Namangan davlat unversiteti


-chizma. Transport turlari bo’yicha yo’lovchi tashish tarkibining o'zgarishi (2004 yil, foizda)


Download 201.24 Kb.
bet2/4
Sana22.07.2023
Hajmi201.24 Kb.
#1661649
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston transporti

1-chizma.
Transport turlari bo’yicha yo’lovchi tashish tarkibining o'zgarishi (2004 yil, foizda).


1959 yilda Toshkent-Angren-Qo’qon avtomobil yo’li (248 km) qurildi. Bu yo’l Qurama tog’idagi Qamchiq (890 m) va Rezak (368 m) tonnellaridan o'tadi. Mazkur yo’l orqali Toshkentdan Farg’ona vodiysiga tashiladigan yuklar, temir yo’lda tashiladigan yuklarga qaraganda 3-4 baravar tez yetkaziladi.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo’llarini xalqaro andozalarga moslash, yo’llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlariga xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. Shu bilan birga endilikda avtomobil transportida ham xususiylashtirish, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish davom etmoqda. Transport vositalari-avtobuslar, yuk va yengil mashinalarga ega bo’lgan jamoa hamda xususiy xo’jaliklar ko’paymoqda, ularning yo’lovchi va yuk tashishda salmog`i asta-sekinlik bilan o'sib bormoqda.
Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik ba`zasi mustahkam-lanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo’jaliklar, yo’l qurilishi xo’jaliklari zamonaviy texnikalar bilan ta`minlanmoqda.
O'zbekiston avtomobil transportida qo’shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog`lanish istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O'rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo’lgan yirik avtomagistrallar qurishda tashabbuskor bo’lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeani mintaqasiga) chiqish imkoniyatini beruvchi "Andijon-O'sh-Ergashtom-Qashqar" avtomobil yo’li hamda Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan "Termiz -Hirot-Karachi" avtomobil yo’li qurilishida va shu yo’nalishda mavjud bo’lgan yo’llarni qayta ta`mirlashda o'z ulushini qo’shish bilan qatnashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek, "O'zbekiston Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-O'sh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek, Buxoro-Seraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandaxor-Karochi avtomobil yo’llarini qurish va qayta ta`mirlash ishlariga hissa qo’shgan holda qatnashishdan ham manfaatdor".1
Keyingi 4-5 yilda yo’lovchi va yuk tashish sohasida xususiy sektorning roli ortib bormoqda. Bugungi kunda Respublikada 25 mingdan oshiq xususiy yuk avtomobillari, 5 mingdan oshiq avtobuslar va 80 mingdan ortiq yengil avtomobillar hisobga olingan. Agar kuniga avtotransportda 8 mln. dan oshiq yo’lovchi tashilsa, shundan 25-30 foizi xususiy avtomobilchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 201.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling