Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlari va ularning tasnifi - Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar subyektlari ikki guruhga bo'linadi: ishda ishtirok etuvchi shaxslar; odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning majburiy subyektlari boMib sud, da'vo tartibidagi oiganlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlarda taraflar, shuningdek, alohida tartibda yuritiladigan ishlarda arizachi va manfaatdor shaxslar hisoblanadi.
- Sud fuqarolik protsessual huquqiy munosabatning majburiy subyekti hisoblanadi. Davlat hokimiyatining muhim organi sifatida sud odil sudlovni amalga oshiradi, sud protsessiga boshchilik qiladi, sud ishlarini yuritishda eng muhim (ustun) vaziyatni egallaydi. Chunki faqat sudya tom onidan da’vo arizasi qabul qilingan taqdirdagina fuqarolik ishi qo‘zg‘atiladi, ish yuzasidan muayyan protsessual harakatlar amalga oshiriladi, ish mazmunan hal qilinadi va h.k. Bunday vakolatga ega bo‘lmasdan turib sudlar odil sudlovni hamda fuqarolik ishlari bo'yicha sud ishlarini yuritish oldida turgan vazifalami bajara olmaydi.
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi shaxslar tashkil qiladi. Taraflar, uchinchi shaxslar, taraflar va uchinchi shaxslarning vakillari, prokuror, protsessda boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi (FPKning 33-moddasi). - Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi shaxslar tashkil qiladi. Taraflar, uchinchi shaxslar, taraflar va uchinchi shaxslarning vakillari, prokuror, protsessda boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi (FPKning 33-moddasi).
- Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi guruhini odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tashkil etadi. Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, taijimonlar, yozma va ashyoviy dalillami saqlovchilar, xolislar, ijro ishlarini yuritishda mol-mulkni saqlovchilar odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar hisoblanadi (FPKning 35-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |