Namangan Davlat Universiteti Yuridik fakulteti yurisprudensiya yo’nalishi kechki ta’lim 2-kurs K. Yu. Fu-20 guruh talabasi Bo’riboyev Humoyunbekning Jinoyat huquqi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 245.91 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi245.91 Kb.
#1154355
  1   2   3   4
Bog'liq
Javobgarlikdan va jazodan ozod qilish

Namangan Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi Yu_DU_21 guruh talabasi Mo'minjonov Oybekning Jinoyat huquqi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

MAVZU:JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISh Reja: 1. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish. 2. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish. 3. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish.

Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil; b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil; v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil; g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi. Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.

Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.


Download 245.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling