta
ʻlim  maktablari  boshlang‘ich  sinflar  uchun  darslik  majmua. 
Kids
ʻ  English  Class  1,2,3,4.  A.T.Irisqulov,  S.Xan  va  mualliflar  jamoasi.  –  T.: 
O‘zbekiston, 2013. 
9.  Common  European  Framework  of  Reference  for  Languages:  Learning, 
Teaching, Assessment. Language Policy Unit, Strasbourg. 2010. – 274 p. Electron 
resource:  http://www.coe.inlA/dg4/Lingustics/Sourse/CEFR_EN.pdf.  Access  date: 
6.08.2019. 
10.  European  Community  Council  Resolution  of  16  December  1997  on  the  early 
teaching  of  European  Union  Languages.  Electron  resource: 
http://eur-
lex.europa.eu/legal-content/EN/ALL/?uri=CELEX:31998Y0103%2801%29

Access date: 05.08.2019. 
 
VEB SAYTLAR: 
 
1. 
www.free-clipart-pictures.net
  
2. 
www.teacherspayteachers.com
  
3. 
www.fontspace.com
  
4. 
www.theteacherscorner.net
  
5. 
www.print-a-poster.com
  
6. 
www.topmarks.co.uk
  
7. 
www.puzzle-maker.com/CW
  
8. 
www.toolsforeducators.com
  
9. 
www.abcteach.com
  
10.
www.nationalgeographic.com/kids/games
  
11. youtube.com/watch Simple English Warm Up Songs For Kids - Best English 
Songs For Kids. 

233 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
IINGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI 
 
       «T A S D I Q L A Y M A N» 
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b., 
____________ dots., D.Dexqonov 
 «___» ______________2019 yil  
 
 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISH 
 
 
 FANINING  
ISHCHI O’QUV DASTURI 
2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun 
 
 
Bilim sohasi: 
 
          100000 – Gumanitar soha 
Ta’lim  yo

nalishi:  
 
 110000 – Pedagogika 
Ta’lim yo

nalishi:  
5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)  
 
 
  
NAMANGAN – 2019 

234 
 
Mazkur ishchi o’quv-dastur NamDU kengashining 2019-yil   _-iyundagi  _ -sonli 
yig’ilishida tasdiqlangan muvaqqat dastur asosida tuzildi. 
 
Tuzuvchi:    
 
          
G.Sh.Tajibayev    
 
 
Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi  
                                                        dotsenti v.v.b., Ped.f.d., (PhD) 
 
 
Fanning  ishchi  o‘quv  dasturi  Ingliz  tili  o‘qitish  metodikasi    kafedrasining 
2019  yil  __-  iyuldagi  __–sonli  yig‘ilishida  muhokamadan  o‘tgan  va  fakultet  
Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.  
 
 
 
 
Kafedra mudiri:             
                            S.Daminjanov 
 
 
 
Ishchi o‘quv dastur Ingliz filologiyasi fakultetining 2019 yil  __-avgustdagi  
1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan. 
  
 
 
 
Fakultet kengashi raisi:             
 
           S.Misirov   
 
 
Kelishildi:  
 
     
O‘quv-uslubiy boshqarma  boshlig‘i:                    Z.Mo‘minov 
 
© Namangan davlat universiteti 

235 
 
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni  
Mazkur  dastur  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10 
dekabrdagi  “Chet  tillarni  o’rganish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora- 
tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-1875-son  qarori  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2016  yil  26  martdagi  “Umumta’lim  muassasalarining 
chet tillar o’qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo’shimcha 
chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  67-son  qarorida  belgilangan  vazifalar  ijrosini 
ta’minlash maqsadida yaratildi. 
Dastur “Boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitish metodikasi” kursi bo‘yicha 
36  soatlik  mashg’ulotlarga  mo’ljallangan  bo’lib,  “Xorijiy  til  va  adabiyoti  (tillar 
bo’yicha)”,  “Filologiya  va  tillarni  o’qitish”  (tillar  bo’yicha)  ta`lim  yo’nalishlari 
bo’yicha  kadrlar  tayyorlayotgan  oliy  ta`lim  muassasalarining  bitiruvchi  kurs 
talabalari uchun mo’ljallangan. 
Kurs  “Xorijiy  til  va  adabiyoti  (tillar  bo’yicha)”,  “Filologiya  va  tillarni 
o’qitish”  (tillar  bo’yicha)  ta`lim  yo’nalishlari  o’quv  rejasidagi  umumkasbiy  va 
ixtisoslik  fanlari  bilan  uzviy  bog’liq.  Talabalarning  kursni  muvaffaqiyatli 
o’zlashtirishlari uchun “Chet til amaliy kursi” (B2 daraja), “Asosiy o’rganilayotgan 
chet  til”  (B2  daraja),  “Tillar  o’qitish  metodikasi  va  ta`lim  texnologiyalari”, 
“Pedagogika”,  “Psixologiya”,  “Mamlakatshunoslik”  hamda  o’rganilayotgan  chet 
tilining  nazariy  kurslari  –  “Til  nazariyasi”,  “Stilistika  va  matn  tahlili”,  “Nazariy 
grammatika  va  fonetika”,  “Qiyosiy  tipologiya”,  “Tarjima  nazariyasi”  kabi 
fanlardan zaruriy bilimlarga ega bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
O‘quv fanining maqsad va vazifalari 
Fanning  maqsadi  –    talabalarning  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarga 
zamonaviy  horijiy  tillarni  o‘qitishning  yondashuv,  metod  va  innovatsion 
pedagogik  texnologiyalari  haqidagi  tasavvurni  shakllantirish.    Shuningdek  kichik 
maktab  yoshidagi  o‘quvchilarining  yoshga  oid  psixofiziologik  hususiyatlarini 
inobatga    olib  boshlang‘ich  ta’limda  ingliz  tilini  muvafaqqiyatli  va  samarador 
o‘rganilishi  va  o‘rgatilishini  ta’minlash  bo‘yicha  yo‘nalish  profiliga  mos  bilim, 
ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. 
Fanning vazifasi – talabalarda  mamlakatimizdagi chet til ta’limi  sharoitida  
kichik  maktab  yoshida  ingliz  tilini  A1  darajada  muvafaqqiyatli  o‘rganilishini 
ta’minlashga  hizmat  qiluvchi  pedagogik  texnologilalarni  qo‘llash  ko‘nikmalarini 
hosil  qilish,  boshlang‘ich  ta’limda  chet  til  o‘qitish  amaliyoti  bo‘yicha  xorijiy  va 

236 
 
ananaviy  tajribalar,    kichik  yoshdagi  o‘quvchilarning  chet  til  o‘rganish  layoqati, 
usul  va  strategiyalari  bilan  tanishtirish,  ularning  hotira,  diqqat,  tafakkur  kabi 
yoshga doir hususiyatlarini o‘rgatishdan iborat.   
 
Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar 
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida 
amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 
- boshlang‘ich sinflarda  ingliz tili o‘qitishning amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy  va 
rivojlantiruvchi maqsadlari; ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganish va o‘rgatishning 
lingistik,  psixolingvistik,  psixologik,  didaktik,  lingvodidaktik  va  pedagogik 
tamoyillari; boshlang‘ich chet til ta’limining nazariy asoslari haqida bilishi kerak. 
-  talaba  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  yoshga  doir  psixologik 
xususiyatlari,  til  tajribalari  va  til  o‘rganish  layoqatlarini  aniqlay  olish; 
o‘quvchilarning  chet  til  o‘rganishdagi  individual  hususiyatlari  (giperfaollik, 
taxlilchilik, tortinchoqlik,  muloqotchanlik)ga qarab ajratish;  ularni aniqlash; suniy 
sinfxona  sharoitida  o‘quvchilarni  ingliz  tilidan  muloqot  vositasi  maqomida 
foydalanishga  ichki  turtkisi  (motivatsiyasini)  oshirish  va  mashg‘ulotlarda  til 
materialini  samarali  o‘zlashtirilishini  ta’minlovchi  pedagogik  texnologiyalardan 
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
-  talaba  o‘quvchilarning  chet  til  o‘rganish  maqsadlarini  aniqlash  bo‘yicha 
so‘rovnomalar  o‘tkazish,  kommunikativ,  syujetli,  rolli  va  didaktik  o‘yin 
texnologiyalarni  sinf  o‘quvchilarining  individual  xususiyatlaridan  kelib  chiqib 
takomillashtirish;  chet  til  o‘qitish  usullari;  darslik-majmua  va  ta`limning  turli 
texnik  vositalaridan  unumli  foydalanib  mashg‘ulot  sifati  va  samaradorligini 
oshirish;  til  materiali  va  nutq  mavzulariga  moslab  turli  tarqatma  materiallar  
tayyorlash malakalariga ega bo‘lish kerak. 
 
 Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi 
Fanga  umumiy  64  soat  ajratilgan  bo‘lib,  shundan  auditoriya  mashg‘ulotlari 
34 soat bo‘lib, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o‘tiladi.  
Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti 

237 
 
 
 
Kursni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
        Kursni o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan ta`lim metodi va chet tilini o’qitishga 
kommunikativ  yondashuvdan  maksimal  darajada  foydalaniladi.  Mashg’ulotlarda 
darslik  va  o’quv  qo’llanmalardan  tashqari  autentik  materiallar:  audio,  video, 
kasbga  doir  jurnallar,  internet  manbalaridan,  interaktiv  usullarni  qo’llagan  holda 
aqliy  hujum,  keys-stadi,  loyihalar  tayyorlash,  rolli  o’yin,  debatlar,  prezentatsiya 
metodlaridan  keng  foydalaniladi.  Mazkur  kursning  yakuniy  natijasi  sifatida 
talabalarning boshlang’ich sinflarda interaktiv dars olib borishlarini inobatga olgan 
holda,  kursni  faqat  ma`ruza  shaklida  emas  balki  amaliy  shaklda  xam  olib  borish 
maqsadga muvofiqdir. 
          Chet  tillarni  o’qitish  jarayonida  o’yinli  topshiriqlardan  foydalanish  katta 
ahamiyatga  ega  bo’lib,  o’yinlar  chet  tillarni  boshlang’ich  bosqichda  o’qitishni 
tashkil  etish  va  bolalarda  chet  tili  kommunikativ  ko’nikmalarini  shakllantirishda 
eng  samarali  usullardan  biri  sanaladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2012  yil  10  dekabrdagi  “Chet  tillarni  o’rganish  tizimini  yanada  takomillashtirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-1875-son  qarorida  ham  “Chet  tilini  o’rganish 
“umumta`lim  maktablarining birinchi sinflarida o’yin tarzidagi darslar  va og’zaki 
nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa alifbo, o’qish va grammatikani 
o’zlashtirishdan  bosqichma-bosqich  boshlanadi”,  –  deb  ta`kidlangan.  Ushbu  kurs 
bo’yicha  mashg’ulotlarga  jalb  etilgan  professor-o’qituvchilar  mashg’ulotlar 
jarayonida yuqoridagi talablarni inobatga olishlari lozim. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling