Namangan Davlat unversiteti Biotexnologiya fakulteti meu-au-22 Guruh talabasi Yo’ldashaliyeva Sitorabonuning Qishloq xo’jaligida agrometerologiya fanidan tayorlagan taqdimoti


Download 7.44 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.44 Kb.
#1551043
Bog'liq
SITORA

Namangan Davlat unversiteti Biotexnologiya fakulteti MEU-AU-22 Guruh talabasi Yo’ldashaliyeva Sitorabonuning Qishloq xo’jaligida agrometerologiya fanidan tayorlagan taqdimoti

Mavzu; Qishloq xo’jalik ekinlarini qora sovuqlardan himoya qilish

REJA

  • Qora sovuqlardan himoya qilish turlari
  • Ekinlarni qora sovuqdan himoya qilish va sovuq urishini oldini olish
  • Ekinlarni Himoya qilishning yangicha usulari

Hozirgi vaqtda qimmatli qishloq xo'jalik ekinlarini qora sovuqlardan himoya qilish uchun tutun hosil qilish, o'sim likni plyonka bilan yopish (o'rash), egatlab va yomg’rlatib sug‘orish, havoni aralashtirish, ekinlarni kech muddatlarda ekish, qora sovuq kamroq hosil bo'ladigan dalalarni tanlash, ekinlarning tezpishar va qora sovuqqa chidamli navlarini ekish kabi usullar qo‘llaniladi
Tutun hosil qilish. Ekinlarni qora sovuqlardan himoya qilishning eng qadimdan beri qo'llanadigan va keng tarqalgan usuli tutun hosil qilishdir. Bu usul asosan ekinlarni radiatsion qora sovuqlardan himoya qilish uchun qo’laniladi. Yonish mahsulotlari g'aramini yoqqanda undan ko’tarilgan tutun himoya qilinayotgan dala ustida tutun pardani vujudga keltiradi. Tutun parda ostidagi havo va taglik sirt haroratining ortishi bir necha omillar majmuyida ro'yobga chiqadi: tutun hosil qiluvchi moddalarning yonishida ajralgan issiqlik hisobiga havo isiydi va qora sovuq kuchini kamaytiradi, havodagi suv bug’ning kondensatsiyasidan issiqlik ajraladi, tutun parda taglik sirtning samarali nurlanishini kamaytiradi.
Bundan tashqari tutun parda ertalabki soatlarda to‘g ‘ri quyosh radiatsiyasining o'sim likka bevosita tushishidan pana qiladi. Bunda o'sim likning muzlagan to'qim alari (agar muzlagan bo'Isa) sekin isiydi va muzi sekin eriydi. Natijada o ‘simlik qora sovuqdan kamroq shikastlanadi. Yoki qora sovuq kuchsiz va qisqa muddatli bo‘lsa o'sim lik shikastlanmasligi mumkin. Shuning uchun Quyosh chiqqandan keyin ham quyuq tutun hosil qiladigan moddalarni yoqishni 0,5-1 soat davom ettirish kerak. Kechasi qora sovuq vaqtida esa ko'proq issiqlik beradigan moddalarni yoqish kerak.
Tutun parda yerga tutashgan havo qatlamida harorat inversiyasi sababli vujudga keladi, havo ochiq va shamolsiz kechalarda tuproq yuzasi nurlanish orqali issiqligini yo‘qotib kuchli soviydi va o‘ziga tegib turgan eng pastki havo qatlamini ham kuchli sovitadi. Bu qatlamdan yuqoridagi havo qatlamlari esa kamroq soviydi
Tuproq sirti va 8-10 m balandlikdagi harorat farqi 8-10°C ga yetishi mumkin. Sovigan tutun inversiya qatlami ichida yuqoriga ko‘tarila olmay, yotiq yo'nalishda tarqaladi. Tutun soviganida uning tarkibidagi suv bug'i ham sovib shudring nuqtasiga yetgach, suv bug'lari tutun zarralarida kondensatsiyalana boshlaydi. Kondensatsiya jarayonida esa issiqlik ajralib, havoning yanada sovishiga to'sqinlik qiladi. Shu sababli qora sovuq kuchi kamayadi yoki qora sovuq xavfi yo'qoladi. Tutun to'dasini yoqishdan hosil bo'ladigan issiqlik effekti 1-2°C dan oshmaydi, ya’ni tutun hosil qilingan yer ustidagi biror balandlikdagi havo harorati, isitilmagan yerdagi shu balandlikdagi havo haroratidan 1-2°C oshiq bo'ladi. Shuning o'zi o'sim liklam ing qora sovuqdan ancha kam shikastlanishiga (yoki shikastlanmasligiga) olib keladi. Kuchli shamol vaqtida tutun to'dalarini yoqishning issiqlik effekti keskin kamayadi.
Bu usulda o'simlikni yorug'likka tiniq plyonkalar, shisha qalpoqlar, karton, doka va boshqalar bilan yopib qo'yiladi. Masalan, subtropik zonalarda limon yoki apelsin daraxtlarining har birini uch qavatli doka qatlami bilan o'rab qo'yish keng yoyilgan. Bunda limon (yoki apelsin) daraxtini kuzdan boshlab butun sovuq davrda yopib qo'yiladi. Bunday qoplama ostida o'sim liklar sovuqlardan sezilarli darajada shikastlanmaydi. O'sim liklarni tiniq polimer plyonka bilan yopish O 'zbekiston Respublikasi iqlim sharoitida ham bajariladi
O'simliklarni уopish
Sug‘orish. Sun’iy ravishda sug'oriladigan hududlarda qora sovuqlar bilan kurashish uchun qora sovuq ro'y berishi oldidan ekinlarni egatlar bo'ylab yoki yom g'ir yog'dirib sug'orish ishlari amalga oshiriladi. Bu tadbirning mohiyati, suv bug'i kondensatsiyalanganda ajraladigan issiqlikdan qora sovuq vaqtida havoni isitishdir. Ekinni egatlarga suv oqizib sug‘organda tuproq namlanadi va nam tuproqning bug‘lanishi kuchayadi, natijada yerga yaqin havo qatlamida suv bugM miqdori ancha ortadi. Yomg‘ir yog'dirib sug‘organda ham suv tomchilari havoda bugManib, havoni suv bug1 lari bilan boyitadi.
Havoda suv bug‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa (ya’ni havoning nisbiy namligi yuqori bo'lsa), ular ko'p sovishni talab qilmasdan kondensatsiyasi boshlanadi. Suv bug‘lari kondensatsiyalanganda ajralgan issiqlik esa havoning yanada sovishiga to‘sqinlik qiladi. Bu usulda eng muhimi bug’anishning yashirin issiqligi qora sovuq boshlanmasdan ajralishi kerak. Shundagina bu issiqlik hisobiga yerga yaqin havo qatlami qora sovuq boshlanadigan haroratgacha sovimaydi va qora sovuq hosil bo'lm aydi yoki qora sovuq kuchi kamayadi. Egatlarga suv oqizib sug'organda tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi kuchayadi va tuproq pastki qatlamlaridan tuproq yuzasiga issiqlik yaxshi uzatiladi. Bularning hammasi sovuq kechalarda havoning yerdan 2 m balandlikdagi haroratining l,5-2°C ga oshishiga sabab bo’adi
Yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarda dehqonlar bahorda qora sovuqlar bo’lishi oldidan sabzavot ekinlari (pomidor, bodring va boshqalar)ni sug'oradilar. Xuddi shunday sug'orish ishlarini kichik g'o'za maydonlarida ham amalga oshirish mumkin. Biologik usul. Ekinlaming ertapishar navlarini yaratib, ularni bahorgi va kuzgi qora sovuqlardan himoya qilish mumkin. 0‘rta Osiyoda qora sovuqlarga qarshi kurashishda hozircha yuqorida ko’rsatilgan usullar keng tarqalgan.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 7.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling